39 mavzu: Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash


Download 1.91 Mb.
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1762688
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-lab KO\'M (2)

Titrlash qaydnomasi


Titrant hajmi, ml/tomchi

Parallel titrlashlar natijalari

1

2

3

4

5

6

7

1 ml






















2 ml






















3 ml






















4 ml






















2 tomchi






















4 tomchi






















6 tomchi






















8 tomchi






















10 tomchi






















12 tomchi





















Titrlash qaydnomasiga kiritilgan qiymatlar asosida titrlash egri chizig’i (chiziqlari) tuziladi.


Analiz natijalarini hisoblash


(1.6)
formula yordamida amalga oshiriladi.
bu yerda - ishqorning normalligi;
- ishqorning titrlashga sarflangan hajmi, ml;
- tekshiriladigan kislota ekvivalentining molyar massasi;
- tekshiriladigan eritmaning umumiy hajmi, ml;
- tekshiriladigan eritma alikvot qismining hajmi, ml.
Olingan natijalar quyidagi jadvalga kiritiladi.

Agar EasyPlus titration markali avtomatik titrator bo`lsa ishni bajarish tartibi quyidagicha bo`ladi:


Titrlash natijalari


Aniqlanadigan modda

Topildi, g

O’rtacha qiymat,
, g

Standart chetlashish, s

Ishonchlilik chegarasi,
, g

Xato, %









































































O`z-o`zini tekshirish uchun savollar
1.Potensiometrik analiz usullari nimaga asoslangan?
2.Nernst tenglamasi yozib unga kiritilgan qiymatlarning ma`nosini tushuntiring.
3. Potensiometriyada qanday elektrodlar qo`llaniladi.
4.Indikator elektrodlarning qanday turlari mavjud.
5.Taqqoslash elektrodlarning vazifalari va turlari.
6.Eritmaning pHini potensiometrik aniqlashning mohiyatini aniqlang.
7.Bevosita potensiometriyada modda miqdori qanday aniqlanadi.
8.Oksidlanish-qaytarilishga va kompleks xosil bo`lish reaksiyalariga asoslangan potensiometrik analizda qanday indikator elektrodlaridan foydalanish mumkin.
9. Potensiometrik titrlash usullarining yutuqlari va kamchiliklari haqida nimalarni bilasiz.

Potensiometriyadagi asbob-uskunalar bilan ishlashni o’rganish.

Ishning maqsadi. Analizning potensiometrik metodi


Reaktivlar. Potensiometr, ishchi kislota va ishqor eritmalari.
Ishni bajarish tartibi.
Potensiometrik metod elektrod potensialini titrlanayotgan ion konsentrasiyasiga bog’liq ravishda qiymatini o’zgarishini o’lchashga asoslangan. Elektrod potensialini ionlar konsentrasiyasiga bog’liqligi Nernst tenglamasi bilan ifodalanadi:

Kumush ionlarining ma’lum konsentrasiyali eritmasiga kumush simni tushirilsa, uning potensiali ushbu tenglama bo’yicha topiladi:

Redoks – potensiallar jadvalidan Ag++e-=Ag reaksiya uchun E0=0,80 V ekanligini topamiz. Tenglamaning ikkinchi qismi qiymati kumush ionlari konsentrasiyasiga bog’liq bo’ladi.
Aniqlanuvchi ionning konsentrasiyasi to’g’risida potensialining qiymati asosida hulosa chiqariladigan elektrodni indikator elektrod deb yuritiladi. Indikator elektrodning potensiali qiymati solishtirish elektrodi deb ataluvchi boshqa elektrod potensialiga solishtirib topiladi. Solishtirish elektrodining potensiali aniqlanuvchi ionlar konsentrasiyalariga bog’liq holda o’zgarmasligi lozim. Bunday sharoitga javob bera oladigan elektrod sifatida standart vodorod elekrodni ko’rsatish mumkin, uni potensiali shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan.
Indikator elektrod va standart vodorod elektroddan tuzilgan galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi, indikator elektrodning potensialiga teng bo’ladi:
Ex=Eind- Ev.el, Ex=Eind- 0 yoki Ex=Eind
Potensiometrik metodda odatda, vodorod elektroddan emas (undan foydalanish qiyinroq bo’lganligi sababli), balki kalomel elektroddan foydalaniladi. Kalomel elektrod sifoni bor shisha idishdan iborat. Idish-ning tagiga simob joylash-tiriladi va bu simob shisha nayga kavsharlangan platina sim orqali zanjirning tashqi qismi bilan kontakda bo’ladi. Kalomel (Hg2Cl2) qavati joy-lashtiriladi. Idishning qol-gan qismi KCl ning to’yingan eritmasi bilan to’ldiriladi. Bunday elektrodning poten- siali eritmadagi [Hg2]2+ ionlari konsentrasiyasiga bog’liq bo’ladi. Simob ustidagi eritmada kaliy xloridning to’yingan eritmasi bo’lganligi sababli Cl- ionlari konsentrasiyasi o’zgarmasdir, binobarin [Hg2]2+ ionlarining konsentrasiyasi ham doimiydir. Shunday qilib, kalomel elektrodning potensiali doimiydir.
Indikator elektrodning potensialini topish uchun uni kalomel elektrod bilan birlashtirib, hosil bo’lgan yacheykani o’lchash asbobi-potensiometrga ulanadi. Agar o’lchash kuchli elektrolitlar eritmasida olib borilsa, elektrod potensiali, masalan kumush elektrodi potensiali ionlar aktivligining funksiyasi hisoblanadi:
Ex=E0+0,059 lg
Binobarin, ionlar aktivligini potensial Ex ning qiymati bo’yicha aniqlash mumkin. Potensiometrik titrlashda elektrod potensialining qiymati kimyoviy reaksiyaning borishi jarayonida o’lchanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasi elektrod potensialining sakrab o’zgarishiga mos keladi.
Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalari jarayonida fizikaviy hossalarining o’zgarishini aniqlashga asoslangan.
Fizik – kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko’p. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat korhonalarida mahsulotlarning hossalarini o’rganishda, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari ishlarida keng foydalaniladigani quyidagilar:
1. Elektrokimyoviy analiz usullari - elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o’zgaradigan elektrokimyoviy ko’rsatkichlarni o’lchashga asoslangan (potenciometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar). 2. Spektral va boshqa optik analiz usullari - modda bilan elektromagnit nurlarning ta`siri natijasida turli o’zgarishlarni o’lchashga asoslangan (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik va boshqalar)
3. Ajratish va koncentrlash usuli - moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstrakciya, hromatografiya va hokazo).


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling