3–mavzu: Atom tuzilishi. Reja: Atom tuzilishi va uning yadroviy modeli
Yadroviy reaksiyalar. Bor postulatlari
Download 380.05 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
3.2. Yadroviy reaksiyalar. Bor postulatlari.
Yadro reaksiyasi — turlicha zarrachalar taʼsirida atom yadrosining oʻzgarishi. Ularning turlari koʻp. Yadro reaksiyasi yuz berishi uchun oʻzaro taʼsirlashuvchi yadrolar yoki yadro va zarralar orasidagi masofa 10 -15 m atrofida boʻlishi kerak. Yadro reaksiyasiga misol qilib zaryadli zarrachalar turli yadrolarga koʻrsatgan taʼsirni, fotonlarning yadrolarga taʼsirini, neytronlarning yadroga taʼsirini, termoyadro reaksiyalari va boshqalarni koʻrsatish mumkin. M.Plank 1900 yilda qizdirilgan jismlarning spektrlarini aloxida tarzda taqsimlanishini tushuntirish uchun kvant nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga muvofiq energiya uzluksiz ravishda ajralib chiqmaydi, balki mayda bo‘linmaydigan porsiyalar bilan chiqadi. Nurning bu eng kichik porsiyasi kvant deb ataladi. Va uning kattaligi tarqalayotgan nurning tebranish chastotasiga bog‘liq bo'ladi. Nurlanishning kvant nazariyasi asosida N.Bor Rezerfordning atom tuzilish nazariyasini rivojlantirdi. N.Bor nazariyasining birinchi postulatiga ko‘ra, elektron yadro atrofida faqat kvantlangan, ya‘ni ma‘lum energiya darajasiga muvofiq keladigan orbitallar bo‘ylab aylanadi. Bu orbitallardan qaysi birining elektron bilan band etilishi atomning energiyasiga bog‘liq. Agar atomning energiyasi minimal qiymatga ega bo‘lsa elektron yadroga eng yaqin, birinchi orbita bo‘ylab harakat qiladi; atomning bu holatini qo‘zg‘almagan, normal yoki asosiy holat deyiladi. Bu holda elektron yadro bilan eng mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Qo‘shimcha energiya qabul qilgan atom qo‘zg‘algan holatga o‘tadi. Lekin atomning qo‘zg‘algan holati nihoyatda qisqa muddatlidir (sekundning yuz milliondan bir ulushi vaqtda). Elektron uzoq orbitadan yaqin orbitaga o‘tganda atom elektromagnit nur chiqarib o‘z energiyasini kamaytiradi. N.Bor nazariyasining ikkinchi postulatiga ko‘ra, elektron bir orbitadan ikkinchi orbitaga o‘tgandagina atom o‘z energiyasini o‘zgartiradi: -elektron kvantlangan orbitalar bo‘ylab aylanganda, atom energiya chiqarmaydi va energiya yutmaydi. Elektron yadrodan uzoqda turgan orbitadan yadroga yaqin orbitaga o‘tganda atom yorug‘likning bir kvantiga teng energiya chiqaradi. Bu kvantning kattaligi dastlabki va oxirgi holatlarning energiyalari orasidagi ayirmaga tengdir: E=E 1 –E 2 =h bu Erda: E 1 va E 2 dastlabki va oxirgi holatlar energiyalari; h Plank doimiysi, 6,624·10 –34 joul/sek; nurning 1 sekunddagi tebranishlar soni (chastotasi): = c/ bu yerda: c yorug‘lik tezligi; yorug‘likning to‘lqin uzunligi. Shunday qilib, Borning vodorod atomini tuzilish nazariyasi yuqorida aytilgan 2- postulatga asoslanadi. Agar atomning energiyasi minimal qiymatga ega bo‘lsa, elektron yadroga eng yaqin orbita bo‘ylab harakat qiladi; atomning bu holatini g‘alayonlanmagan holat deyiladi. Qo‘shimcha energiya qabul qilgan atom esa g`alayonlangan holatga o'tadi. Binobarin, g`alayonlangan atomning energiyasi g‘alayonlanmagan atomning energiyasidan ortiqdir. Lekin atomning g`alayonlangan holati nixoyatda qisqa muddatli. U sekundning yuz milliondan bir ulushiga qadar oz vaqt davom etadi. N.Bor nazariyasi vodorod atomi spektrining turli sohalaridagi ayrim chiziqlarning hosil bo'lish sababini aniq tushuntirib berdi. Lekin Bor nazariyasi kamchiliklardan xoli emas. N.Bor nazariyasiga muvofiq elektronlar bir orbitadan 2-orbitaga o‘tganda energiyaning o‘zgarishi spektr chiziqda aks etadi. Biroq spektrlarni sinchiklab tekshirish ularni yanada murakkab tuzilganligini ko‘rsatdi. Spektr chiziqlarning har qaysisi bir-biriga yaqin turgan ikki chiziq dupletdan, dupletlar esa bir-biriga juda yaqin turgan bir necha yo‘ldosh chiziqlardan iboratligi tasdiqlandi. Ko‘p elektronli atomlarning spektrlarida shunday spektr chiziqlar ko‘rsatiladiki ularni elektronning bir orbitadan 2-orbitaga o‘tishi bilan tushuntirib bo‘lmasdi. Bor nazariyasi spektrdagi bu murakkablikni izoxlab bera olmadi. Bor nazariyasiga birinchi o‘zgarishlarni nemis olimi Zommerfeld kiritdi. Uning fikricha, elektronlar faqat doiraviy orbita bo‘ylab emas, balki, ellipslar bo‘ylab ham harakat qilish mumkin. (7rasm) Download 380.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling