4 – lаbоrаtоriya ishi temir yo‘llar tuzilishi va elementlarini o‘rganish ishning maqsadi
Download 55.61 Kb.
|
4-Tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqchacha nazariy ma’lumot
4 – lаbоrаtоriya ishi TEMIR YO‘LLAR TUZILISHI VA ELEMENTLARINI O‘RGANISH 1.Ishning maqsadi Ushbu ishdan maqsad kon temir yo‘llari tuzilishini, izdan-izga o‘tkazuvchi qurilmaning asosiy elementlarini, temir yo‘l qurish va ishlatishda qo‘llaniladigan asboblarni o‘rganishdan iborat. Qisqchacha nazariy ma’lumot Temir yo‘l ostki qurilma (er osti yo‘llarining zamini suv oqimi uchun ariqcha) va ustki qurilma (ballast qatlami, shpal, rels va mustaHkamlovchi qismlardan tashkil topgan (1–rasm). Temir yo‘l poezdlarning tekis va avariyasiz Harakatini ta’minlash uchun, mustaHkam, pishiq va unda Harakat qiluvchi poezdlarni Hamda o‘z elementlarining ishlash muddatini uzaytirish uchun birmuncha elastik bo‘lishi kerak. Ballast shpal bilan ostki qurilma o‘rtasidagi elastik "yostiqcha" bo‘lib, Harakatdagi poezd g’ildiraklari zarbini yumshatishga, ostki qurilmaning notekisligini bartaraf etishga, shpaldan ostki qismga beriladigan bosimning bir tekis taqsimlanishini ta’minlashga, shpallar surilib ketmasligiga va er osti suvlarini temir yo‘ldan chetlatishga xizmat kiladi. SHag’al, tosh maydalari kabi qattiq tog’ jinslari ballast uchun material bo‘lishi mumkin. Tosh maydalari va maydalangan toshning o‘lchamlari 20 mm dan 40 mm gacha, shag’alning o‘lchamlari 3 mm dan 30 mm gacha qabo‘l qilinadi. Ballast qatlamiga shpalning 2/3 qismi ko‘milib turadi. SHpalning ostida ballast qatlamining qalinligi 10 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. SHpal, ikkala rels izlarini bog’lab, yuklamani (bosimni) shu izlardan ballast qatlamiga uzatishga, zaminga bo‘lgan nisbiy bosimni kamaytirishga va H.k. larga xizmat kiladi. SHpallar yog’och, metall va temir-betondan yasaladi, yog’ochli shpallar qarag’ay, kedr va tilog’och daraxtlaridan tayyorlanadi. Ko‘ndalang kesimga qarab shpallar brusok va yassi shaklda bo‘ladi. Ularning ishlash muddatlarini oshirish maqsadida maxsus moy (antiseptik) bilan shimdiriladi. Metall shpallar tez-tez ko‘chirib turiladigan temir yo‘llarda qo‘llaniladi. Temir-beton shpallar aloHida Hollarda juda nam, xo‘l, uzoq vaqt xizmat qiluvchi er osti yo‘llarida ko‘llaniladi. Relslar. Relslarning xili ularning bir metri massasiga qarab (kg/m) belgilanadi, poezdlarning og’irligi, tezligi va serqatnovligi qancha katta bo‘lsa, temir yo‘l uchun massasi shuncha katta bo‘lgan relslar qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi. Relslar shpalga metall yostiqcha planka orqali siqib turuvchi kostil (katta mix), shurup yoki boltlar orqali mustaHkamlanadi. YOg’och shpallar ezilib ketmasligi, unga bo‘lgan tayanch yuzani ko‘paytirish, ichki va tashqi kostillarni siljishga qarshi birgalikda ishlashi uchun shpal bilan rels orasiga metall podkladka (yostiqcha) qo‘yiladi. Podkladkalar yassi va ponasimon, ikki va uchta teshikli bo‘lishi mumkin. Relslarning uchlari nakladka va bolt yordamida birlashtiriladi (2-rasm). Relslarni ulashning "qattiq" (shpalda yoki tirgakda) va osma, egiluvchan (elastik) xillari mavjud. Vagonchalarning vazni uncha og’ir bo‘lmagan, kam Harakatli Hamda ikkinchi darajali yo‘llarda rels uchlari qattiq ulanadi, elastik ulash uslubi esa serHarakat va g’ildirakka katta yuk tushadigan Hollarda qo‘llaniladi. YUk tashishda, ikkita yaqinlashtirilgan shpallar oralig’ida joylashadigan elastik ulash xili yaxshi natija beradi. Download 55.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling