3A-guruhi talabasi Jumaqulov Akmalning


Frontal laboratoriya ishini bajarish sxemasi asosan quyidagicha: 1.Kirish suhbati


Download 1.06 Mb.
bet11/16
Sana09.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1448133
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta limi vazirligi

Frontal laboratoriya ishini bajarish sxemasi asosan quyidagicha: 1.Kirish suhbati.


2.O’quvchilar tomonidan tajribani bajarish. 3.Olingan natijalarni ishlab chiqish.
4.Ishga yakun yasash.

  1. Kirish suhbati. Laboratoriya ishlarini ongli ravishda bajarishlarini ta‘minlash maqsadida frontal so‘rash orqali tajribaga oid bilimlar o‘quvchilarning eslariga tushiriladi, bundan tashqari o‘qituvchi asboblar bilan muomala qilish, materiallardan foydalanish qoidalari, o‘lchash aniqligiga ahamiyat berish, o‘lchash xatoliklari va ularning oldini olish, texnika xavsizligiga rioya qilish, hisobot yozish haqida ko‘rsatmalar beradi. Natija aniqligini orttirish uchun har bir kattalikni 3-5 marta o‘lchab o‘rtachasini olish lozimligini uqtirib o‘tadi.

  2. Tajribani bajarish. O‘quvchilar tajribani bajarishdan oldin asoslar bilan tanishadilar va stol ustida tajriba uchun kerakli asboblarning hammasi borligini aniqlab, keyin ishni bajarish rejasi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchashlarni bajaradilar, o‘lchash natijalarini jadvalga yozib boradilar. O‘qituvchi aylanib yurib, o‘quvchilarga ko‘rsatmalar beradi, ba‘zi qiynalayotganlarga individual yordam ko‘rsatadi.

  3. Olingan natijalarni ishlab chiqarish. Olingan natijalarga ko‘ra o‘quvchilar hisoblash ishlarini bajaradilar yoki xulosa chiqaradilar. Keyin ular hisobot yozadilar. Unda ishning raqami va nomi, bajarilgan vaqti, nazariy qismining qisqacha mazmuni, qurilmaning rasmi yoki sxemasi, o‘lchash natijalarining jadvali, xatoligi va xulosa yoziladi. O‘quvchilar ko‘rsatmadan foydalanib ishni bajaralgan bo‘lsalar, u holda hisobotga ishni bajarish tartibini yozmasalar ham bo‘ladi.

  4. Ishga yakun yasash. Dars oxirida ko‘pchilik o‘quvchilar o‘lchash va hisoblash ishlarini bajarib bo‘lganlaridan keyin olingan natija va xulosalarni o‘qituvchi rahbarligida muhokama qilishadi. O‘quvchilar o‘z xatolarini ko‘radilar.

Bu yerda o‘quvchilarning ishdan oladigan xulosalariga va kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashlariga katta ahamiyat berish lozim.
labaratoriya ishiga har bir o‘quvchiga alohida baho qo‘yiladi. Baho qo‘yishda o‘quvchining mustaqil bajarish darajasi, to‘g‘ri o‘lchash, hisoblash va hisobot yoza olish qobiliyati, yakunlovchi suhbatda javobining chuqurligi va aniqligi hisobga olinadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling