4- korxonani boshqarish
Download 29.01 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-korxona boshqarish
4- KORXONANI BOSHQARISH Korxonanlarni boshqarishni mohiyati va zaruriyati. Korxonani boshqarishning asosiy tamoyillari va tashkiliy tuzulmalari. Boshqaruvning funksiyalari, usullari va boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 1 Hozirgi sharoitda Respublika korxonalari va tashkilotlarida boshqaruv rolining oshib borishi quyidagi omillar bilan belgilanadi: - bozor iqtisodiyotining barpo qilinishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan turli mulk shakllarining vujudga kelishi (davlat, xususiy, aktsioner jamiyatlar, qo‘shma korxonalar, mahalla va hokazolar); - xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini vujudga kelishi (aktsioner jamiyatlar, kontsern, konsortsium, xususiy korxonalar va hokazo); - iqtisodiyotimiz hajmining o‘sishi, undagi sifatli o‘zgarishlar, sanoatimiz ilgari ishlab chiqarmagan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishi, fan-texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llashning keng avj olishi; - xo‘jalik yuritishni noiqtisodiy yo‘nalishlari rolining oshib borishi (sotsial me’yorlar, iste’mol mezonlari, atrofdagi muhit muammolari va hokazo); - bilim hajmining oshishi va ularni tuzilishining o‘zgarishi, yangi fan sohalarining paydo bo‘lishi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatini kuchaytirilishi; - mustaqillik natijasida o‘lkan darajada odamlarni mehnat faoliyatlari doirasini kengaytirilishi, ijtimoiy hayotning hamma sohalarini xilma-xilligini ko‘paytirishi; - bozor sharoitida boshqaruv tizimining o‘zidagi o‘zgarishlar, hamma sohalarda demokratik tamoyillarning kirib kelishi. SHunday qilib boshqaruv biron bir maqsadga samarali erishish uchun insonlar harakatini tartibga solish va muvofiqlashtirishdan iborat. Boshqaruv ikki tarkibiy qismning birligidan iborat: 1. Boshqaruv sub’ekti. 2. Boshqaruv ob’ekti. Boshqaruv sub’ektlariga boshqarishni amalga oshiradigan tashkilotchilar, rahbarlar, turli soha boshliqlari kiradi. Boshqaruv ob’ektlariga korxonalar, turli mulk shaklidagi mehnat jamoalari, xodimlar, ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan mehnat qurollari va predmetlari, pul vositalarining harakat jarayoni, tabiat resurslari, ilmiy-texnik va axborot imkoniyatlari kiradi. 2. Korxonalarda iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni tashkil qilish. ob’ektiv qonunlardan foydalanishning harakatdagi mexanizmini ishlab chiqishni talab qiladi. Bunday mexanizm menejment asoschilari tomonidan ilgari surilgan tamoyillarda (printsiplarda) o‘z aksini topadi. Download 29.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling