Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili Ombudsmanning inson
huquqlariga rioya qilish va ularni himoya qilish vositasi sifatidagi faoliyati
va fuqarolarning murojatlarini ko'rib chiqish bilan qanday bog'liqlik mavjud
deb o'ylaysiz?
Fikringizni misollar yordamida ifodalang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs
bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga,
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish
huquqiga ega ekanligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonunining 15-moddasida jismoniy va
yuridik shaxslarga murojaat etish huquqini amalga oshirish kafolatlari berilgan:
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning
mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etish huquqi
kafolatlanadi.
Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir
murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok
etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek
jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.Endi mazkur fuqarolarning
murojaatlari masalasining Oliy Majlis Inson huquqlari bo’yicha vakili bilan qanday
bog’liqlik jihatlari borligi masalasini ko’rib chiqamiz.Buning uchun,avvalo,
ombudsman haqida tushunchaga ega bo’lishimiz darkor.O’zbekiston Respublikasi
“Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman)to’g’risida”gi
qonunining 1-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson
Do'stlaringiz bilan baham: |