3A-guruhi talabasi Jumaqulov Akmalning
Download 1.06 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi xalq ta limi vazirligi
AMALDAGI MODEL3-rasm.Bugunda ishlatilayotgan struktura Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, talabalarga navatorlik qobiliyatini shakllantirishda amaliy mashg`ulotlarning tajriba va virtual ko`rinishlarini qiyosiy tahlil qilishi natijasida umumiy xulosaga kelishini ko`rsatib o`tmoqchimiz. Shuning uchun pedagogika oliy o`quv yurtlarida o`tiladigan fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarning o`quv dasturlarida qayd etilgan mustaqil ish uchun ajratilgan o`quv soatlarni amaliy laboratoriya mashg`ulotlari uchun ajratilgan o`quv soatlariga qo`shish o`ziga xos samara beradi. Shu sababli zamonaviy ta‘lim texnologiyalari o`z ichiga qamrab olgan laboratoriya mashg`ulotlari strukturasini o`zgartirish, unga zamon ruhini singdirish ayni paytda zarurat tug`dirmoqda. TAKLIF ETILAYOTGAN MODEL4-rasm.Taklif etilayotgan struktura Taklif etilayotgan modelda o`tkazilayotgan laboratoriya ishida talaba ishning amaliy ahamiyati, texnika va texnologiyada qo`llash darajasiga va mustaqil o`zi topshiriqni olib, ishni bajarishi, yo`naltirilgan ma‘lumotlar bazasidan foydalanib, olingan natijalarga matematik ishlov berishi va qonuniyatni aniqlashi, shuningdek, laboratoriya ishi bo`yicha tuzilgan test sinov savollariga javob izlashi, uni bevosita nazariy bilimini mustahkamlash bilan birgalikda test savollariga olingan natijalarga asoslanib javob izlash sharoitini yaratadi. Bu esa talabaga individual yondashuvini beradi. Bunday yondashishimiz laboratoriya darslarida talaba mustaqil turdosh laboratoriya ishini o`zi o`tkazishi va uni test – sinov savollari bilan mustahkamlashi hamda ish bo`yicha hisobotda yuqoridagilarni e‘tiborga olgan holda hulosa chiqarishiga imkoniyat yaratiladi. Bunday model asosida ishni bajarishda talabalarda eksperimental qurilmalarning muhimligi, amaliyotda qo`llanilish darajasi, iqtisodiy tejamkorlikni keltirib chiqarishi va bevosita test – sinov savollari bilan uzviy bog`lash natijasida talabaning imkoniyatlarini kengaytirishni va zamonaviy kompyuter imkoniyatlaridan foydalanishini hamda mas‘uliyatining sifatini oshirishni nazarda tutmoqdamiz. Bu usulda yondashish talabalarning shaxsi bilan bog`liq bo`lgan bilish psixologik jarayonlarni har bir yosh uchun xos bo`lgan individual psixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda ta‘limni tashkil etishning zamonaviy usul va uslublarini hamda shakllarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Yuqorida keltirilgan fikrlarimzni amaliy jihatdan asoslash maqsadida o`tkazilgan tadqiqotlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotni yangi modelda misol sifatida keltiramiz. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling