4- korxonani boshqarish
Tamoyil bu xo‘jalik yuritishning muhim qoidasidir
Download 29.01 Kb.
|
4-korxona boshqarish
Tamoyil bu xo‘jalik yuritishning muhim qoidasidir. Ularning nazariy ahamiyati shundan iboratki, ular boshqarish qonuniyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonida qonuniyatlar aynan tamoyillar orqali o‘z harakatini amalga oshiradi. Hozirgi paytda korxonalar amaliyotida bozor iqtisodiyotiga mos quyidagi tamoyillar qo‘llanilmoqda: 1. Oliy maqsadga qarab intilish; 2. Mehnat taqsimoti; 3. Vakolat va javobgarlik; 4. Ishda yaxshi sharoit yaratib berish; 5. Intizom; 6. Ishlab chiqarishni takomillashtirish; 7. Xodimlarga adolatli munosabat, aqli raso bo‘lmoq; 9. Yakka boshqarish; 10. Tez, ishonchli, to‘la, aniq va doimiy hisob; 11. Yo‘nalishning birligi; 12. Ijtimoiy manfaatning shaxsiy manfaatdan yuqori bo‘lishi; 13. Xodimlarni rag‘batlantirish; 14. Operatsiyalarni normalash; 15. Markazlashtirish; 16. Tartib; 17. Haqiqat; 18. Puxta bilimli maslahat berish; 19. Xodimlar ish joyini barqarorligi; 20. Tashabbus; 21. Korxonaga sadoqat; 22. Yozma standart; 23. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish. 24. Samaradorlik. Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funksiyalarini bajaruvchi turli xil bo‘lim, xizmat va bo‘linmalar tarkibi, o‘zaro munosabatlari va bir-biriga bo‘ysinishini tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi bilan aloqada va ko‘p jihatdan unga bog‘liq bo‘ladi. Korxona qanchalik katta, ishlab chiqarish va unda foydalanuvchi mehnat qurollari va texnologiyalar qanchalik murakkab bo‘lsa, boshqaruvning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, korxona boshqaruv apparatining funksiyalari shunchalik murakkablashadi. Boshqaruv elementlari va bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqalarning shakli, tuzilmaviy bo‘linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo‘ysinuvchanligiga ko‘ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud: chiziqli; funksional; aralash (chiziqli-funksional); matritsali. CHiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, unga ko‘ra boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo‘ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi. Bunday tuzilmada boshqaruv bo‘g‘inlari tizimi to‘laligicha ishlab chiqarish bo‘g‘inlari tizimi bilan mos tushadi. Har bir ishlab chiqarish jamoasi tepasida rahbar turadi va korxona xodimlari unga bevosita bo‘ysinadilar. Barcha boshqaruv funksiyalari rahbar qo‘lida mujassamlanadi. Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi hal qilinayotgan masalalar ko‘lami unchalik katta bo‘lmaganida samaraliroq bo‘ladi. SHu sababli bunday tuzilmadan asosan sex, ishlab chiqarish uchastkalari va kichik korxonalarni boshqarishda foydalaniladi. Bunday tuzilmaning quyidagi afzalliklari mavjud: boshqaruvning har bir bo‘g‘ini uchun rahbar tayinlashning nisbatan osonligi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va bajarishning tezkor (operativ) amalga oshirilishi boshqaruv funksiyalarini bajarishning nisbatan osonligi. Biroq boshqaruvning bu tizimida bir qancha kamchiliklar ham mavjud bo‘lib, ularning asosiylari gorizontal aloqalarning tarqoqligi, boshqaruvdagi haddan tashqari qattiqlik va ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi sharoitlaridagi cheklangan imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi. Boshqaruvning chiziqli tizimi quyidagi hollarda qo‘llanadi: xodimlar soni 300-500 kishini tashkil qiluvchi hamda predmetli va texnologik ixtisoslashuv darajasi yuqori korxonalarda (metallga ishlov berish, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish, yig‘ish, bir turdagi xizmat ko‘rsatish va hokazo); mahalliy sanoat korxonalarida (masalan, yog‘ochni qayta ishlash, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlash va hokazo). 3. Korxona taraqqiyotning hamma bosqichlarida iqtisodiyotning asosiy va birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Albatta konkret korxonani boshqarish fanlarining tuzilmasi, uni boshqarish shakli va uslublari uning masshtabi va ixtisosligiga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy qilib aytganda iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar bir-birovi bilan o‘xshashlik va farqlari mavjud. O‘xshashligi shundaki har qanday korxona mahsulot, tovar, xizmatlar ishlab chiqaradi, ma’lum faoliyatni amalga oshiradi. Aynan ana shunda uning bosh maqsadi va vazifasi o‘z ifodasini topadi. SHuning uchun ham ularni shakl va turlaridan qat’iy nazar, korxonalarni boshqarish asosida texnologik jarayonlarni boshqarish yotadi. Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha usullardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: tashkiliy-ma’muriy usullar; iqtisodiy usullar; ijtimoiy-ruhiy usullar; tarbiyaviy usullar; huquqiy usullar va h.k. Biron-bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalar ishlab chiqarishning turli omillaridan foydalanadi. Bularga ishchi kuchi, jihozlar, xom ashyo, materiallar, axborot, pul mablag‘lari kiradi. SHunga qarab korxonani boshqarish bir necha yo‘nalishlarga bo‘linadi. Bular quyidagilardan iborat: 1. Kadarlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularni madaniy-texnik darajasini oshirish, (personalni) kadrlarni boshqarish; 2. Korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatini texnik-iqtisodiy rejalashtirish; 3. Ishlab chiqarishni operativ boshqarish; 4. Korxonani texnik rivojlanishiini va ishlab chiqarishni texnik tayyorgarligi; 5. Mahsulotlar sifatini nazorat qilish; 6. Mehnatni tashkil qilish va ish haqi; 7. Ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minoti; 8. Tayyor mahsulotni sotishni tashkil qilish; 9. Moliya faoliyatini amalga oshirish; 10. Ishlab chiqarishga texnik va tashkiliy-xo‘jalik xizmatini tashkil qilish. Boshqaruv qarori - boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo‘g‘indir. Boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirish ko‘p jihatdan qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv qarori bir tomondan asosan korxonaning rahbarlari tomonidan amalga oshiriluvchi mantiqiy-fikriy faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, emotsional-psixologik xatti-harakatdir. U insonning boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarida to‘plagan tajribasi, bilimi va fikrlash doirasining chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi: kompetentlik va mas’uliyat bo‘yicha - yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari; mazmuni bo‘yicha - ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv qarorlari; xarakteri bo‘yicha - operativ-taqsimlovchi, xo‘jalik-raxbarlik va me’yoriy boshqaruv qarorlari; ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha - bir va ko‘p darajali boshqaruv qarorlari; ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha - ichki va tashqi; ta’sir ko‘rsatish miqyosi bo‘yicha - xususiy va umumiy (majmuaviy); ta’sir ko‘rsatish davri bo‘yicha - bir martalik va ko‘p martalik. Optimallik – tuzilma bo‘linmalari o‘rtasida eng kam boshqaruv bo‘g‘inlariga ega bo‘lgan holda o‘zaro aloqalarni ratsional tarzda o‘rnatishdir. SHu sababli ko‘p bo‘g‘inlilikni qisqartirish boshqaruv tizimini takomillashtirish oldiga qo‘yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi. Tezkorlik (operativlik) – barcha funksional bo‘linmalarning, zarur hollarda ishlab chiqarish bo‘linmalarining, boshqaruv qarorlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun o‘zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi. Ishonchlilik – axborotlarni o‘z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini bajaruvchilarga va bajarish joylariga o‘z vaqtida etkazishni ta’minlaydi. Ishonchlilik va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki hisoblanadi. Tejamkorlik – bu, asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishiga erishishdir. Zamonaviy texnika vositalari va yangi usullardan tashqari korxonalarni boshqarishda ishlab chiqarish jamoalarida zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Amaliyot ko‘rsatadiki, ijtimoiy-psixologik muhit boshqaruvning natijalari va amaliyligini yo‘qqa chiqarishi yoki aksincha kuchaytirishi mumkin. Download 29.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling