37-savol Budjet ijrosini nazorat qilishni yoritib bering


Download 212.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana02.01.2022
Hajmi212.42 Kb.
#196707
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
kayumova sh parlament huquqi yakuniy nazorat

1

-moddasida  Budjet 

jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibi belgilangan: 

Birinchi  darajali  budjet  mablag‘larini  taqsimlovchilar,  ikkinchi  darajali 

budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, 

davlat  maqsadli  jamg‘armalari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot 

jamg‘armasi  har  chorak  yakunlari  bo‘yicha  keyingi  chorak  birinchi  oyining  25 

sanasiga qadar o‘zining rasmiy veb-saytlariga:  

o‘z  tasarrufidagi  budjet  tashkilotlari  kesimida  budjet  mablag‘larining 

taqsimoti;  

davriy moliyaviy hisobotlar;  

davlat maqsadli jamg‘armalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilar;  

kapital  qo‘yilmalar  hisobidan  amalga  oshirilayotgan  loyihalarning  ijrosi 

to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.  

Hududiy  budjet  mablag‘larini  taqsimlovchilarning  rasmiy  veb-saytlari 

mavjud  bo‘lmagan  taqdirda  ular  tegishincha  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 

Vazirlar  Kengashining,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  tumanlar  va  shaharlar 

hokimliklarining  rasmiy  veb-saytlariga  ushbu  moddaning  birinchi  qismida 

ko‘rsatilgan ma’lumotni joylashtiradi.  

Davlat moliyaviy nazorat organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili 

uchun  ish  rejalari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni,  har  chorak  yakunlariga  ko‘ra  esa 

nazorat  tadbirlari  natijalari  bo‘yicha  aniqlangan  moliyaviy  huquqbuzarliklar  va 

ijobiy  natijalar  haqidagi  ma’lumotlarni  chorakdan  keyingi  oyning  25  sanasidan 

kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.  

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  budjetining,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari 

hisobidan xarid qilingan tovarlar hamda xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va 

ta’mirlash  ishlari  olib  borilayotgan  obyektlar  ro‘yxati,  shuningdek  qurilish-




ta’mirlash  ishlarining  moliyalashtirilishi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  har  chorak 

yakunlari bo‘yicha keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Vazirlar  Kengashi, viloyatlar va  Toshkent  shahar, 

tumanlar  va  shaharlar  hokimliklari  tomonidan  majburiy  tartibda  o‘z  rasmiy  veb-

saytlarida joylashtiriladi.  

Ma’lumotni ushbu moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan 

tegishli  tashkilotlarning  rasmiy  veb-saytlariga  joylashtirish  tartibi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Hisob  palatasi  bilan  kelishilgan  holda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi  


Download 212.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling