4 – Ma’ruza Mavzu: Ishqalanish kuchi ta’siridagi jismlarning muvozanati


Download 97.08 Kb.
bet2/4
Sana17.11.2023
Hajmi97.08 Kb.
#1782266
1   2   3   4
Bog'liq
4-MA\'RUZA

2- masala. Agar statik ishqalanish koeffitsienti f0 , gorizont bilan a burchak tashkil etgan bo‘lsa, shu qiya tekislik ustida joylashgan yuk, a -burchakning qaysi qiymatlarigacha muvozanatda bo‘lishi mumkinligi aniqlansin.
Echish. Avvalo muvozanat holatdagi qiyalikning a burchagini acheg chegaraviy qiymatlarini aniqlaymiz. Bu holatda (56- shakl) yukka: og‘irlik kuchi , normal reaktsiya va chegaraviy ishqalanish kuchi ta’sir etadi. Jismga qo‘yilgan kuchlardan kuch uchburchagini quramiz va u orqali chegaraviy ishqalanish kuchi Fcheg=Ntga ni aniqlaymiz. Lekin Fcheg=f×N ekanligidan foydalanib
tga= f (a)
-ni aniqlaymiz. Ushbu tenglamadagi ishqalanish koeffitsienti kichraytirilsa, acheg -ham kamayadi. Bundan quyidagi xulosani chiqaramiz: muvozanat holati faqat acheg tengsizlik bajarilguncha davom etadi. Bir so‘z bilan aytganda, muvozanatlikni saqlash uchun a burchagining qiymati
bundan a£arctg(f0) (b)
bo‘lar ekan.
(6.3) formula tgjo=f0 ga asosan, (b) formuladan acheg=f0 ekanligini aniqlaymiz, ya’ni, yukning muvozanat holatdagi eng katta qiyalik burchagi ishqalanish burchagiga teng bo‘lishi shart ekan.


57- shakl
3- masala. To‘g‘ri burchak ostida egilgan brus, o‘zining vertikal qismi bilan devorning A va B bo‘rtiqlariga tayangan holda muvozanat holatini saqlab turmoqda (57- a shakl), bo‘rtiq nuqtalar orasidagi masofa AB=h-ga teng. Brusning xususiy og‘irligini hisobga olmagan holda, uning gorizontal qismiga qo‘yilgan yuk ta’sirida, brusning eni d ning qanday qiymatlarida u muvozanat holatini saqlab tura olishi aniqlansin. Brus bilan bo‘rtiqlar orasidagi ishqalanish koeffitsienti f0 ga teng.
Echish: Yukning og‘irligini R bilan belgilaymiz, uning devorgacha bo‘lgan masofasini L –harfi bilan belgilaymiz. Brusning chegaraviy muvozanatidagi masofasi d=dcheg –ni aniqlaymiz. Brusga , -kuchlar ta’sir etmoqda, bu erda -chegaraviy ishqalanish kuchlari. (4.10) formulaga asosan va A markazga nisbatan olingan momentlardan iborat bo‘lgan tenglamalar sistemasini tuzamiz.
N- =0 F+ -R=0; Nh-Fdcheg-RL=0
bu erda F=f0N; =f0 ;
Birinchi va ikkinchi tenglamalar orqali N= , R=f0 larni aniqlaymiz. Bularni muvozanat tenglamalarning uchinchisiga keltirib qo‘ysak, h-f0dcheg-2f0L=0 bundan dcheg=h/f0-2L.
Oxirgi javobdagi f0 -ning qiymatini nolga tenglashtirib olsak, tenglikning o‘ng tomoni cheksizlikka teng bo‘ladi. Demak, muvozanat holat faqat d>dcheg bo‘lgandagina bo‘lar ekan xolos va dcheg-ning eng katta qiymatiga L=0 bo‘lganda erishilar ekan. Demak brus, tengsizlik bajarilganda (L>0) yukning ixtiyoriy holatida ham muvozanatda bo‘lar ekan. Qanchalik ishqalanish kuchi kichkina bo‘lsa, d -shuncha katta bo‘lishi kerak ekan. Ishqalanish kuchi yo‘q bo‘lsa (f0=0) muvozanat holati hech qachon mumkin bo‘lmas ekan, chunki d=¥ bo‘lishi lozim, bu esa aslo mumkin emas.
Masalaning geometrik echimini ham ko‘rib chiqaylik. Masalani bunday usulda echishda A va B nuqtalardagi normal reaktsiya va ishqalanish kuchlarini geometrik yig‘indisini, ya’ni , tegishli nuqtalarga qo‘yamiz, ular devorning normali bilan chegaraviy ishqalanish burchagi j0 - ga teng burchak ostida yo‘naladi (57- b shakl). U holda brusga faqat uchta , , kuchlar ta’sir etadi. Agar brus muvozanatda bo‘lsa, bu kuchlarning ta’sir chiziqlari bir nuqtada uchrashishlari shart, bu K nuqtadan iborat bo‘lib, u nuqtada va kuchlarning ta’sir chiziqlari uchrashadilar, demak, yukning og‘irlik kuchi ning ta’sir chizig‘i ham shu nuqtadan o‘tishi shart.
Bundan quyidagi (57- b shakl) tenglikni yozamiz,
h=(l+dcheg)tgj0+ltgj0
yoki (12.8) formulaga tgjo= f0 asosan
h=(2l+dcheg)f0
bo‘ladi. Natijada dcheg ning qiymati, yuqorida aniqlangan echim bilan bir xil bo‘ladi.
Ushbu masala o‘z o‘zidan tormozlanish hodisasiga misol bo‘lishi ko‘rinib turibdi.


58- shakl
80 shakl
80 shakl.
4- masala. AB narvonning og‘irligini hisobga olmagan holda, a burchakning qaysi qiymatlarida, uning ustidagi odam narvonning eng yuqori B nuqtasiga ko‘tarila olishligi aniqlansin (58-shakl). Narvonning devor va pol sirti orasidagi ishqalanish burchagi j0-ga teng.
Echish: Narvonning chegaraviy muvozanat holatini aniqlab chiqamiz, buning uchun masalani echishda geometrik usuldan foydalanamiz. Chegaraviy muvozanat holatda narvonga devor va polning reaktsiya kuchlari va lar va odamning og‘irlik kuchi - ta’sir etmoqda. A va B nuqtadagi reaktsiya kuchlarining ta’sir chiziqlari A va B nuqtalardagi normal bilan j0 burchak tashkil qilib yo‘naladi. Shu ikkala va vektorlarning ta’sir chiziqlari K nuqtada uchrashadi. Demak, narvon muvozanatda bo‘lishi uchun odamning og‘irlik kuchi ning ta’sir chizig‘i ham shu nuqtani kesib o‘tishi shart. Shu sababli odam narvonning shaklda ko‘rsatilgan D - nuqtasidan yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Odam narvonning eng yuqoridagi B nuqtasiga ko‘tarila olishligi uchun va vektorlarning ta’sir chiziqlari BO chiziqda uchrashishlari shart, bu esa kuchining ta’sir chizig‘i AB narvon bo‘ylab yo‘nalgandagina sodir bo‘ladi, yani burchak a0 bo‘lishi kerak.
Demak, odam narvonning eng baland nuqtasiga ko‘tarilishi uchun, a burchak ishqalanish burchagidan kichik bo‘lgan qiymatlardagina sodir bo‘lishi mumkin xolos ekan. Devor bilan narvon orasidagi ishqalanish kuchining ahamiyati yo‘q ekan, u hatto silliq bo‘lsa ham bo‘laveradi.
6.4 § Ipning tsilindrik sirt ustidagi ishqalanishiga "Ishqalanish: ipni tsilindr ustida:"
Tsilindrik valniing sirtiga tashlab qo‘yilgan ipning bir uchiga (59-shakl) kuch qo‘yilgan. Agar ip bilan tsilindrning sirti orasidagi ishqalanish koeffitsienti f0 bo‘lsa, markaziy burchak AOB ga teng bo‘lgan yoy sirtidagi ipni muvozanatda ushlab turishi uchun uning ikkinchi uchiga qo‘yilishi zarur bo‘lgan kuchning minimal qiymati aniqlansin.
Masalani echish uchun ipning uzunligi dl=R×dq bo‘lgan DE elementining muvozanat holatini ko‘rib chiqaylik, bu erda R - valning radiusi. Ipning D va E nuqtalaridagi tortilish kuchlarining farqi dT, ishqalanish kuchi dF=f0dN (dN -tsilindrik sirtning normal reaktsiyasi) hisobiga Q ning eng kichkina qiymatida ip muvozanatda bo‘ladi, Demak
dT=f0dN


59- shakl.
dN- ning qiymatini aniqlash uchun kuchlar sistemasini y - o‘qiga proektsiyalarini nolga tenglaymiz. Sinusning kichkina qiymatlarida u burchakka teng (ya’ni sindq=dq) ekanligini e’tiborga olib, hamda dT·dq=0 bo‘lganligi uchun quyidagin yozamiz,
dN=Tsin(dq/2)+(T+dT)sin(dq/2)=2dT/2=Tdq
bu qiymatni yuqoridagi tenglamaga qo‘ysak,
dT=f0Tdq
tenglamani ikkala tomonini T - ga bo‘lib yuborsak va q -ning o‘zgarishi 0 dan a gacha, T ning o‘zgarishi Q dan R gacha deb hisoblab, aniq integral olsak (q=0 bo‘lgandagi nuqtada tortilish kuchi Q, q=a bo‘lganda R bo‘ladi):

bundan
(6.4)
bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, izlanayotgan Q kuchning son qiymati faqat, ishqalanish koeffitsientiga va markaziy burchakning kattaligiga bog‘liq ekan xolos.
Agar ishqalanish yo‘q bo‘lsa (f0=0), Q=R bo‘ladi. Eng muhimi, shu narsa aniqlandiki, ishqalanish koeffitsienti saqlangan holda ipni valga o‘rab borib, ya’ni markaziy burchakning qiymatini orttira borib, Q kuchining istalagancha kichkina qiymatidagi muvozanat holatni ta’minlash mumkin ekan, bu haqda 1 jadvalga qarang.
1-Jadval. f0=0,5 bo‘lganda arqonni yog‘och ustunga o‘ralgandagi Q/R ning qiymatlari.

Aylanishlar soni

a



0,5 aylanish....
1 aylanish......…
1,5 aylanish.......
2 aylanish.......

p
2p
3p
4p

0,238
0,043
0,009
0,002
Masalan, (1 jadval), 1000 N li tortilish kuchini 2 N kuch bilan muvozanatlashtirish mumkin ekan, buning uchun arqonni yog‘och valning atrofida atigi ikki marta aylantirib o‘rab chiqish kifoya ekan.
(12.9) formula orqali, sirpanmay aylanma harakat qilayotgan tasmali uzatmalarning (etaklovchi) R va (etaklanuvchi) Q tomonlaridagi tortilish kuchlarni aniqlash mumkin. Masalan, markaziy burchak a=p bo‘lganda, qayishdan iborat bo‘lgan tasma cho‘yan shkivning sirtida aylanma xarakat qilsa f0=0,3 , Q/R ning qiymati


60- shakl.
l.
bo‘ladi.

Download 97.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling