4- ma’ruza: michT dastgohlarining koordinata tizimi


Rasm 18. Vertikal parmalash dastgohining koordinat tizimi


Download 371.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi371.04 Kb.
#1210819
1   2   3
Bog'liq
4- ma’ruza michT dastgohlarining koordinata tizimi

 
Rasm 18. Vertikal parmalash dastgohining koordinat tizimi 
 
3.Vertikal konsolli frezalash dastgohi (rasm 19). 
 
 
Rasm 19. Vertikal konsolli frezalash dastgohining koordinat tizimi 


4.Gorizontal yo’nish dastgohi (rasm 20). 
Rasm 20. Gorizontal yo’nishdastgohi: a) ishchi organlarningharakatlari; 
b)koordinat o’qlarining yo’nalishlari 
Parmalash va frezalash dastgohlarida aksariyat hollarda X va Y o’qlari bo’ylab 
detal harakat qilishi sababi bilan o’qlarning musbat yo’nalishi qarama qarshi bo’lib, 
“X
1
” va “Y
1
” harflari bilan belgilanadi. 
Yuqoridagi rasmlarda X,Y,Z harflari bilan asosiy o’qlar, U,V,W harflari bilan 
ikkilamchi o’qlar va P,Q,R harflari bilan uchinchi darajadagi o’qlar belgilangan. 
 
Boshqaruv dasturining tuzilishi 
 
Boshqaruv dasturi perfolentada kadrlar ketma-ketligi tusida yoziladi.
Dastur kadri bu muayyan tartibda joylashgan va o’ziga bitta ishchi operatsiya 
haqidagi ma’lumotni mujassamlagan so’zlar ketma-ketligi. Kadr ishchi organlarining 
ikki tayanch nuqtalari oralig’ida surilishi uchun kerakli geometrik va texnologik 
axborotlarni o’z ichiga oladi. Kadr bitta yoki ko’p so’zlardan tashkil etishi mumkin. 
Dastur so’zi - bu axborotni bo’linmas qismini ifodalidigan belgilar ketma-
ketligidir.So’z xarfli va raqamli qismlardan tashkil etiladi, masalan: M02 (M - adres 
nomi, 02 - funktsiyaning kodi); X+12345 (X – adres nomi, +12345 - surish uzunligi). 
Dastur tuzilishini bildiradigan sxema rasm 23 ko’rsatilgan. 


Rasm 23. Raqamli dasturning tuzilish sxemasi 
 
Kadrni yozilishiga misol: N001 G01 X+002000 Y- 020000 LF. Ushbu kadr 
beshta so’zlardan tashkil topib, ularning ma’nosi quyidagilarni bildiradi:

Birinchi so’z: N001 - kadrning nomeri 

Ikkinchi so’z: G01- chiziqli interpolyatsiya 

Uchinchi so’z: ishchi organni X o’qi bo’yicha +002000 masofaga surilishi 

To’rtinchi so’z: ishchi organniY o’qi bo’yicha -020000 masofaga surilishi 

Beshinchi so’z: LF - kadrning oxiri 
Ushbu kadrni ISO-7bit standartida perfolentada yozilishi
24-rasmda berilgan. 
Rasm 24. Kadr yozlishini namunasi 


Yuqoridagi xalqaro standarti tavsiyalariga ko’ra kadrda so’zlar quyidagi tartibda 
yozilishi lozim: 
1. Kadr nomeri ( N -so’zlar) 
2. Tayyorlov funktsiyalari (G - so’zlar) raqamli dastur bilan boshqarish rejimlari, 
masalan, tez harakat qilish, chiziqli interpolyatsiya, rezba ochish va boshqalar
jami 100 yaqin funktsiyalar 
3. Koordinatalar yoki o’lchamli surishlar (X,Y,Z,U,V,W,P,Q,R,A,B,C,I,J,K,D,E) 
4. Surish tezligi (F- so’zlar) 
5. Kesish yoki bosh harakat tezligi (S - so’zi) 
6. Asbobni tanlash funktsiyasi (T - so’zlar) 
7. Yordamchi funktsiyalar (M - so’zlar) 
Kodlashda adreslardan tashqari xizmat belgilari qo’llanishi mumkin.Masalan, “:” 
-axborotni tiklash belgisi; “+,- “ - harakat yo’nalishi belgisi; “%” - dastur boshlanishi 
va boshqalar. 
Tuzilishiga qarab kadrlar doimiy uzunlikda, o’zgaruvchan uzunlikda va adresli 
bo’lishi mumkin. 

Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling