Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar:
savol-javob kechalari;
uchrashuvlar;
o‘tkir zehnlilar mushoirasi;
so‘zlar olamiga sayohat;
ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish;
Olimpiadalar;
Konferensiyalar;
albom va devoriy gazeta chiqarish.
Ona tili o‘quv xonasini (kabinetini) jihozlash. Ona tili o‘quv xonasi shu fan o‘qiyuvchisiga sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli olib borilishida hamda past o‘zlashtiruvchi va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan unumli ishlashida yaqindan yordam beradi. Ona tili o‘quv xonasi, birinchi navbatda, o‘qituvchilar uchun ham, o‘quvchilar uchun ham ish joyidir. Ona tili o‘quv xonasiga qo‘yilgan materiallar esa o‘qituvchining ham, o‘quvchining ham kundalik ishida zarur bo‘ladigan, foydalanib turadigan, harakatdagi materiallar bo‘lishi kerak.
Ona tili o‘quv xonasining ishi rejali olib boriladi. Ona tili o‘quv xonasi mudiri maktabdagi til va adabiyot o‘qituvchilari bilan doimo aloqada bo‘ladi. O‘quvchilar orasidan faollarini tanlab, xonani jihozlashda ular ko‘magidan foydalanadi.
Ona tili o‘quv xonasining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ona tili fanining o‘qitilishini yaxshilashda til o‘qituvchilariga yordam berish;
Ilg‘or ta’lim muassasasi va o‘qituvchilarning tajribalrini o‘rganib, shunga doir materiallarni to‘plash, ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining metodik birlashmasiga ko‘maklashish;
Ona tili va uni o‘qitishga doir yangi chiqqan ilmiy-metodik adabiyotlar, darsliklar, qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallarga ega bo‘lish;
Eng yaxshi yozilgan yozma ishlardan namunalar to‘plash;
Ish qog‘ozlariga doir namunalar qo‘yish;
O‘zlashtirmovchi va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchiga ko‘maklashish;
Ona tiliga doir o‘quvchilar konferensiyasi, munozarasi, kechasi va suhbatlarni uyushtirish;
Sinfdan tashqari ishlarni rejali olib borishga yordam berish;
Texnika vositalaridan foydalanib, o‘quvchilar nutqini o‘stirish va ularni adabiy tilde talaffuz etishga odatlantirishga hissa qo‘shish;
O‘quvchilarning grammatik, orfografik va punktuatsion qoidalarga doir jadvallar, chizmalar tayyorlashga jalb etish;
O‘quvchilarni jamoa bo‘lib yoki individual dars tayyorlashini tashkil etish va hakozo.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |