yozma ravishda; telegramma shaklida; telefonogramma shaklida.
Ko‘zda tutilgan ogohlantirishlar berishga buyurtma bayon etilgan telegrammalar (telefonogrammalar) shunday hisob-kitob bilan jo‘natilishi lozimki, ogohlantirish berish stansiyasining navbatchisi tomonidan ogohlantirish amalga kirishi paytidan kamida 3 soat oldin qabul qilinsin, poyezdlar to‘xtovsiz 3 soatdan ortiq harakatlanadigan yo‘nalishlarda esa – AJ raisi tomonidan belgilangan muddatdan oldin qabul qilinsin.
Ogohlantirishni o‘rnatish yoki bekor qilish uchun beriladigan har bir buyurtma alohida telegramma (telefonogramma) bilan rasmiylashtirilishi va ogohlantirish berish DSP ga faqat yozma ravishda yetkazilishi kerak.
Belgilangan manzillar bo‘yicha buyurtmalar, telegramma va telefonogrammalarni o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydigan, ogohlantirishlarni o‘rnatish yoki bekor qilish xaqidagi buyurtmalar, telegramma yoki telefonogrammalarni yuborish tartibi AJ raisi tomonidan belgilanadi.
Quyidagilar buyurtma ijroga qabul qilinganiga tasdiq bo‘ladi:
a) belgilangan manzillarga jo‘natish uchun telegramma qabul qilib olingani xaqida telegraf xodimi (telegraf bo‘lmagan joyda – DSP) imzo chekkan telegramma (telefonogramma) nusxasi yoki matnida uni belgilangan manzillarga yetkazishning qayd etilgan vaqti, ushbu telefonogrammani qabul qilgan xodimning lavozimi va familiyasi ko‘rsatiladi;
b) ogohlantirishlar berish stansiyasi navbatchisining yozma buyurtma olganligi to‘g‘risida yoki ushbu stansiya navbatchisining ogohlantirishlar kitobida buyurtma bergan xodimning yozuvi ostidagi imzosi.
Ogohlantirish berish uchun buyurtmalarda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
a) ogohlantirish amal qiladigan joyning aniq belgilari (peregon, kilometr, piket raqamlari va yo‘l nomeri);
b) poyezdlar harakatida ehtiyot choralari;
v) ogohlantirish amalga kiradigan vaqt va muddati.
Do'stlaringiz bilan baham: |