3–mavzu: Atom tuzilishi. Reja: Atom tuzilishi va uning yadroviy modeli


Download 380.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana26.01.2023
Hajmi380.05 Kb.
#1128262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu

Radioaktiv elementlar - barcha izotoplari radioaktiv boʻlgan kimyoviy 
elementlar. Tabiatda uchraydigan, tartib raqami 83 (vismut)dan katta boʻlgan 
barcha elementlar radioaktiv. Ularni ketma-ket yuz beradigan radioaktiv 
oʻzgarishlar zanjirlarining alohida halqalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Bir 
zanjir tarkibiga kiruvchi elementlar radioaktiv oila yoki radioaktiv qator hosil 
qiladi. Tartib raqami 83 dan kichik boʻlgan Radioaktiv elementlar ham bor. Ular 
texnetsiy 43Te va prometiy 61Pm. Davriy sistemada joylashgan urandan keyingi 
elementlar sunʼiy usulda olingan transuran elementlardir. 
Tabiiy Radioaktiv elementlardan faqat uran (tartib raqami 92) va toriy (90) 
elementi izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga yaqin. 238U 
(T,,2=4,51 mlrd.-yil), 235U (713 mln.y.), 232Th (14,l mlrd.yil). Shuning uchun 
barcha tabiiy Radioaktiv elementlar ichida faqat uran bilan toriy birlamchi 
Radioaktiv elementlar hisoblanadi. Qolgan barcha Radioaktiv elementlar uzoq 
mavjud boʻluvchi izotoplarning parchalanishidan hosil boʻladi va ular ikkilamchi 
Radioaktiv elementlar hisoblanadi. 
Turgʻun izotoplaridan tashqari uzoq mavjud boʻluvchi tabiiy radioaktiv 
izotoplari boʻlgan 16 ta element ham mavjud (40K, 50V, 87Rb, ll5In, l38La, 






,
,




l42Ce, l44Nb, l47Sm, 152Gd, l76Lu, l74Hf, l80Ta, l80W, l87Re, "°Pt, l92Pt). 
Yadro energiyasi olishda uran va plutoniy amaliy ahamiyatga ega. 
Biror radioaktiv elementning ikkinchi bir radioaktiv elementga o’tish 
qatori radioaktiv yemirilish qatori deyiladi. Xozirgi vaqtda 3 ta tabiiy radioaktiv 
yemirilish qatori ma'lum va uchala qator ham radioaktiv bo‘lmagan qo‘rg‘oshin 
elementi bilan tugaydi. 
I-qator atom massasi 235 ga teng bo'lgan aktiniy-uran qatori. Bu qator 7 ta α 
va 4 ta β nur tarqatib, massasi 207 ga teng bo'lgan barqaror qo‘rg‘oshin elementini 
hosil qiladi. 
II-qator atom massasi 238 teng bo'lgan uran qatori. Bu qator o‘zidan 8 ta α va 
6 ta α nur tarqatib, atom masasi 206ga teng bo'lgan Pb elementini hosil qiladi. 
III-qator atom massasi 232 ga teng bo'lgan toriy qatori. Bu qator o‘zidan 6 ta 
α va 4 ta β nur tarqatib atom massasi 208 ga teng bo'lgan barqaror qo‘rg‘oshin 
elementini hosil qiladi. 

Download 380.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling