3A-guruhi talabasi Jumaqulov Akmalning
Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etishning rivojlantirilgan modeli
Download 1.06 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi xalq ta limi vazirligi
2.2 Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etishning rivojlantirilgan modeliTa‘lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi-jahon andozalariga mos, bozor sharoitida raqobatbardosh malakali yetuk mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Bundan kelib chiqadigan asosiy vazifa-talabalarni bilim saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish, sifatli kasbiy malakaga ega bakalavrlar tayyorlashdan iborat. Bizga ma‘lumki, fan va texnologiyaning jadal rivojlanishini aks ettirgan yutuqlarni o‘quv jarayonida keng qo‘llash va tadbiq etish bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ularning ijodkorligi, yaratuvchanligi, tezkor qarorlar qabul qilinishi kabi kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishda amaliy mashg‘ulotlarning muhim ahamiyat kasb etishi hech sir emas. Bugungi kunda zamonaviy ilmlar bilan qurollangan kasbiy malakaga ega bo‘lish bilan bir vaqtda, talabalarda Respublikamiz ravnaqiga xizmat qilish uchun uning izlanishlarida iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham mihim o‘rin egallaydi. Buning uchun bugungi kunda an‘anaviy bo‘lib kelgan laboratoriya mashg‘ulotlaridan voz kechib, talabalarimizda ixtirochilik malakasini shakllantirishda asos bo‘la oladigan, takomillashtirilgan, ya‘ni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan boyitilgan strukturaga o‘tish dolzarbdir. O‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarda talaba shakllanadi, eksperimental ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Oliy pedagogika o‘quv yurtlarining ―Fizika-astronomiya‖ ta‘lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejasida laboratoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilgan ma‘lum miqdordagi soatlardan unumli foydalanish bilan birga ularda kashfiyotga bolgan intilishlarini rivojlantirish kun tartibidagi asosiy masala hisoblanadi. Shuning uchun, guruh (agarda guruhdagi talaba soni 12 nafardan oshsa) guruhchalarga bo‘lingandan so‘ng, o‘qituvchi tomonidan laboratoriya ishlarini talabalar 2 nafardan bo‘lib bajara boshlaydilar va uy vazifasi sifatida turdosh laboratoriya ishi beriladi. Olib borilayotgan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda talabalarga fan dasturi bo`yicha 4 soat vaqt ajratiladi, shuning 2 soati laboratoriya ishini bajarilish tartibi bilan tanishish, nazariy ma‘lumotlar olish, tajriba o`tkazish va olingan natijalarga matematik ishlov berib, xatoliklarni aniqlashdan iborat bo`ladi. Bunda talaba oldidagi 1-vazifa ishning maqsadi, kerakli asbob va jihozlar bilan tanishib, nazariy ma‘lumot, ishni bajarish tartibi, nazariy savollar ketma-ketligida amalga oshiriladi. Uzoq yillik olib borilayotgan pedagogik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, talabalarning bugungi kundagi talab va ehtiyojlarini qondirish, jahon andozalariga mos mutaxassislar tayyorlashda faqatgina amaliy tajribalar o`tkazish bilan chegaralanib qolib bo`lmaydi. Fan texnologiyalarni jadal rivojlanishi axborotlarni qabul qilish va uni tahlil qilib, xulosalarga kelish orqali ma‘lum bir malaka shakllantiriladi. Talabalarga individual yondashuv kompleks yondashuvga nisbatan samarali natija berishi hech kimga sir emas. Demak, fizika fani ta‘limini modernizatsiyalashda rivojlanish dinamikasini e‘tiborga olib yondashuv muhim ahamiyatga ega. Zamon talabi laboratoriya ishlarini bajarishda ―eski qolip‖dan chiqish, yangi modellarga o`tish, o`qitish samaradorligini oshiradi. Bunda talabaga yetarli darajada malaka va ko`nikmalarni shakllantirishda asosiy omil bo`lib hisoblanadi. Amalda yoki vertual laboratoriyalar o`tkazish bilan yetarli miqdorda kerakli kasbiy mahoratni shakllantirib bo`lmaydi. Yuqorida keltirilgan fikrlar namunaviy o`quv rejadagi laboratoriya mashg‘ulotlarini hozirgi kun talablari darajasiga ko`tarish muammosi fizika fanini o`qitishda dolzarb masalalardan hisoblaniladi. Taklif etilayotgan model esa, talabalarda ixtirochilik va ratsionalizatorlik qobiliyatini shakllantirishga asos bo`lib xizmat qiladi. Agarda amaliy mashg`ulotlarda talabalarda ixtiro va kashfiyotga bo`lgan malaka va ko`nikmani shakllantira olsak, tabiiyki davlatimiz fan va texnikasi, texnologiyasi, shuningdek, iqtisodiyotining jadal rivojalanishiga munosib turtki bo`ladi deb hisoblaymiz. Xususan, fizikaning barcha bo`limlarida o`tkaziladigan laboratoriya mashg`ulotlari hozirgacha eskicha model asosida o`qitilib, amalga oshirilmoqda. Hozirgi kun taraqqiyoti barcha fanlarga nisbatan yangicha yondashish zarurligini davr taqozo etmoqda. Chunki hozirgi kundagi talaba yoshlarning ruhiy rivojlanish darajasi 80-90-yillarga nisbatan fan va texnologiyalarni va iqtisodiy rivojlanishni, ijtimoiy o`ishni inobatga olgan holda keskin o`zgarganligini ilmiy psixologiya, pedagogika fanlardan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari ko`rsatmoqda. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling