365 kunga 365 hikoya
Download 36 Kb.
|
Yomonlarga qoshilish oqibati
Yomonlarga qoshilish oqibati. "365 kunga 365 hikoya" kitobidan. Hikoya qilinishicha, bir dehqon o'z yeriga bug'doy ekdi. Ekin o'sib, ulg'aygach don ko'rina boshlandi. Qarg'alar uni har kun yeyishda bardavom bo'ldilar, hatto bug'doyga talofat yetdi. Dehqon uni ko'rgach qarg'alarni o'ldirishga jazm qildi. Dehqonning bir to'tisi bo'lib, o'sha qushlarga aralashib yurar edi. Kunlarning birida to'ti odatiga ko'ra, do'stlari bo'lmish qarg'alarni oldiga chiqdi. Xo'jayini esa bundan bexabar edi. Ittifoqo, shu kuni dehqon qarg'alarni yomonligidan qutulish uchun ularni o'ldirishga tayyorlangan edi. Dehqon miltiqni oldi va qarg'alarni otdi. Ulardan uchtasi yerga o'lik holda to'ti esa qanoti singan holda yerga tushdi Dehqon, to'tini qanoti sinib yerga yiqilganini ko'rgach, hayratda qoldi. Chunki uni qarg'alar bilan birga ekanini bilmas edi. So'ngra unga: "Bu senga yomonlar bilan do'st bo'lganing uchun yetdi", dedi keyin shu holatda uyiga ko'tarib bordi. Dehqonning bolalari to'tini ko'rishgach, unga ko'p afsuslandilar va otalaridan nima bo'lganini sababini so'radilar. Otalari: "Yomon qarg'alarga qo'shilgach и mana shu musibatga duchor bo'ldi", dedi. So'ngra to'ti kasalidan shifo topgach doim dehqon bolalariga: "Yomonlarga qo'shilmang, yomonlar bilan do'st bo'lmang", der edi. Shuni doim yodda tuting Yomonlarga hamroh bo'lish insonni halokatga boshlaydi. Oqilona tarbiya. "365 kunga 365 hikoya" kitobidan. Hikoya qilinishicha, ulamolarning biridan uning qizi bir kuni, o'zining kichkina ukasi bilan, pastkashlik va razillik bilan tanilgan boshqa bir qiznikiga borishlikka izn so'radi. Otasi unga ruxsat bermadi. Qiz: "Siz bizni kichkina bola, deb o'ylayapsizmiki, hatto bu qizga qo'shilishimizdan qo'rqmoqdasiz-a? dedi. Otasining oldida bir o'choq bo'lib, uning ichida ko'mir bor edi, undan bir bo'lakni oldi va qiziga: "Bu bo'lakni ushlagin", dedi. U esa bosh tortdi, Chunki unda olov bor, deb o'yladi. Otasi qizga: "Qo'rqma! Unda olov yo'q", dedi. Uni olovdan holi ekanligini bilgach, qo'li bilan ushladi. Qizning qo'li kir bo'ldi va uni tashlab yubordi. Ko'mir kiyimiga tushib, kiyimi ham kir bo'ldi. Otasi: "Ko'rdingmi? ko'mirni ushlashing ikki qo'ling va kiyimingga ta'sir qildi. Demak, yomon do'stga aralashish tabiat va fehlga ta'sir qiladi", dedi. Saboq:
Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.
Xom hayol 365 kunga 365 hikoya kitobidan. Hikoya qilinishicha, tijoratchilardan biri har kuni qalandarga ikki qadoq asal jo'natar qalandar asaldan o'ziga keragini yer va qolganini esa katta humga solib qo'yar edi. Tijoratchining xar kungi bu saxiyligidan qalandar xursand bo’lar va humini to’layotganidan esa xar xil xayollarga berilar edi. Kunlarning birida xum oldiga o’tirib asalni qimmatligi haqida o'ylar va xar doimgidek xayollarga berilar edi va… O'ziga-o'zi: "Bu humdagi asalni bir dinorga sotaman va unga ikkita echki sotib olaman va u har besh oyda bir martta homilador bo'ladi va tug'adi. Bir yil o'tmasdan ikkita echkidan ko'plab echkilar ko'payadi. Ba'zi echkilarni sotaman va uni puliga mol sotib olaman va yer, urug' sotib olib, yerni ijaraga beraman. Sigirni sutidan va bolalaridan manfaat olaman. Besh yil o'tmasdan men ko'plab mol-dunyoni qo'lga kiritaman. Dabdabali uy quraman va zotdor otlarni sotib olaman, xizmatkor va cho'rilarni ishga yollayman va chiroyli soliha ayolga uylanaman. U homlador bo'ladi so'ngra men farzandli bo'laman, unga ismlarni eng yaxshisini tanlayman. U katta bo'lganida yaxshilab odob beraman va odob berishda unga qattiqqo'llik qilaman. Menga itoat qilsa qildi itoat qilmasa shu tayoq bilan uraman, deb tayoq bilan humni urgan edi hum chilparchin bo'ldi. Humdagi asal esa to'kilib ado bo'ldi. Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling