Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi asoslari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 90.21 Kb.
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi90.21 Kb.
#1206192
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza


AVTOMOBIL YO‘LLARINI QURISH
TEXNOLOGIYASI ASOSLARI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR


  1. Avtomobil yo‘llari qurilishining xususiyatlari

Avtomobil yo‘llari qurilishi murakkab jarayon bo‘lib aniq ehtimoliy xarakterga ega. Qurilish ishlarining hisobiy muddati va haqiqiy davomiyligi o‘zaro keskin farq qiladi, shuningdek, material-texnik va mehnat resurslarining hiso- biy va amaliy talablari ham farq qiladi.
Avtomobil yo‘llarini qurish xususiyatlari quyidagi- lardan iborat:

  • birinchidan, avtomobil yo‘llari qurilishining o‘ziga xosligi, ya’ni chiziqli va jamlangan, maydon qurilishidagi ishlarni birlashtirish va boshqalar. Bu ishlarning har biri uchun alohida ishlash usullari va tamoyillarini qo‘llash mumkin;

  • ikkinchidan, uzoq muddatli iqlim prognozida, ayniqsa, bahor va kuz fasllarida katta chetlanishlar sababli ishni bajarish usullarini aniq belgilab bo‘lmasligi;

  • uchinchidan, chiziqli er ishlarining hajmi trassa bo‘ylab uzaro yonma-yon joylashgan yo‘l uchastkalarida turli xil texno- logiya va ishlarni tashkil qilishni taqozo qiladi;

  • to‘rtinchidan, qidiruv davrida yomon bajarilgan geolo- gik, gidrologik va boshqa tekshirishlar qurilishda avariya va talofotga olib keladi, bu holat ba’zida ishni tashkil etish loyihasi (ITEL) va ishlab chiqarish loyihasini (ICHL) keskin o‘zgartirish va o‘z navbatida, hisobiy muddatga tuzatishlar kiritishini taqozo kiladi.

SHuni ham ta’kidlash kerakki, erosti va er usti kommuni- katsiya va boshqalarni yo‘l mintaqasidan chetga chiqarish ishla-
rini bajaruvchi subpodryad (bosh ijarachi) va turdosh tashki- lotlarning bajaradigan ishlari muddatini belgilashda bir qancha muammolar mavjud.
Ishlab chiqarishda mehnat jarayoni davomiyligining o‘zga- rishi mehnat sarfi va material-texnik resurslar, mehnat si- g‘imi mikdorining o‘zgarishini keltirib chiqaradi.
Qurilish jarayonidagi har qanday oldindan hisoblangan ko‘rsatkichlardan chetlanish vaqt o‘tishi bilan ortib boradi va bu qurilish ishlarini tugatilish bosqichiga ishni tashkil qilish, qurilish jarayoni texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiri- tishga olib kelishi mumkin.
Masalan, avtomobil yo‘llarining yo‘l poyini qurish mud- dati etakchi mashinaning ish unumdorligi asosida belgila- nadi. Amalda esa mashinaning ish unumdorligi ko‘tarmaning balandligi yoki o‘ymaning chuqurligiga binoan o‘zgaradi. Ishni bajarish muddati mashinaning ish unumdorligiga asosan egri chiziqli bog‘lanish bo‘yicha o‘zgaradi.
Avtomobil yo‘llari qurilishida tashkiliy va texnologik echimlarini optimallapggirishda tizimli analizdan foyda- lanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda optimallikning asosiy mezoni samaradorlikdir. Mahalliy mezon shunday tanlanishi kerakki, unda mahalliy optimum butun tizim ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat kilishi kerak.
Avtomobil yo‘llari kurilishida asosiy ishlar bir- biridan farq qilishiga qaramay (er ishlari, suv utkazish inshootlari, yo‘l to‘shamasi qurish va boshqalar) ularni echish quyidagi bosqichlarda olib boriladi:

  1. Boshlang‘ich ma’lumotlarni shakllantirish.

  2. Tabiiy omillar ta’sirining hisobi.

3 . Vaqtdan foydalanish tartibi.

  1. Ishlash hajmi, resurslarga talab.

  2. Ishlab chiqarish imkoniyati va ish muddati.

  3. Ishni tashkil qilish.

  4. Ishlab chiqarish bazasi.

  5. Transport ta’minoti.

  6. Ishlab chiqarish zaxirasi, ularni sozlash imkoni.

  7. Mahsulotning sifat nazorati.

11 Tashkiliy-boshqaruv echimlarini asoslash.
Xususiy masalani echishning bunday bochqichlari axborot- ni ketma-ket boyitish va murakkablaiggirish, yangi ko‘rsatkich- lar va natijalarni inobatga olib, texnologik va boshqaruv echimlarini qabul qilish imkonini beradi.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni mavjud bilim bosqichi buyicha birlamchi, deb qaraladi va uning asosida masalani echish boshlanadi. Bu bosqichda quyidagilar kullanilishi mumkin:
a) turli me’yoriy hujjatlar;
b) qurilish bo‘yicha tajribalarni umumlashtirish;
v) analog ob’ektlar bo‘yicha bajarilgan ishlar.
Bu tizim mazmuni yo‘naltirilgan maqsad bo‘yicha har xil variantlarni turli sathda - injenerlik echimidan tortib, to ishlab chiqarish jarayonigacha hisoblash, imitatsiyalash, model- lash orqali kerakli asoslangan texnologik yoki tashkiliy echimlarni olishdan iborat. Buning asosida modeldagi asosiy bog‘lanish, aloqalarni bilish va ularni sozlash imkoniyati yaratiladi.


  1. Download 90.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling