3–mavzu: Atom tuzilishi. Reja: Atom tuzilishi va uning yadroviy modeli


Download 380.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana26.01.2023
Hajmi380.05 Kb.
#1128262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu

1-rasm. Katod nurlari. 
Elektron elementar zarracha bo'lib, u E (e) harfi bilan belgilanadi. Uning 
massasi me=9,1∙10
-28
kg
ga yoki 5,49∙10
-4 
u.b ga teng. Bu esa vodorod atomining 
1/1836 birlik qismidir. Uning radiusi r=2,8∙10
-13 
sm, tezligi V=150000 km/sek ga 
tengdir. 
Rentgen nurlari. 1895 yilda nemis olimi Rentgen shishaning katod nurlari 
ostida shu'lalanishini tekshirar ekan, nurlanishning yangi turini ―X‖ nurlarni kashf 


etdi. Bu nurlar keyinchalik rentgen nurlari deb ataldi. Rentgen nurlari elektr va 
magnit maydonida o`z yo'nalishini o`zgartirmaydi. Rentgen nurlarining asosiy 
xossalaridan biri karton, yog`och, mato va inson organizmidan, yengil metall 
plastinkalardan o`tib ketishidir. Ular faqat og'ir metallarda yaxshi ushlanib qoladi. 
Bu ham atomning murakkab tuzilganligini aniq isbotlab berdi. 
Rezerford tajribasi. Boshlang‘ich eksperimental strukturaviy tajribalar 
E.Rezerfordning (1871-1937 y.) yupqa metall plastinka sirtida 

zarrachalarning 
yoyilishi tajribasi orqali ko‘rsatildi. Bu yoyilish atomning deyarli barcha massasi 
musbat zaryadlangan yadroga yig‘ilganligi bilan izohlanadi. 1911 yilda Rezerford 
atomning planetar modelini taklif qildi; atom yig‘ilgan, kichkina hajmdagi musbat 
zaryaddan tarkib topgan yadro va uning neytrallab turuvchi, hamda hajm bo‘yicha 
orbitallarda harakatlanuvchi (xuddi quyosh atrofida planetalar harakatlangani 
singari) elektrondan iborat sistemadir. 
Rezerford, shogirdi Chadvik bilan mis, oltin va platina metallaridan yasalgan 
plastinkalar (qalinligi taxminan 0,0005 mm) sirtiga 

zarrachalar yog‘dirib, 
ularning metaldan o‘tish yo‘llarini tekshirdi. Metall sirtida 

zarrachalar harakat 
yo‘nalishining o‘zgarishini kuzatishdi. Ko‘pchilik 

zarrachalar metalldan to‘g‘ri 
o‘tib ketadi. 

zarrachalarning ozgina qismi o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. 
Tajribada 10000 tadan bitta 

zarracha metal sirtidan o‘tishda o‘z harakat 
yo‘nalishini o‘zgartirishi yoki orqaga qaytishini aniqlandi. Bu tajribaga asoslangan 
holda Rezerford, atomning yadrosida musbat zaryadlangan zarrachalar (protonlar) 
yig‘ilgan holatda joylashadi, uning atrofida protonlar soniga teng miqdordagi 
elektronlar xuddi quyosh atrofida planetalar harakatlangani kabi katta tezlik bilan 
aylanadi, degan xulosaga keldi. 

zarrachalarning metall plastinka sirtida yoyilishi:
Shunday qilib, atomning hajmi markazida kichik bir yadro bo‘lib, uning 
atrofida elektronlar aylanib yuradi. Demak, atom hajmining ko‘p qismi bo‘shliqdan 
iborat bo‘ladi. 
Atomning diametri 10-
8
sm bo‘lsa, yadro diametri 10
-13
10
-12 
sm dir. Buni 
tasavvur qilish uchun aytish mumkinki, yig‘ilgan 1 sm

hajmdagi yadrolar massasi 
16 mln. tonnaga teng bo‘ladi. 
Rezerford tajribasini Vilson boshqa usul bilan bajarib ko‘rdi. Agar havoda 
chang bo‘lib, bunday havo suv bug‘iga to‘yinsa, bug‘ chang atrofida darhol 
kondensatlanadi, ya‘ni mayda suv tomchilariga, tumanga aylanadi. Agar havo toza 
bo‘lsay-u, lekin havoda zaryadli zarrachalar ionlar bo‘lsa, suv bug‘i ionlar 
atrofida kondensatlanadi. Agar havoda chang ham, ionlar ham bo‘lmasa, havo 
sovitilganda undagi to‘yingan bug‘ kondensatlanmaydi. Vilson ana shundan 


foydalanib, atomning yadroli tuzilishga ega ekanligini yana bir bor tasdiq etdi. U 
devorlari oynali kameraning bir tomoniga porshen o‘rnatib, kamera ichini changsiz 
toza havo bilan to‘ldirdida, bu havoga suv bug‘i qo‘shdi. Shundan keyin kamera 
orqali 

zarrachalar o‘tkaza turib, porshenni sirtga tomon tez tortish yo‘li bilan 
havoni sovutdi. 

zarrachalar havo orqali o‘tar ekan, molekulalarni bombardimon 
qilib, ularni ionlashtiradi. Zarrachalar atrofida darhol tuman tomchilari paydo 
bo‘ladi va o‘tgan har bir 

zarrachalar yo‘lida tuman chizig‘i vujudga keladi. Bu 
chiziqlarni fotosuratga olish mumkin. 

zarracha yadroga duch kelmay yoki yaqin 
bormay o‘tsa, uning yo‘lida to‘g‘ri tuman chizig‘i hosil bo‘ladi. Agar 

zarracha 
yadro yonidan o‘tsa, tuman chizig‘i ozgina burilgan holda ko‘rinadi. Agar 

zarracha biror yadroga duch kelsa, tuman chizig‘i keskin ravishda sinadi. Bu 
tajribada taxminan 10 000 ta to‘g‘ri chiziq orasida bitta siniq chiziq bo‘ladi. 

Download 380.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling