38-umumiy o’rta Ta’lim maktabining Tarix fani o’qituvchisi qayumova nargizaning tarix fanidan tayyorlagan Dars taqdimoti Mavzu: Germaniya


Download 17.9 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi17.9 Kb.
#1511227
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5258394645938831746

Davlat boshlig’i — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat
Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland tog’ tizmalari oralarida yassitog’liklar, o’rqirlar, ko’llar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga bo’linadi: Shimoliy Germaniya payettekisligi, o’rtacha balandlikdagi tog’ ostonasi, Janubi-g’arbiy Germaniya burma poydevorli o’rta tog’ligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitogligi va Bavariya Alp tog’lari.
QISHLOQ XO’JALIGI
Germaniyada qishloq xo’jaligiga yaroqli 36 mln. ga yer bor. U mo’l-ko’l yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlari: bug’doyarpaqand lavlagikartoshka, shuningdek uzummevasabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol go’shti, cho’chqa go’shti, tovuq go’shti va sut yetishtiriladi.
TASHQI SAVDO
Germaniya dunyodagi tashki savdo aylanmasi hajmi bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Germaniya chetga asosan avtomobillarstanoklarmashinalar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi.
Chetdan xom ashyo, elektr texnika va to’qimachilik mahsulotlari oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: FransiyaItaliyaBuyuk BritaniyaNiderlandlarBelgiya, AQSh, Rossiya,Lyuksemburg. Pul birligi — nemis markasi.
TIBBIY XIZMAT
Nemis kasalxonalari uchun xarajatlar 1993—2006 Germaniyada 620 mingga yaqin o’rinli 2300 kasalxona, 267 ming vrach ishlaydi. Bundan tashqari 1300 sog’lomlashtirish muassasalari mavjud.

SANOATI

  • Nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qo’ng’ir kumir (dunyoda birinchi o’rin), toshko’mir, neft,tabiiy gaz,polimetall rudalar, ko’mir va oshtuzi qazib olinadi.Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik g’oyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan o’rta korxonalardan iborat. Sanoatda band bo’lgan barcha xodimlarning 32 % dan ko’prog’i (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ ko’mir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur bo’lib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar ko’pdan-ko’p mayda va o’rta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va o’lchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi o’rinda.

Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling