37-savol Budjet ijrosini nazorat qilishni yoritib bering
Download 212.42 Kb. Pdf ko'rish
|
kayumova sh parlament huquqi yakuniy nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 227-moddasida
moddasida bayon etilgan:
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi. Qonunchilik palatasi Davlat budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini ko‘rib chiqadi. Uni ko‘rib chiqish chog‘ida Vazirlar Mahkamasining
1 R.Hakimov.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi.-Toshkent:O’quv qo’llanma TDYU,2020.-96 bet. hisoboti, fraksiyalarning fikrlari va takliflari, mas’ul qo‘mitaning xulosasi eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi. Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat budjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holati to‘g‘risida tegishli organlardan qo‘shimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti to’g’risida”gi Qonunning 227-moddasida: “Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi, shuningdek har chorakda Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi” deyilgan.Mazkur normaning Download 212.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling