37-Amaliy ish Aholini suv bilan ta’minlash uchun suvning miqdorini xamda gost 2761-57 ga binoan ichimlik uchun iste’mol qilish mumkinligini aniqlash. Ishning maqsadi
Download 24.3 Kb.
|
8-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning kimyoviy tarkibi
20 °C haroratda xidi va ta’mi
E s l a t m a: Temirning yer osti manbalaridagi suvdagi (umumiy) tarkibi 1 (mg/l ortik bo‘lmasligi kerak, 20°S xaroratda ballardagi ta’mi 2dan ortik emas. GOST 2874-54 binoan, iste’molchiga uzatiladigan suvning sifati doimo quyidagi talablarga javob berishi kerak: Suv ta’minoti uchun suvning miqdori 1 Bundan tashqari, ishlov berish uchun mo‘ljallangan qurilmaga ega bo‘lgan suv o‘tkazgichlardiga suvning mikdori, quyidagi talablarga javob berishi kerak! Suv tindirilganda loyqa o‘lchagich bo‘yicha loyqaligi, mg/l ortiq emas Suvni yog‘sizlantirish uchun temir (umumiy) tarkibi, mg/l 0,3 Suv tindirilganda faol reaksiya (pH) yoki suvning6,5-9,5 gacha yumshashi 6,5-9,5 Eslatma: Ba’zan sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda suviing rangdorlik darajasi 35 gradusgacha (platina-kobaltli shkala bo‘yicha), rangdorlik darajasi 3 mg/l.gacha va qattiqdigi 14 mg-ekv/l.gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Suvning kimyoviy tarkibi Ushbu tarkib foydali qazilmalar zahiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yer osti suvlari zahiralaridan foydalanish tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”da ko‘zda tutilgan taxlillar asosida aniqlanadi. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibining umumiy tavsifnomasini olish uchun qisqartirilgan kimyoviy tahlil ko‘zda tutilgan: bunda C1, CO4, HCO3, Ca, Mg, pH, CO3 (erkin), Fe", Fe', NO2, NO3, NH3,quruqqoldiq, shuningdek suv qattiqliginingtarkibi aniqlanadi. Suvlar kimyoviy tarkibining yanada uzoqroq tavsifnomasini olish uchun, yuqorida qayd etib o‘tilganlardan tashqari, quyidagi komponentlarning: CO2. Na, K, Al, HBO3,H2 SiO3 CO2 (agressiv), H2S tarkibini va oksidlanishini aniqlagan holda to‘liq tahlil qilish zarur. Tahlillar natijalari ionli, milligrammli ekvivalent va foiz-ekvivalentli shakllarda bardosh berishi kerak. Ba’zida, yer osti suvlarining maqsadli vazifasiga qarab, maxsus kimyoviy tahlillar o‘tkaziladi. Ichimlik suvlari uchun bunda As, Pb, Cu, Zn, Hg, Ni, CO, Cd, Cr (uch- va olti valentli), Ba, xlorfenollarni hosil qiluvchi radioaktiv elementlar va fenollar tarkibi aniqlanadi. Sanoat suvlarini tahlil qilsh jarayonid, ajratib olinishi mo‘ljallanayotgan va ajratyb olish texnologiyasini murakkablashtiruvchi komponentlarning tarkibini aniqlab olish zarur. Masalan, yod-bromli suvlar uchun yod va brom tarkibidan tashkari, neft kislotalari va neftning tarkibini, ularning ishkorligigini va suvning galoidlar bilan shimuvchanligini ham aniqlab olish kerak. Mineral suvlarda davolash axamiyatga ega bo‘lgan kam uchraydigan gazlar va elementlar murakkablashtiruvchi suvning miqdori aniqlanadi. Suvning quruq mineral qoldig’i tarkibiga kiradigan katta miqdordagi tuzlar, xloridlardan, karbonatlardan va sulfitlardan iborat. Suv ta’mida 0,15g/l tarkibida xloridlarning (osh tuzi), xlorli va oltingugurt tarkibli magniyning (achchiq tuz) 0,13 - 0.2 g/l tarkibda, hamda 0,00035t/l (0,35 mg/l) tarkibli temirning ishtiroki seziladi. Suvdagi temirninng tarkibiga qarab, uning sifaty aniqlanadi. Agar temir katta miqdorda bo‘lsa, ayniqsa marganets ishtirokida bo‘lsa, u shishada, qozon devorida, suv o‘tkazish quvurlarining ichki yuzasida eritmadan temir oksidi (zang) ko‘rinishitsa o‘tirib qoladi va bu keyinchalik metallning emirilishiga (korroziyalanishiga) olib keladi. Agar ichish uchun erigan temir miqdori katta tarkibli xom suv qo‘llaniladign bo‘lsa, tishlarning emali emirilib ketadi. Shuningdek, tishlarning emaliga ruxsat etilgan normadan oshadigan miqdordagi ftor ham ta’sir ko‘rsatadi. pH<6 tarkibli suvlar temir suv o‘tkazish quvurlariga nisbatan agressiv hisoblanadi. Suvning qattiqligi uning tarkibidagi kalsiy va magniy tuzlariga bogliq. Suvning qattiqligi qanchalik katta bo‘lsa, sovunli ko‘pik shunchalik miqdorda kam hosil bo‘ladi va undan quyqalar shunchalik ko‘p to‘kiladi. Qattiqlik 1 L suvdagi mg-egv Ca va Mg; 1 mg-ekv/l qatiqlik 1 l suvdagi 40,04 mg Ca yoki 12,16 mg Mg tarkibi bo‘yicha mos keladi. 6> Download 24.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling