4 – Ma’ruza: Molekulyar biofizika


B) Gemoglobin strukturasida sodir bo’ladigan konformasion o’zgarishlar


Download 51.5 Kb.
bet4/4
Sana23.01.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1113688
1   2   3   4
B) Gemoglobin strukturasida sodir bo’ladigan konformasion o’zgarishlar.
Gemoglobin tarkibidagi subbirliklar 12, 3 va 4 uchlamchi strukturaga ega bo’lib, -subbirliklar har biri 141, -subbirliklar esa har biri 146 aminokislota qoldig`i ularidan tashkil topgan polipeptid zanjirlaridan iborat. Ular, o’zaro tuz ko’priklari (ion bog’lari) vositasida bog’lanib (ular oltita), tetramerni shakllantiradi. Subbirliklarning har birida bittadan gem guruhi bo’lib, u to’rtta pirol halqadan iborat tekis strukturaga ega. Gem markazida, pirol halqalar azot atomlari bilan to’rt tomondan koordinasion bog’langan, ikki valentni temir ioni joylashgan. Temir ionining 5-koordinasion bog’i, gem halqaga tik yo’nalgan aminokislo­ta (-subbirlikda gistidin qoldig’i) orqali polipeptid zanjiriga (globinga) ulanadi. Dezoksigemoglobinda 6- koordinasion bog’ bo’sh bo’lib, kislorod mavjud sharoitda bu bog’, bir molekula 02 birikti­rish orqali band etiladi va oksigemoglobin (Hb02) hosil bo’ladi. Shu munosabat bilan Fe2+ion radiusi kamayib, gem tekisligiga tusha­di. O’z navbatida bunday siljish temir ioniga bog’langan gistidin qoldig’i orqali butun zanjirning siljishiga, demak, uchlamchi struk­turaning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Buning natijasida subbirlikning boshqa subbirlik, Masalan, 1 bilan 2 o’rtasidagi tuz ko’prikning uzilib, 2 ning kislorod biriktirishi osonlashadi. 2ning 02 biri­kishi esa 2 bilan 1 o’rtasidagi tuz ko’prikgini uzib, uning 02 birikishini osonlashtiradi va h.k.
Shunday qilib, gemoglobinning oksigenasiyalanishi munosabati bilan subbirliklararo Ta’sirlashishlarning o’zgarishi, gemoglobinning 02 biriktirishi paytidagi kooperativlik xossasiga asos bo’ladi. Mazkur hodisa, M.V.Vonkenshteyn tomonidan ilgari suringan, elektrol ­konformasion Ta’sirlashishlar (makromolekulada yuz bergan elektrol jarayonlar uning konformasion qayta qurilishlarga olib keladi, deb ta’kidnovchi) konsepsiyaning dalili bo’lib xizmat qiladi.


Sinov savollari.

  1. Biomakromolekulalar tuzilishi konformasion asoslari, tarkibi­ning o’ziga xosnigi.

  2. Makromolekulaning shakllanishida ishtirok etuvchi bog’lar, ta’sirlashuvchi kuchlar, ularning tafsifi.

  3. Makromolekulaning ligandni kompleksi, assimnyasiya konstantasi.

Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling