37-savol Budjet ijrosini nazorat qilishni yoritib bering
Download 212.42 Kb. Pdf ko'rish
|
kayumova sh parlament huquqi yakuniy nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 78-moddasida
- 161-moddasida
37-savol Budjet ijrosini nazorat qilishni yoritib bering. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish vakolatiga ega ekanligi ko’rsatilgan. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti to’g’risida”gi Qonunning 161-moddasida quyidagi norma mustahkamlangan: Davlat budjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqish Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu paragrafda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Reglament 11, 12, 14 va 15-boblarining talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Shuningdek,budjetning ijrosini nazorat qilish masalasida parlamentning vakolatlari xususida quyidagi adabiyotda bir qator ma’lumotlar berib o’tilgan: Konstitutsiyamizning 78-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining parlament nazoratini amalga oshirishga oid muhim vakolatlari ham mustahkamlangan. Jumladan, ushbu moddada Oliy Majlis palatalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilishi va uning ijrosini nazorat etishi belgilab qo'yilgan. Parlament palatalarining ushbu vakolatlarini amalga oshirish tartibi “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to'g'risida” va “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to'g'risida”gi qonunlarda belgilab qo'yilgan. Ularga ko'ra, navbatdagi moliya yili uchun Davlat budjeti loyihasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktyabridan kechiktirmay Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma'ruzasi bilan boshlanadi, bu ma'ruzadan so'ng mas'ul qo'mitaning vakili so'zga chiqadi. Bunda mas'ul qo'mitaning vakili fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) Davlat budjeti loyihasi bo'yicha fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi bo'yicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shart. Davlat budjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15- noyabridan kechiktirmay ko'rib chiqilishi kerak. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti mazkur budjet qabul qilingan kundan e'tiboran besh kun ichida ko'rib chiqish uchun Senatga yuboriladi. Davlat budjeti bo'yicha qaror Senat tomonidan joriy yilning 15- dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi to'g'risidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi. Qonunchilik palatasi Davlat budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini ko'rib chiqadi. Uni ko'rib chiqish vaqtida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, mas'ul qo'mitaning xulosasi fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflari eshitiladi, muhokama o'tkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi. 1
O’zbekiston Respublikasi “Parlament nazorati to’g’risida”gi qonunining 7- Download 212.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling