38-umumiy o’rta Ta’lim maktabining Tarix fani o’qituvchisi qayumova nargizaning tarix fanidan tayyorlagan Dars taqdimoti Mavzu: Germaniya


Download 17.9 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi17.9 Kb.
#1511227
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5258394645938831746

GFRning ichki va tashqi siyosati

K. Adenauer hukumati ichki siyosatining bosh vazifasi mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash edi. Bu maqsadni ro'yobga chiqarish vositasi sifatida iqtisodiyotning «Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor xo'jaligi» modeli tanlandi.

Bu model markazida tadbirkorning shaxsiy tashabbusi va erkin raqobat turar edi. Davlatning vazifasi asosan xususiy xo'jalik subyektlarining faoliyat yuritish shakli va qoidalarini belgilab berishdan va ularga qanchalik amal qilinayotganligi ustidan nazoratni ta'minlashdan iborat bo'lardi.

Ayni paytda bu model davlatning, birinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishini hamnazarda tutar edi. Hukumat tanlagan yo'l GFR iqtisodiy taraqqiyotining gurkirab rivojlanishining asosiy omili bo'ldi.

Ikkinchidan, AQSH hukumati va sarmoyadorlari GFRga katta iqtisodiy yordam ko'rsatdilar. Chunonchi, birgina «Marshall rejasi» doirasida 1948— 1949-yillarda 1,4 mlrd dollar miqdorida yordam ko'rsatildi. Bu mabla korxonalarni ilg'or texnika va texnologiya bilan qayta ta'minlash imkonini berdi.

Uchinchidan, harbiy xarajatlarning deyarli yo'qligi iqtisodiyotga zarur mablag' sarflashga imkon berdi.

Va nihoyat, nemis xalqi yuksak vatanparvarlik va tadbirkorlik xislatlarini namoyon etdi


URUSHDAN SO’NG
1949-yil avgustda G’arbiy Germaniyada parlament saylovi o’tkazildi.
O’sha yili 20-sentyabrda GFR tuzildi.1949-yil 7-oktyabrda Xalq kengashi Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tuzilganligini eʼlon qildi.
Ikki suveren german davlati 1990-yil oktyabrgacha alohida-alohida yashab keldi.
Nemis xalqining birlashish orzusi 1989-yilning so’ngida taqiq ramzi bo’lmish Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi (Berlin devorining qulatilishi). 
1990-yil 12-sentyabrda Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish to’g’risidagi shartnoma imzolandi.
Germaniya to’rt okkupatsiya zonasiga bo’lindi

BUGUNGI KUNDAGI GERMANIYA


GERMANIYA
Germaniya (olm. Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (Bundesrepublik Deutschland), GFR — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 81,903,000 kishi (2012). Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (viloyat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga bo’linadi.

Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling