39 mavzu: Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash
Download 1.91 Mb.
|
8-lab KO\'M (2)
LABORATORIYA ISHI-39 MAVZU: Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash Potensiometriyada elektrolit eritmasining elektrod potensiali o`lchanadi va bu potensial asosida potensialni belgilovchi moddaning konsentratsiyasi (aktivligi)aniqlanadi,eritmaga tushirilgan indikator elektrodi potensialining o`zgarishini aniqlash uchun u potensiali ma`lum bo`lgan boshqa elektrod bilan galvanik elementni tashkil etgan bo`lishi kerak.Bunday elektrod taqqoslash elektrodi deyiladi. Nernst tenglamasiga muofiq indikator elektrodining potensiali eritma konsentratsiyasiga proporsionaldir: E=E0+ = lnC yoki E=E0+ lg Bu yerda E0-oksidlanish –qaytarilish juftining normal potensiali,B;R-universal gaz doimiyligi;T-absolyut temperatura,0K;n-reaksiyada ishtirok etuvchi elektronlar soni;F-Faradey soni,96500 KL. Potensiometrik analiz usullari bevosita va bilvosita potensiometriya usullariga bo`linadi. Bevosita potensiometriya usulida potensialni belgilovchi moddaning aktivligi elektrod potensialini aniqlash asosida topiladi.Bu usul ionlarning aktivligini to`g`ridan-to`g`ri o`lchashga imkon beradiganyagona usul hisoblanadi. Bilvosita potensiometriya usuli qisqa tarzda potensiometrik titrlash deb nomlanadi.Reaksiya davomida potensialni belgilovchi moddaning konsentratsiyasi o`zgaradi.Nernst tenglamasiga ko`ra,reaksiya davomida modda konsentratsiyasining o`zgarishi elektrod potensialining o`zgarishiga olib keladi. Potensiometriyada titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun ekvivalentlik nuqtasigacha sodir bo`layotgan indikator reaksiyasi shu nuqtadan keyin ikkinchi indikator reaksiyasi shu nuqtadan keyin ikkinchi indikator reaksiyasiga almashishi kerak.Buning oqibatida oxirgi nuqta atrofida indikator elektrodining potensiali keskin o`zgaradi.Elektrod potensialining keskin o`zgarishini ta`minlash uchun ekvivalentlik nuqtasigacha va undan keyin sodir bo`ladigan indikator reaksiyasiga kirishadigan oksidlanish-qaytarilish juftlarining normal (real)potensiallari bir-biridan yetarli darajada farq qilishi kerak.Bu kimyoviy reaksiyaning muvozanat konstantasiga bog`liq. Potensiometrik titrlash kislotali-asosli,oksidlanish-qaytarilish,kompleks hosil bo`lishi va cho`ktirish reaksiyalari asosida shunday xossalarga ega bo`lgan moddalarni aniqlash va tekshirish uchun keng qo`llaniladi.Suvdan boshqa yoki aralash erituvchilarni ishlatib,murakkab tarkibli kislota (yoki asoslar)aralashmalarini ham titrlash mumkin.Bunda suvsiz erituvchilarning:kislota va asoslarni ionlangan holatdan ionlashmagan xolatga va aksincha o`tkazish;erigan moddaning kislota –asosli xossalarini o`zgartirishi kabi xossalaridan foydalaniladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling