4 – Laboratoriya ishi Poyezdlarga ogohlantirishlar berish tartibi


Harakat xavfsizligiga tahdid qiluvchi kutilmagan h


Download 35.64 Kb.
bet3/5
Sana08.04.2023
Hajmi35.64 Kb.
#1342868
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-lobaratoriya

Harakat xavfsizligiga tahdid qiluvchi kutilmagan holatlar paydo bo‘lganda, ogohlantirish berishga buyurtma bevosita peregonni chegaralovchi stansiyalar (yoki shu stansiyalardan biri) navbatchilariga uzatiladi.


Ogohlantirish to‘g‘risidagi barcha buyurtma va telegrammalar (jumladan, poyezd dispetcherining buyrug‘i bilan uzatilganlari ham) stansiya (park) navbatchisi yoki operator tomonidai ogohlantirishlar kitobiga yozib qo‘yiladi va raqamlanadi.
Ogohlantirishlar kitobini yuritish va poyezdlarga ogohlantirishlarni berish tartibi stansiyaning TRA xujjatida belgilanadi.
Ogohlantirish o‘rnatilgai peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi buyurtma olingani xaqida poyezd dispetcheriga xabar qiladi.
Ogohlantirishlar har oyning birinchi kuni nol soatdan boshlab, oyma-oy birinchi raqamdan raqamlanadi.
Har oyning birinchi kunida amaldagi barcha ogohlantirishlar kitobga yangitdan yozib qo‘yiladi.
Kitobdagi barcha belgilar stansiya (park) navbatchisining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ogohlantirish beriladigan stansiyalarda ogohlantirishlarni qayd etish kitobi, odatda har bir tutash yo‘nalish uchun alohida yuritiladi.
Stansiya boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ogohlantirishlar kitobini muntazam tekshirib borishlari shart.


Ogohlantirishlar poyezdlar tuziladigan va poyezdlar texnikaviy ehtiyoj uchun to‘xtaydigan stansiyalarda beriladi. Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarga ogohlantirishlar ularni jo‘natiladigan boshlang‘ich stansiyalar tomonidan berilishi mumkin.
DU-61 blankasi lokomotiv (motorvagon poyezdi) mashinistiga yoki uning yordamchisiga quyidagi shaxslar tomonidan topshirilishi mumkin:


stansiya (post, park) navbatchisi;
DSP operatori;
stansiya texnologik markazining xodimlari;
strelkali post navbatchisi;
signalchi;
boshqa xodimlar tomonidan.


Ogohlantirishlar shaxsiy kompyuterlar va teletayp apparatlarida sariq polosasiz oq qog‘ozda bosib chiqarilishi mumkin. Bunda ularni jo‘nab ketayotgan poyezdlar lokomotiv mashinistlariga berish tartibi avvalgicha qoladi.



Download 35.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling