DU-61 blankalari avvaldan to‘ldirilib (poyezd raqamidan tashqari) stansiya (park, post) navbatchisi tomonidan imzo chekiladi.
Blankalar nusxa ko‘chirish qog‘ozi bilan ko‘paytirib to‘ldirilganda har bir nusxada ogohlantirish matni aniq-ravshan o‘qilishi lozim.
Jo‘natilayotgan poyezd raqami ogohlantirish blankasida mashinistga yoki uning yordamchisiga topshirilishi oldidan qo‘yiladi.
Poyezdni 2 ta lokomotiv tortganda ogohlantirish yetakchi lokomotiv mashinistiga topshiriladi, u esa 2-chi lokomotiv mashinistini ogohlantirish borligidan xabardor qiladi. Poyezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda ogohlantirish suruvchi mashinistiga ham topshiriladi.
Shahar atrofiga qatnovchi, vыvoznыe va peredatochnыe poyezdlarga, shuningdek, suruvchi lokomotivlarga ogohlantirishlar berish tartibi AJ mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Bunda ogohlantirishlarni har bir poyezdga emas, ma’lum (brigadalar almashuvi oralig‘ida) muddatga berilishi mumkin.
2 yo‘llik peregonlarda poyezd noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilganda stansiya navbatchisi DNS orqali ushbu yo‘lda ogohlantirish amal qilishini tekshirib, amal qilgan taqdirda uni jo‘natilayotgan poyezd mashinistiga topshirishi shart.
Forma DU-61
KOREShOK PREDUPREJDENIYa
Preduprejdeniye na poyezd № 2001 poluchil «_05_» 02__ 2009_g.
Mashinist (pomoщnik mashinista) _Aliyev K.____________
Liniya otreza
Stansiya __Navruz______________ (shtempel) F. DU-61
«05»_02__2009_g.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |