4- mavzu: Avtomobil yo‘llarining holatini va transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini baholash


Download 60.96 Kb.
bet3/3
Sana06.05.2023
Hajmi60.96 Kb.
#1434452
1   2   3
Bog'liq
4-ma\'ruza

Hisobiy tezlik - yakka avtomobillarning (xavfsizlik va ustuvorlik sharti bo‘yicha) ob-havoning muqim sharoitida, avtomobil shinasining Yo‘l qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish holatida, Yo‘lning eng noqulay ruxsat etilgan elementlariga ega byo‘laklarida mumkin byo‘lgan eng katta tezlikdagi harakatiga aytiladi. Bu tezlik bo‘yicha Yo‘lning rejadagi, bo‘ylanma va ko‘ndalang kesimdagi barcha geometrik elementlari loyihalanadi. Hisobiy tezlik Avtomobil yo‘llarining darajasiga qarab ShNQ2.05.02-07 ko‘rsatmalariga asosan belgilanadi.
Respublika hududini Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tumanlashtirish jadvali
1‑jadval

Yo‘l-iqlim mintaqasi

Taxminiy geografik chegaralar

I

Termez, Sherobad, Denov, G‘uzor, Jonkeldi, Qorakyo‘l, Samarqand, Qarshi

II

Moshiquduq, Muborak, Nurota, Navoiy, Buxoro, Payshanba, Do‘stlik, Oqbaytal, Qo‘shrabot

III

Shaxrisabz, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Yangier, Qo‘qon, Farg‘ona, G‘allarol, Bekobod, Toshkent, Olmaliq, Jizzax, Pop

IV

Mo‘ynoq, Qoraqalpog‘iston, Nukus, Chimboy, Urgench, Xiva

Tog‘li xududlar qo‘shimcha o‘rganiladi.

Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi Vmax uning dvigateli quvvatiga bog‘liq. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, Vmaxtezlik bilan haydovchilar faqat ayrim hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi Yo‘l sharoitlarida transport vositalarining tezligi 0,7-0,85 Vmaxni tashkil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka holda gorizontal to‘g‘ri Yo‘l byo‘laklarida kuzatiladi.


Amalda Yo‘l sharoiti ko‘tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko‘rinish masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashkil topadi, shuningdek, harakat miqdori va tarkibi har xil byo‘lishi oniy tezlikning qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi. Real Yo‘l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 150-120 km/soatdan 40-30 km/soatgacha o‘zgarishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida 4 ta iqlim-mintaqa zonalarga byo‘linib, 9 ta tuman iqlim sharoiti mavjud (1-jadval).
Jadaldagi IVt tuman – bu tog‘li tumanlar byo‘lib, Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tumanlashtirish uchun qo‘shimcha kuzatuvlar olib borish zarur.
Tumanlashtirish asosida Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tumanlar koeffitsientlari ishlab chiqilgan (2‑jadval). Avtomobil Yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlashga sarf‑xarajatlarni aniqlashda Yo‘llardan foydalanish hududiy sharoitlarini hisobga olish zarurdir. Buning uchun me’yoriy sarf‑xarajatlarni Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tuman koeffitsientiga ko‘paytiramiz. Quyida avtomobil Yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlashga haqiqiy talab qilinadigan sarf‑xarajatlarni aniqlash uchun formula (4) keltirilgan:
S1 km = Set Ktum (4)

bunda S1 km‑1 kmavtomobil Yo‘lini joriy ta’mirlash va saqlashga haqiqiy talab qilinadigan sarf‑xarajatlar, so‘m; Set - Yo‘llardan foydalanish etalon sharoitida 1 kmavtomobil Yo‘lini joriy ta’mirlash va saqlashga sarf‑xarajatlar, so‘m; Ktum ‑Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tuman koeffitsientlari (2‑jadval).


Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tuman koeffitsientlari
2‑jadval

Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha mintaqalar

I

II

III

IV

Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tumanlar

Ia

Ib

IIa

IIb

IIIa

IIIb

IVa

IVb

IVt

1,0-1,2

1,21-1,35

1,36-1,44

1,45-1,49

1,5-1,73

1,74-1,87

1,88-2,1

2,11-2,12

2,5* *

* * ‑ tog‘li tumanlar uchun shartli qabul qilingan.
Mavjud foydalanuvdagi avtomobil Yo‘llarning holatini va transport-ekspluatatsion sifatini baholash uchun quyidagi jixoz va asboblardan foydalaniladi:
-ravonlikni aniqlash uchun: turli modifikatsiyadagi zarbayo‘lchagichlar (TED-2, TXK-2, PKRS-2 vaboshqalar), uch metrli reyka ponasi va niveleri bilan;
-mustahkamlikni aniqlash uchun: egilishni yo‘lchaydigan turli modifikatsiyadagi asboblar (MADI-SNIL, KP-204 va boshqalar), dinamik yuklama beradigan turli qurilmalar (UDN, DINA va boshqalar);
-ilashish koeffitsientini aniqlash uchun: PPK-2 (MADI-VNIIBD da ishlab chiqilgan asbob), PKRS-2, PKRS-KP-, “qum dog‘i” va boshqalar;
- Yo‘lning qatnov qismida izlarni aniqlash uchun (ko‘ndalang ravonlik) uch metrli reyka va nivelir;
-avtomobillar tezligini aniqlash uchun: sekundomer va boshqa asboblar, analitik formulalar.
Yo‘l to‘shamasining ravonligini zarbayo‘lchagich bilan aniqlash, avtomobilning Yo‘l to‘shamasi notekisliklari sababli tebranishlari amplitudasini aniqlashga asoslanadi.Avtomobilning bir kilometr Yo‘l davomida tebranishlari amplitudalari qo‘shib chiqiladi(sm/km).
Yo‘l to‘shamasining ravonligi uch metrli reyka yoki nivelir bilan ham aniqlash mumkin.Biroq bu usul bilan bo‘ylama ravonlikni aniqlash ancha qiyin va sekin kechadi.
Yo‘l to‘shamasining mustahkamligini ikki usul bilan aniqlash mumkin: statik va dinamik.
Birinchisida egilishni yo‘lchaydigan asbob o‘rnatilgan hisobiy avtomobil, ikkinchisida-dinamik yuklama beruvchi qurilma zarur.
Sinovlarda Yo‘l to‘shamasining mustahkamligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri, to‘shamaning yuklama ostida elastik egilishi hisoblanadi.Uning qiymati asosida mustahkamlik, ya’ni elatiklik moduli (MPa) hisoblab topiladi.
Avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsienti ham ikki usulda aniqlanadi: statik va dinamik.
Birinchisida PPK-2 (MADI-VNIIBDda ishlab chiqilgan mitti asbob) va “qum dog‘i” (ma’lum hajmdagi qum yo‘lchabsolingan stakanli qurilma, Soyuzdorni ishlanmasi), ikkinchisida-PKRS-2, PKRS+KP-511 va b. asboblar qyo‘llaniladi.


Nazorat savollari:
1.Avtomobil Yo‘lining texnik va foydalanuv ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi.
2.Yo‘lning transport-foydalanish ko‘rsatkichlariga qanday ko‘rsatkichlar kiradi.
3. Yo‘lning transport-foydalanish ko‘satkichlari qanday talablarnini bajarish kerak.
4. Harakat tezligiga qanday ko‘rsatkichlar ta’sir qiladi.
5.Yo‘lning o‘tkazuvchanligi va yuklanganligi deb nimaga aytiladi.
6.Hisobiy tezlik deb nimaga aytiladi.
7.O‘zbekiston hududidagi harakat sharoiti bo‘yicha tumanlashtirish.
8.Transport-foydalanish ko‘rsatkichlarini baholash uchun qanday jixozlar va asbob-uskunalar qyo‘llaniladi.
Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling