39 mavzu: Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash


KUCHLI KISLOTA YOKI ASOSLARNI ANIQLASH


Download 1.91 Mb.
bet2/6
Sana10.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1762688
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-lab KO\'M (2)

KUCHLI KISLOTA YOKI ASOSLARNI ANIQLASH
Aniqlash suvli yoki suvsiz erituvchilar muhitida kislota-asosli titrlashga asoslangan. Kuchli kislota yoki ishqor eritmasi suvli, kuchsiz kislota yoki asos eritmasi suvsiz erituvchilar muhitida titrlanadi. Ayrim olingan kislota eritmasini titrlash uchun protofil erituvchi yoki ayrim olingan asosni titrlash uchun protogen erituvchi tanlansa, kuchsiz elektrolitlar kuchli elektrolitlarga aylanadi.
Zaruriy asbob va reaktivlar:
1. Potensiometr, pH-metr, yoki Easy Plus titration (komplekt)
2. Vodorod selektiv shisha va kumush xloridli elektrodlar;
3. Magnitli aralashtirgich va aralashtirgich o’zagi;
4. Mikrobyuretka, 5, 10 yoki 25 ml;
5. Titrlash stakanchalari, 50 ml;
6. Darajalangan pipetkalar, 2, 5 yoki 10 ml;
7. Titrant eritmasi:
7.1. Kislotalarni titrlash uchun: natriy, kaliy yoki tetraetilammoniy gidroksidning standart eritmasi, 0,1 M;
7.2. Asoslarni titrlash uchun: xlorid, perxlorat yoki nitrat kislotaning standart eritmasi, 0,1 M;
8 Tekshiriladigan kislota eritmasi (o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan olinadi).


Potensiometriya-HANNA instruments HI-901 Potentiometric titrator
Ishni bajarish tartibi. 50 ml hajmli titrlash stakaniga tekshiriladigan kislota eritmasidan darajalangan pipetka yordamida 2-5 yoki 10 ml (o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan) miqdorida solinadi. So’ngra tanlangan erituvchidan eritmaning umumiy hajmi 20 ml ga yetguncha qo’shiladi. Eritmaga oldindan tayyorlab qo’yilgan elektrodlar tushirilgandan (ularni stakan tubidan 7-10 mm yuqori joylashtirilishi va shisha elektrodning sharigi eritmaga botib turishi kerak) so’ng eritmaga magnitli aralashtirgichning o’zagi tushirilib, aralashtirgich elektr manbaiga ulanadi. Aralashtirish tezligi shunday bo’lishi kerakki, eritma stakandan sachrab chiqmasin va elektrodlar atrofida voronka hosil qilmasin. Byuretkadagi titrant eritmasidan har 30-40 sekundda odatda 1 ml dan qo’shib, titrlash davom ettiriladi. (agar Easy Plus titration bilan bajarilganda bu ish avtomatik bajariladi) Titrlashning har bir nuqtasiga (qo’shilgan har bir titrant hajmiga mos keladi) to’g’ri keluvchi pH yoki EYuK. qiymati pH-metrning pastki shkalasidan yozib olinadi. Potensiometr ishlatilganda undan bo’g’in potensialiga son jihatidan teng, lekin unga teskari yo’nalgan potensial galvanometr nolni qo’rsatguncha beriladi. Titrlash potensial yoki pH sakrashi yuz bergandan keyin yana 4-5 nuqta olinguncha davom ettiriladi. Birinchi titrlash natijasi bo’yicha sakrash sohasi aniqlanadi va undan keyingi titrlashlarda sarflangan titrantning aniq hajmi topiladi. Buning uchun birinchi titrlashdagi sakrash sohasigacha titrant millilitrlab (yirik hajmlarda), so’ngra tomchilab (kichik hajmlarda) qo’shiladi. Aniq va to’g’ri natija olish uchun kamida 5-9 parallel titrlash o’tkaziladi.
Titrlash natijalari laboratoriya jurnaliga titrlash qaydnomasi shaklida qayd qilib boriladi.
1.1-jadval

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling