392 g 20%li xrom (III)-sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo‘lgan eritma massasi
Download 41.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqVARIANT-11
B larning konsentratsiyalari 2 marta
oshirilganda to‘g‘ri reaksiya tezligi 16 marta tezlashishi ma’lum bo‘lsa, x ni toping. A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 17. Y 2+ ioni X metallni oksidlay oladi, X2+ ioni esa Z metallni oksidlay olmaydi. Bunga ko‘ra X, Y va Z metallarni aktivligi ortib borish tartibida joylashtiring. A) X, Z, Y B) Y, Z, X C) X, Y, Z D) Z, Y, X 18. Ikki xil tuz saqlagan eritmaga mo‘l miqdordagi natriy gidroksid eritmasi qo‘shilganda cho‘kma va gaz ajraldi. Oxirgi eritmada faqat Na+, Cl−, SO4 2− va OH− ionlari bo‘lsa, dastlabki eritmadagi tuzlarni aniqlang. (Suvning dissotsialanishi hisobga olinmasin.) A) NH4Cl va CaSO4 B) NH4Cl va BaSO4 C) NH4Cl va CuSO4 D) (NH4)2SO4 va SrCl2 19. Tarkibida bir xil miqdorda vodorod saqlagan etan va pentan aralashmasining 26,4 g miqdorini to‘la yoqish uchun sarf bo‘ladigan kislorod hajmini (litr, n.sh.) aniqlang. A) 44,8 B) 67,2 C) 78,4 D) 89,6 20. X atomining radiusi - R1, ionining radiusi esa - R2. Bunga ko‘ra quyidagi ifodalardan qaysilari to‘g‘ri? 1) R1<R2 bo‘lsa, atom elektron olgan; 2) ion anion bo‘lsa, R1>R2 bo‘ladi; 3) atomdan elektron olish iondan elektron olishdan qiyinroq bo‘lsa, R1>R2; 4) R1>R2 bo‘lsa, atomning protonlari ionning protonlaridan kam. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 21. Aluminiy nitratning o‘ta suyultirilgan eritmasida anionlar soni kationlar sonidan 2,5 marta ko‘p bo‘lishi uchun tuzning necha foizi gidrolizlanishi kerak? (Gidroliz faqat birinchi bosqichda amalga oshgan deb hisoblang.) A) 20 B) 16 C) 8 D) 15 22. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerodlardagi vodorodning xlor bilan almashinish tezligi 1:3:5 nisbatda bo‘lsa, 3-etilpentan xlorlanishidan olingan monoxlorli hosilalarning qancha qismi 2-xlor-3-etilpentanga to‘g‘ri keladi? A) 9/17 B) 3/8 C) 9/16 D) 1/3 23. Quyidagi ionlar tarkibidagi xrom va xlorning maksimal elektron qabul qilish imkoniyatini aniqlang. a) CrO4 2−; b) ClO4 − A) a-2; b-8 B) a-2; b-1 C) a-0; b-7 D) a-6; b-8 24. Quyidagi o‘zgarishlar asosida kremniy tutgan X va Y moddalarning molar massalari (g/mol) yig‘indisini toping. A) 164 B) 226 C) 182 D) 200 25. 51 g CS2 va S6 aralashmasi yetarli miqdordagi kislorodda yondirilganda 11 g CO2 tutgan gazlar aralashmasi olindi. Hosil bo‘lgan gazlarning umumiy hajmini (l, n.sh.) hisoblang. A) 44,8 B) 39,2 C) 78,4 D) 67,2 26. 63 g Zn(NO3)2 · nH2O kristallogidrati doimiy massaga qadar qizdirilganda uning massasi 16,2 g ga qadar kamaydi. n ning qiymatini toping. A) 5 B) 7 C) 6 D) 4 27. 270 g glukoza spirtli bijg‘ishidan hosil bo‘lgan gaz NaOH eritmasidan o‘tkazilganda teng mol miqdordagi 228 g o‘rta va nordon tuz olindi. Agar ikkinchi reaksiya unumi 100% bo‘lsa, birinchi reaksiya unumini (%) hisoblang. A) 75 B) 90 C) 80 D) 70 28. 2SO2 + O2 2SO3 sistemada moddalarning muvozanat holatidagi konsentratsiyalari (mol/l) mos ravishda 4, 1 va 2 ga teng. Sistemaga ma’lum miqdor kislorod qo‘shilgandan keyin, oltingugurt oksidlarining yangi muvozanat konsentratsiyalari o‘zaro teng bo‘ldi. Agar reaksiya 1 litr hajmli idishda olib borilgan bo‘lsa, SO3 va O2 larning yangi muvozanat konsentratsiyalari yig‘indisini toping. A) 5 B) 4 C) 7 D) 6 29. 56 g polietilen (−CH2 − CH2−)20000 necha mol? A) 1 · 10−2 B) 1 · 10−3 C) 1 · 10−4 D) 1 · 10−5 30. Mol nisbati 1:2 bo‘lgan Cu va Zn aralashmasining 194 grammi 36,5%li HCl bilan ta’sirlashgandan keyin hosil bo‘lgan qotishmadagi metallarning mol nisbati mos ravishda 5:9 bo‘lsa, sarflangan eritma massasini (g) aniqlang. A) 50 B) 30 C) 40 D) 20 Download 41.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling