37-savol Budjet ijrosini nazorat qilishni yoritib bering
qonun loyihasini va budjetnomani kiritish tartibi
Download 212.42 Kb. Pdf ko'rish
|
kayumova sh parlament huquqi yakuniy nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demak mazkur normaning 3-qismida
qonun loyihasini va budjetnomani kiritish tartibi belgilangan:
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnoma: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20- sentabriga qadar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha xulosani joriy yilning 5- oktabridan kechiktirmay taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi.
Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ham, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay kiritiladi. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda e’lon qilinadi. Demak mazkur normaning 3-qismida davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi deb belgilanayapti.Jamoatchilik muhokamasiga qo’yilishi shart ekanligi qonun bilan belgilangan. Download 212.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling