39 mavzu: Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash
Kerakli asbob – uskuna va reaktivlar
Download 1.91 Mb.
|
8-lab KO\'M (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi eritmaning titrini aniqlash
Kerakli asbob – uskuna va reaktivlar:
1) Ionomer; 2) shisha elektrod; 3) kumush hloridli elektrodi; 4) magnitli aralashtirgich va o’zagi ; 5) shtativga o’rnatilgan 25,00 ml.li byuretka ; 6) 10,00 ml.li pipetka; 7) Yuvgich; 8) 10 % NaOH eritmasi; 9) 0,1000 n.li HCl eritmasi; 10) 10 ml.li o’lchov cilindri; 11) 3 dona 50 ml.li stakan. Ishni bajarish tartibi: 100 ml 0,1 n NaOH ning ishchi eritmasini tayyorlash. NaOHning ishchi eritmasini tayyorlash uchun (analizning kimyoviy neytrallanish usulidagi singari) NaOHning 10 % li eritmasidan (hisoblashlar natijasida) 4 ml o’lchov cilindr bilan olib, 100 ml o’lchov kolbaga quyiladi. Cilindrni 3 marta distillangan suv bilan chayilib shu kolbaga quyiladi. Keyin kolbaning belgisigacha distillangan suv bilan suyultirib, tahminan 0,1 n li 100 ml NaOH ning ishchi eritmasi tayyorlanadi. Ishchi eritmaning titrini aniqlashToza stakanchaga 0,1000 n HCl ning standart eritmasidan aniq hajmda (pipetka bilan) 10 ml quyib olinadi. Shu stakanchaga aralashtirgich o’zagi tushurib, magnitli aralashtirgich ustiga shunday o’rnatiladi-ki, elektrodlar eritmaga tushib tursin, lekin aralashtirgichni aylanishiga halaqit bermasin. Aralashtirish tezligi shunday bo’lishi kerakki, eritma stakandan sakrab chiqmasin va elektrod atrofida qadah hosil bo’lmasin. Sig’imi 25 ml bo’lgan byuretkani tayyorlagan 0,1 n NaOH ning ishchi eritmasi bilan to’ldiriladi va byuretkani titrlashga tayyorlab, uning pipetka qismidan eritma tomchisi titrlash stakanchasiga tushadigan holatda shtativga o’rnatiladi. Magnitli aralashtirgichni elektr tarmog’iga ulanib eritma doimo aralashtirilib turiladi. Tirlashni boshlamasdan avval stakandagi HCl ritmasining potencialini aniqlanib jadvaldagi «E» ustuniga yozib qo’yiladi. «V» ustuniga nolь «0» raqamini yozib, keyin titrlashni boshlanadi. Byuretkadan 1 ml (10 chiziqcha) NaOH eritmasidan stakanchaga tomizilib, 30 – 60 sek.dan keyin eritma potenciali o’lchanib, qiymati jadvalning «E» ustuniga yozib, «V» ustuniga 1 qiymat yoziladi. Shu tartibda titrlash davom ettiriladi. Eritma potenciali katta qiymatga o’zgara boshlasa, byuretkadan eritma 0,2 ml (2 chiziqcha)dan qo’yiladi. Potencial o’zgarishi yana keskin bo’la boshlasa, qo’shiladigan ishqor eritmasining hajmini kamaytirilib 0,1 ml dan quyiladi. Titrlashning shu bosqichida juda diqqat qilinadi, chunki ekvivalent nuqta atrofida potencial sakrama yuz beradi. Har bir titrlash natijasida olingan qiymatlar jadvaldagi «E» va «V» ustunlarga yozib boriladi. Eritma potenciali juda kam (5-10 mVga) o’zgara boshlaganda titrlashni tugatiladi.
Tajriba natijalariga asoslanib titrlash egri chizig’i chiziladi: 1) Titrlashning integral E – VNaOH bog’lanish egri chizig’i chiziladi. 2) Titrlashning differencial E/V - VNaOH bog’lanish egri chizig’i chiziladi. 3) Titrlashning (potencial bo’yicha differencial) 2E/V2 - VNaOH bog’lanish egri chizig’i chiziladi. Titrlash egri chiziqlaridan foydalanib ekvivalent nuqta topilgandan so’ng avvaldan ma`lum bo’lgan formulalar asosida tayyorlangan ishchi NaOH eritmasining titri hisoblanadi: Titri aniq bo’lgan NaOH eritmasidan foydalanib, noma`lum eritma tarkibidagi kislota miqdori aniqlanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling