4- bob. Pul mablag‘lari hisobi


Download 59.47 Kb.
bet9/10
Sana15.06.2023
Hajmi59.47 Kb.
#1477251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xushbakov

Xulosa

Pul mablag‘lari - bu korxonaning asosiy to‘lov vositalaridan biri hisoblanadi. korxonalarning pul mablag‘lari asosan hisob-kitob schyotida, kassada, valyuta schyotida va mahsus schyotlarda saqlanadi. Pul mablag‘lari hisobi kassa kitobi, kassa kirim-chiqim orderlari, hisob-kitob schyotidan ko‘chirmalar va boshqa xujjatlar yordamida yuritiladi. Naqd va naqd pulsiz shaklidagi hisob-kitob operatsiyalari mavjud.


Korxonalarda pul mablag‘larining quyidagi turlari mavjud:

  1. So‘mdagi pul mablag‘i.

  2. Chet el valyutasidagi pul mablag‘i .

  3. Akkreditiv, chek daftarchalari va boshqa to‘lov xujjatlaridagi pul mablag‘lari.

Korxonadagi naqd pullarning hisobi 5000 “Kassa” schyotida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun 5100 “Hisoblashish” schyotidan foydalaniladi. Valyuta schyotlari bo‘yicha muomalalarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida 5200-"Valyuta schyoti” belgilangan va 5210–mamlakat ichidagi-5210 va xorijdagi valyuta schyotlari kabi subschyotlarga bo‘linadi. Bundan tashqari korxona pul mablag‘larining hisobini yuritishda 5500 va 5600 hamda 5700 schyotlardan ham foydalaniladi.


Pul mablag’lari, uning harakati va ulardan foydalanish operatsiyalari auditi nazorat-taftish ishlarining mas’uliyati va murakkab sohalaridan biridir. Mavjud qoidalarga binoan, pul mablag’lari auditi yalpi usul bilan amalga oshiriladi, ayni vaqtda kassa operatsiyalari bilan shug’ullanadigan va pul mablag’lari saqlanadigan barcha ob’ektlar tekshirilishi zarur. Bundan tashqari, pul mablag’lari bilan amalga oshiriladigan butun bir operatsiyalar bo’yicha boshqa o’zaro bog’liq bo’limlar bilan qarshi tekshirishlar o’tkazish zarur. Bularning barchasi tekshiruvchilardan yuqori kasb malakasi va mas’uliyatni taqozo etadi.
Pul mablag’lari auditining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. naqd pul va boshqa qiymatliklarning saqlanishi sharoitlarini ta’minlash;
2. pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, qat’i hisobot beriladigan banklar haqiqatda mavjudligining hisobga olish ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash;
3. kassada pul mavjud bo’lish limitiga va operatsiya va xo’jalik sarflariga hamda boshqa ehtiyojlarga hisobot berish sharti bilan pul berish shartlariga rioya qilinishi;
4. kassa operatsiyalari yuritilishining, tasdiqlanishining nizomlar va qoidalarga muvofiqligini aniqlash;
5. pul mablag’larni sarflashning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligi;
6. bank oboroti yozuvlarining korxona kassa daftaridagi yozuvlar bilan bir xilligi;
7. har bir operatsiyani tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar, bank ko’chirmasi mavjudligi;
8. bankdan chek bo’yicha olingan naqd pulning kassaga kirim qilinishining o’z vaqtidaligi va to’liqligi;
9. bankdagi hisoblardan mahsulot etkazib beruvchilarga, ko’rsatilgan ish va xizmatlar uchun korxonalar va tashkilotlarga, jamg’arma banklarning nomiga, boshqa debitorlar va kreditorlarga summalar o’tkazilishining to’g’riligi va qonuniyligi;
10. chek daftarlarini, chek ko’chirmalarini saqlash va ular bo’yicha pul olishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi, to’ldirilmagan cheklar imzolangan hollar yo’qligi;
11. bankdan pul mablag’lari olishning belgilangan tartibga rioya qilinishi;
12. ish haqi to’lash muddatlariga rioya qilinishi.
Pul mablag’lari auditida tashkilotlarda quyidagi izchillikka rioya qilinadi. Taftishni kassani to’satdan taftish qilishdan boshlash zarur. Naqd pul mablag’lari qayta ro’yxat qilinishi bilan bir vaqtda pulning saqlanishi ta’minlanishi va kassaga keltirilishi tekshiriladi. So’ngra kassa operatsiyalarini tekshirishdan maqsad foydalanishga rioya qilinishini tekshirishga kirishiladi. Bir vaqtning o’zida qat’i hisobda turuvchi hujjatlardan foydalanish va ularning saqlanishi tekshiriladi.
Pul hujjatlari va qimmatli qog’ozlar, yo’ldagi, bankdagi hisob-kitob va boshqa hisoblardagi pul mablag’lari tekshiriladi.
Auditor uchun quyidagilar kassa va kassa jarayonlarini (pul mablag’larini) taftish qilish manbalari hisoblanadi:
1) KO-1 - shakl kirim kassa orderlari;
2) KO-2 -shakl chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olish daftari;
3) KO-3 - shakli kirim va chiqim orderlarini ro’yxatga olish daftari;
4) KO-3a - shakl kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro’yxatga olish daftari;
5) KO-4 - shakl kassa daftari;
6) KO-5 - shakl kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pulni hisobga olish daftari;
7) pul banklari harakatini, qat’i hisobda turuvchi hujjatlarni hisobga olish daftari;
8) hisob-kitob va boshqa hisoblardan ko’chirmalar;
9) kassa rejalari;
10)INV-15 - shakl pul mablag’lari mavjudligini ro’yxatga olish dalolatnomasi;
11)INV-16 - shakl qimmatliklar va blanklar, qat’i hisobda turuvchi hujjatlar qayta ro’yxatga olinganligi;
12)50"kassa", 51-"Hisob-kitob hisobi", 55-"Banklardagi boshqa hisoblar",56-"Pul hujjatlari" hisobi va 006- "Qat’i hisobda turuvchi blanklar" balansdan tashqari hisob bo’yicha daftar-orderlar va qaydnomalardir.
2. Pul mablag’lari sarflari va ularning maqsadli ishlatilishi auditi
Kassa operatsiyalarini taftish qilish natijasida buxgalteriya tomonidan mehnatga haq to’lash hisob-kitobi bo’yicha kassirlar tomonidan korxona xodimlariga ta’til va ish haqi uchun berilgan pullarning qaydnomalariga 2 va 3 marta kiritilishi yo’li bilan katta miqdorda g’ayriqonuniy ravishda pul o’zlashtirish hollari uchrab turadi.
Ba’zan "xatolik" bilan ta’tilda, o’qishda, kasal bo’lgan, ishdan bo’shatilgan shaxslarga ish haqi hisoblab yozishlar ham uchrab turadi. Bunday dalillar mantiqiy tahlil qilish, qiyoslash va so’rab chiqish usuli bilan aniqlanadi, hisoblab yozilgan ish haqi miqdori ishlangan kunlarni hisobga olish hujjatlari, xodimlar bo’limining hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi. Barcha hollarda kassa hujjatlarini tekshirish faqat ularning rasmiylashtirish talablariga muvofiqligini (imzolarning mavjudligi, tuzatish va ko’chirib yozishlarning yo’qligi), hujjatlardan takroran foydalanishga yo’l qo’ymaslik uchun ularga operatsiyalar bajarilgan sana ko’rsatilgan holda "olindi" yoki "to’landi" degan maxsus shtamplar qo’yilib to’ldirilganligini tekshirish bilan cheklanib qolinmaydi. Kassa hujjatlari korxonaning boshqa ish sohalari bilan bog’lab tekshiriladi. Mukofotlar, nafaqalar to’lash ham kassa bo’yicha o’tadi, shu sababli auditor shubhali hollarga e’tibor qaratadi, so’ngra to’lovlarning asoslanganligini tekshiradi.
Pul mablag’larini deponentga qo’yish bilan bog’liq suiiste’mollar ayniqsa ko’p uchraydi. Bu o’rinda deponentga o’tkazilgan pullarning to’g’riligi va asoslanganligini tekshirish, 76-" Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" hisobi bo’yicha yakuniy ma’lumotlarning deponentga qo’yilgan summalarning hisobga olish daftari bo’yicha analitik ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish lozim bo’ladi.
Uzoq vaqt talab qilib olinmagan va muddati tugashi arafasida deponentga o’tkazib berilgan summalar, ayniqsa, puxta tekshirilishi kerak.
Auditor pul summalari deponentga o’tkazilishi qonuniy ekanligiga ishonch hosil qilishi va deponentga o’tkazib berilgan summalar hisobga olingan summalarga muvofiq kelishini aniqlashi zarur.
Deponentga o’tkazilgan summalarning berilishi qonuniyligini tekshirishda chiqim kassa orderlaridagi summani olish uchun qo’yilgan imzolarning to’lov qaydnomalaridagi, ishga qabul qilish haqidagi hujjatlardagi, tekshirilayotgan shaxslarning imzosi bo’lgan boshqa hujjatlardagi imzolar bilan taqqoslanishi auditor uchun majburiy hisoblanadi.
Imzolar qalbakilashtirilganligi aniqlangan taqdirda auditor imzo qalbakilashtirilgan deponentchi bilan uchrashi va undan deponentga o’tkazilgan pulni o’zlashtirib olish maqsadida imzo qalbakilashtirilganligini tasdiqlatib olish chora-tadbirlarini ko’radi.
Zarurat bo’lganda, auditor deponentga o’tkazilgan pulning ishonchnoma orqali olinishida ham ana shunday yo’l tutadi.
Taftish paytida deponentga o’tkazilgan pullarning hosil bo’lish sabablari aniqlanadi. Hisobot asosida berilgan pullar sarflanishini oqlovchi hujjatlar va sotib olingan boyliklarni kirim qilish hujjatlari bilan taqqoslash orqali tekshiriladi.
Naqd pul sarfidagi farqlar ancha katta bo’lgan taqdirda bunday sarfning asoslanganligi, uning maqsadga muvofiqligi tekshiriladi. Pul o’tkazish yo’li bilan ularning nomiga haq to’langan shaxslar va tashkilotlarni muqobil tekshirish usulidan keng foydalanish zarur. Ushbu usul pullar haqiqatda ham kredit qarzdorligini to’lashga o’tkazilganligini yoki jamg’arma kassasidagi shaxsiy hisobga yoxud o’zining yoki ishtirokchining nomi bitilgan manzilga o’tkazish yo’li bilan o’zlashtirilganligini aniqlash imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda ish haqini jamg’arma kassasiga o’tkazishning qonuniyligi ham mukobil tekshirish usuli bilan aniqlanadi.
Kassa operatsiyalari audit korxonaning bo’sh pul mablag’lari va muomaladagi pul mablag’lari harakati, ulardan foydalanishning qonuniyligini tekshirishdir. Natijada naqd pul operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlashdan iborat bo’lib, buxgalteriya hujjatlarida to’g’ri aks ettirilish tartibiga rioya etilishini aniqlashdir.
1. Pul hujjatlari hisobi auditi.
2.Pul mablag’lari auditining asosiy vazifalari.
3. Auditor uchun kassa va kassa jarayonlarini (pul mablag’larini) taftish qilish manbalari.


Download 59.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling