37- mavzu: tashkiliy hujjatlar. Tashkiliy hujjatlarning turlari, xususiyatlari. Kasbiy faoliyatga oid shartnoma, nizom, yo‘riqnoma namunalarini yozish. Reja
Download 143.86 Kb.
|
37-mavzu — копия (37)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- G U V O H N O M A
- Xizmat safari guvohnomasi shakli
37- Mavzu: TASHKILIY HUJJATLAR. TASHKILIY HUJJATLARNING TURLARI, XUSUSIYATLARI.KASBIY FAOLIYATGA OID SHARTNOMA, NIZOM, YO‘RIQNOMA NAMUNALARINI YOZISH. Reja: 1. Tashkiliy hujjatlarning turlari va xususiyatlari. 2. Shartnoma, guvohnoma, nizom, yo’riqnoma namunalarini yozish. Tayanch so‘z va iboralar: hujjat turlari, tashkiliy hujjatlar, shartnoma mehnat shartnomasi, nizom, yo‘riqnoma, guvohnoma,. Tashkiliy hujjatlar Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi G U V O H N O M A Muayyan shaxsning xizmat va boshqa xolatlarini, shuningdek, biror ishga (masalan, taftish o’tkazishga) oid vakolatini ko’rsatuvchi hujjat. Xizmat safari guvohnomasi xodim zimmasiga vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradi. Uning zaruriy qismlari: 1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi.) 2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi. 3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi. 4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari) va tashkilotlar nomlari. 5. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi). 6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyish tartib raqami, sanasi. 7. Guvohnomaning orqa tomonida xizmat safarida bo‘lgan joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi). Xizmat safari guvohnomasi shakli: Berildi____________________________________________________________ (lavozimi, familiyasi, ismi, sharifi ) ________________________________________ xizmat safariga yuborish uchun (tayinlangan manzilgoh) Asos: _____- sonli buyruq 201__ y «____» ______________ Safar muddati __ kun, 200_ y «___» ______ dan 200_ y «___» _______ gacha ___seriyadagi ________ raqamli pasport ko‘rsatilganida haqiqiy deb hisoblanadi. Rahbar_______________________ muhr imzo --------------------------------------------- orqa tomoni ----------------------------------------- Xizmat safarida bo‘lganligi to‘g‘risida qaydlar (bo‘lgan joylari va jo‘nab ketgan vaqtlari) ___________________ sh.dan jo‘nab ketdi. _________________sh.ga yetib keldi. 200_ y____________________ 200_ y_______________________ muhr imzo lEslatma: Xizmat safari guvоhnоmasi maxsus blankaga rasmiylashtiriladi. U muassasa rahbari buyrug‘idan so‘ng xоdim qo‘liga beriladi. Xizmat safariga jo‘nab ketish оldidan va qaytib kelganidan so‘ng o‘sha sanalarni ko‘rsatib, muassasa mansabdоr shaxsi guvоhnоmaning tegishli jоyiga imzо chekadi va muhr bоsadi. Unga xоdimning xizmat safari haqidagi hisоbоti ilоva qilinadi. Download 143.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling