39 mavzu: Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash


Potenciometrik usulning qisqacha nazariy asoslari


Download 1.91 Mb.
bet4/6
Sana10.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1762688
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-lab KO\'M (2)

Potenciometrik usulning qisqacha nazariy asoslari.
Eritmada erigan modda (ion, ionning aktivligi) miqdori (Sion) bilan elektrodlarda yuzaga keladigan potencial o’rtasida o’zaro to’g’ri bog’lanish mavjud bo’lib, u Nernst formulasi orqali ifodalanadi:

Bu erda:
E - elektrodda yuzaga keladigan potencial, V yoki mV.
R - universal gaz doimiysi, 8,314 kJ molь/grad.
T - absolyut harorat , K.
F - Faradey soni, 96500 Kl.
n - ionning zaryadi yoki berilgan (qabul qilingan) elektronlar soni.
E0 - miqdori aniqlanayotgan ionning standart oksidlanish potenciali bo’lib, eritmada S = 1molь/l bo’lganda elektrodda yuzaga keladigan potencial qiymati. Uning qiymati ma`lumotnomalarda berilgan bo’ladi.
bilan belgilanadi, ( 19-jadval 298 bet.) uning qiymati
n=I, t=250 S bo’lganda 0,059 B
n=2, t=250 S bo’lganda esa , 0,029 B
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, elektrodlarda yuzaga keladigan potencial eritma bilan elektrodning sirt chegarasida elektron almashinuvigagina emas, balki eritmadagi potencial aniqlovchi ion konsentrasiyaning o’zgarishiga ham bog’liqdir. Shuning uchun potenciometrik usulida neytrallash, oksidlanish-qaytarilish, cho’kma hosil bo’lish va kompleks hosil bo’lish reaksiyalaridan foydalaniladi.
Nernst formulasiga ko’ra elektrodlarda yuzaga keladigan potencialning qiymati, potencial hosil qiluvchi ionning tabiatiga, haroratga, normal oksidlanish-qaytarilish potenciali hamda ionning konsentrasiyaga –Cion bog’liq.
Potenciometrik titrlashda boradigan reaksiyalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) reaksiya tegishli yo’nalishda stehiometrik nisbatda ohirigacha borishi;
b) kimyoviy reaksiyaning tezligi etarli darajada katta bo’lishi;
v) kimyoviy reaksiya muvozanati tez qaror topishi;
g) qo’shimcha reaksiyalar bo’lmasligi kerak.
Potenciometrik va boshqa asboblar yordamida titrlash usullarining, vizual (ko’z bilan kuzatiladigan) usullarga ko’ra bir qator afzalliklari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
a) titrlashda sub`ektiv hatolarga yo’l qo’yilmaydi;
b) aniqlashning sezuvchanligi ancha yuqori bo’ladi;
v) loyqa va rangli eritmalarni titrlash mumkin;
g) bir vaqtning o’zida aralashmadagi bir necha komponentni tabaqalab (ketma-ket) titrlash mumkin;
d) titrlash jarayonini osongina avtomatlashtirish mumkin.
Tajriba mashg’ulotlari

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling