38-umumiy o’rta Ta’lim maktabining Tarix fani o’qituvchisi qayumova nargizaning tarix fanidan tayyorlagan Dars taqdimoti Mavzu: Germaniya
Download 17.9 Kb.
|
2 5258394645938831746
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniya Demokratik Respublikasining tashkil etilishi
Paxtachi tumani 38-umumiy o’rta Ta’lim maktabining Tarix fani o’qituvchisi qayumova nargizaning tarix fanidan tayyorlagan Dars taqdimoti Mavzu:Germaniya REJA:
GERMANIYA 1936—39 yillarda Italiya bilan birgalikda Ispaniyaga qarshi intervensiya uyushtirdi. 1938-yil martda Avstriyani qo’shib oldi. 1939-yil 1-sentyabrda Germaniya Polshaga hujum qilib, ikkinchi jahon urushi (1939-45)ni boshlab berdi. 3-sentyabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1940-yil aprelda Germaniya Daniya va Norvegiyani, may—iyunda esa Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg va Fransiyani bosib oldi. 1940-yil sentyabrda Berlinda Germaniya, Italiya va Yaponiya o’rtasida harbiy ittifoq tuzildi. GERMANIYA . 1941-yil aprelda Germaniya Yugoslaviya va Gresiyani bosib oldi. Shu yili 22-iyunda Germaniya urush eʼlon qilmasdan SSSRga hujum qildi. 1945-yil 2-mayda ittifoqchilar qo’shinlari Berlinni egalladi. 8-mayda Germaniya so’zsiz taslim bo’lganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi. URUSH OQIBATLARI Aholi turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Eng og'iri, Germaniya davlat mustaqilligini yo'qotdi. Uning hududi 4 g'olib buyuk davlat (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Fransiya) okkupatsiya zonalariga bo'lindi. Germaniya Ikkinchi jahon urushida tor-mor etildi. Uning hududi deyarli kultepaga aylandi.. Hokimiyat g'olib davlatlar harbiy ma'muriyati qo'liga o'tdi. Bu ma'muriyatni okkupatsiya qiluvchi qo'shin bosh qo'mondoni boshqardi. Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi daraja-ning uchdan bir qismiga tushib qoldi. Sharqiy Prussiyaning SSSRga berilishi, Polsha chegara-sining Oder va Neyse bo'ylab o'tishi oqibatida bu hududlarda yashovchi 9 mln dan ortiq nemislar Germaniya ichkarisiga ko'chirildi. Bu hoi uningsiz ham og'ir bo'lgan uy-joy muammosini yanada keskinlashtirib yubordi. Mam-lakat sanoat korxonalari g'olib davlatlar uchun to'lanishi zarur bo'lgan tovoa hisobiga ko'chirib ketila boshlandi. Download 17.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling