Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi asoslari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 90.21 Kb.
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi90.21 Kb.
#1206192
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza

Mehnat resurslari
Qurilish mahsulotini tayyorlash har xil kasbdagi ishchi- larni, ishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun yuqori mala- kali mutaxassislarni jalb etish talab etiladi. Ularni max- sus o‘quv yurtlari, kurslarda ishlab chiqarishdan uzilmagan va uzilgan holda o‘qitiladi.
Bir kasb ishchilari nazariy va amaliy bilim va tajriba- siga binoan har xil malakaga ega bo‘ladilar. SHuning uchun o‘qishni tugatish vaqgida ishchilarga ularning kasbi, mutaxas- sisligi va razryadini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Kasb bilan mutaxassislikning farqi bor. Kasb bu keng ma’noli tushuncha. Masalan, yo‘l ishchisi kasbiga ega, uning mutaxassis- ligi (tor mazmundagi ma’nosi) - asfaltbeton yotqizuvchi, betonchi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Yo‘l ishchilari odatda 2-5 kishilik zveno yoki brigada bo‘- lib ishlaydilar. YUqori malakali ishchilar esa murakkab ishni bajaradilar. Hozirgi kunda ixtisoslashgan va kompleks brigadalar keng tarqalgan. Ixtisoslashgan brigada bir kasb ishchilaridan tashkil topib bir turdagi ishni bajaradilar, masalan, betonchilar, armaturachilar brigadasi va boshqalar.
Kompleks brigada turli kasb va mutaxassislikka ega bo‘lgan ishchilardan tashkil topadi va ularning tarkibi ishning xarakteri va tashkil etilishiga qarab belgilanadi hamda qurilish mahsulotini sifatli o‘z vaqtida bajarili- shini ta’minlaydi.

  1. Texnologik jarayon sifati

Yo‘l qurilish mahsuloti sifatining asosiy omillaridan biri bo‘lib, inshootlarning qurilish bahosi, ularning ishonch- liligi va barqarorligi hisoblanadi.

Sifat atamasi bir qancha izohlarga ega. Texnologik jarayon mahsulotiga nisbatan «sifat» atamasi, degan mahsu- lotni iste’molchi talabiga mos kelishi tushuniladi.
«Sifat» bu - tizimli tushuncha va har qanday tizimning ajralmas bir elementidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat sifati har qanday korxona samarador- ligining asosiy ko‘rsatkichidir. Yuqori sifat darajasiga sifat tizimini yaratish va uni tatbiq qilish bilan erishish mumkin.
Uzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsu- lot va ko‘rsatilayotgan xizmatlar xalqaro talablarga moslash- moqda. Bular ichida asosiy vazifa sifat tizimini ISO-9000 seriyasi standartiga moslashtirishdir.
ISO-9000 seriya standarti talabi bo‘yicha sifat tizimi- ning asosiy maqsadi - bu istemolchi talabi bo‘yicha mahsulot va xizmat sifatini ta’minlash va unga shu sifatni ta’minlash bo‘yicha korxona kafilligini taqdim etishdir. SHunday kafil- likni sertifikat beradi, uni faqat korxonada sifat tizimi mavjud bo‘lgan va qabul qilingan sifat darajasi bo‘yicha mahsulot chiqaruvchi korxonalarga vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladi. Sifat tizimi sertifikatiga ega bo‘lish korxonaning raqobatdoshligini ko‘rsatadi.

  1. Texnologik jarayonlarning ishonchliligi

Ishonchlilik, deb tizimning o‘rnatilgan sharoitda o‘zini asosiy ko‘rsatkichlarini saqlagan holda berilgan funksiya- larini bajarishdagi majmuaviy xususiyatiga aytiladi.
Qurilishda ishlab chiqarish - bu ehtimoliy tizimdir. Barcha tizimlar kabi u ham ma’lum darajadagi ishonchlilik bilan xarakterlanadi. Uning ishlashi texnik vositalar, mate- rial elementlari va mehnat resurslariga bogliq va u doim tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi.
Qurilish jarayoni ishonchliligining miqdoriy ko‘rsatkich- larini aniqlash uchun avval uning har bir elementi, so‘ngra ularni birgalikda ishlashdagi ishonchliligi hisoblab chiqi- ladi.
Qurilish jarayonida ishonchlilikni rad etish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: texnik vositalarning buzili- shi, suv, elektr ta’minoti va boshqalarning izdan chiqishi, texnik vositalardan foydalanishdagi me’yorlarga amal qil- maslik, tabiiy sharoit tufayli ishlarning to‘xtatilishi, ke- rakli malakali kasbdagi ishchilarning etishmasligi va boshqalar.
Jarayon elementlarining ishonchliligini baholashda, ularni ishonchlilikni rad etish sabablari va uni tiklash uchun sarf etilgan vaqg haqida axborot yigiladi.
Yig‘ilgan axborotlar asosida qurilish jarayonining ishonchliligi baholovchi miqdoriy ko‘rsatkichni xususiy va majmuaviy ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi. Element- larning miqdoriy ishonchliligi aniqlangandan so‘ng butun yo‘l qurilish jarayoni uchun ishonchlilik aniqlanadi.

  1. Texnologik loyihalash

Texnologik loyihalash ikki turda bo‘lishi mumkin:

  • ma’lum qurilish sharoiti uchun amaldagi me’riy hujjatlar va namunaviy texnologik sxemaga asoslanib ishlab chiqarish loyihasini (ICHL1 yaratish;

  • qurilish jarayonini tubdan takomillaigtirish va o‘zgar- tirish asosida yangi texnologiya va texnologik operatsiyalarni yaratish. Odatda, bunday texnologik loyihalash ishlarini il- miy tekshirish va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari baja- radilar. Texnologik karta - qurilish ishlarida tez-tez tak- rorlanib turuvchi ishlab chiqarish texnologiyasini ratsional bajarilishini belgilovchi hujjatdir.

Texnologik loyihalashning maqsadi barcha zaxiradan minimal foydalanib, belgilangan muddatda, sifatli qurilish mahsulotini yaratish uchun texnologik va tashkiliy sharoit- larni ishlab chiqishdan iborat.
Texnologik karta ishlab chiqarish loyihasining asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib, qurilish jarayonlari uchun ishlab chi- qariladi. Uning natijasida tugallangan yo‘l poyi, yo‘l to‘sha- masining konstruktiv qatlamlari va boshqalarni yaratish sxemasi keltiriladi.
Texnologik kartada:

  • ob’ektni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar va qurilish ja- rayonini bajarish uchun zaruriy va etarli ish fronti, yo‘l qu- rilish materiallari konstruksiyalarining tayyorlik holati bo‘yicha talablar;

  • avtomobil yo‘li konstruktiv elementlarining eskizi, qurilish maydoni va ish zonasini tashkil qilish buyicha qu- rilish mashinalari, yuklash, tushirish qurilmalari, material va mahsulotlarning asosiy omborxonasi, yaqinlashish yo‘llari, energiya va suv ta’minoti ko‘rsatilgan sxemalari;

  • ish zonasi va qurilish maydonidagi konstruksiya, yo‘l qurilish materialining zaxirasi bo‘yicha ko‘rsatmalar;

  • ishlab chiqarish ketma-ketligi va usullari, binoni ish uchastkalariga, qamrovlarga va yaruslarga rejalash, material- larni tashish usuli, ishlatiladigan havoza, montaj moslama- larining turlari;

  • quruvchilar tarkibi, ularning kasbiy va malakaviy darajasi;

  • ishni bajarish grafigi va mehnat sarfi kalkulyasiyasi keltiriladi.

SHuningdek, texnologik kartada:

  • mehnat jarayonlarini texnologik kartaga bog‘lash bo‘yicha ayrim ishchi jarayon va operatsiyalarni bajarishda ishchilar- ning ish bajarish usullarining ratsional tashkili;

  • ish sifatini baholash va nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsat- malarda sifat nazoratining operatsion sxemalari, uning ro‘y- xati, tarkibi, muddati va usullari hamda ularga standartlar talabi va ruxsat etilgan chetlanishlar keltiriladi, yopik ishlar tarkibi va qurilish jarayonida ularga tuzilgan guvoh- lik aktlari ro‘yxati;xavfsizlik texnikasi, yong‘in va portlash xavfsizligi bo‘yicha maxsus hisoblangan va asoslangan ishlanma qarori ko‘rsatiladi.

Namunaviy texnologik kartani ob’ektning sharoitiga va loyihadagi echimlarga bog‘lash uchun ish hajmi, mexanizatsiya vositalari, mehnat va material texnik resurslarga talablar hamda qurilish jarayonini tashkil etish aniqlanadi.
Mehnat jarayoni kartasini tatbiq etishdan maqsad qurilishga yuqori samarador usullar va mehnatni ratsional tashkil etish shakllarini joriy etishdir.
Mehnat jarayoni kartasi quyidagi bo‘limlardan iborat:

  1. Kartani qo‘llash sohasi va samaradorligi.

  2. Tayyorgarlik ishlari va jarayonni bajarish shartlari.

  3. Ijrochilar, predmetlar va mehnat qurollari.

  4. Texnologiya jarayoni va mehnatni tashkil etish.

  1. Texnik meyorlash

Texnik me’yorlash - bu ishlab chiqarish zaxiralari sarfi- ni izlanishdagi ilmiy tizimdir. Uning asosida mehnat sarfi me’yorlari, mashinalarning ish unumdorligi, materiallar sar- fining birlik mahsulot yaratishdagi miqdorlari aniqlanadi. Unda mehnatni texnik me’yorlash va materiallar sarfini texnik me’yorlash ajratilgan.
Kurilishda mehnatni texnik me’yorlash mohiyati vaqg sarfini quyidagi maqsadlarda o‘rganishdan iborat:

  • ishlab chiqarish me’yorlarini loyihalash va yaratish;

  • qurilish mashinalarini va ishchi vaqgdan unumli foydalanish uchun tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq qilish;

  • qurilish ishlarini bajarishda ishni tashkil qilish usullarini yaxshilash.

Vaqt me’yori Mv - bu mehnatni to‘g‘ri tashkil etilgan sha- roitdagi malakali mutaxassis ishchi tomonidan sifatli bir- lik mahsulotni yaratish uchun sarf etilgan vaqg miqdoridir.
Qurilishda mehnatni texnik me’yorlash bo‘yicha vaqt sarfining odam-soat birligidagi o‘lchovi qabul qilingan.
12
Mehnat sigimi, deb ishchilar sonini ular ishlagan vaqt ko‘- paytmasiga aytiladi. SHunday qilib, odam-soat - bu mehnat si- g‘imi birligidir.
Mehnat sig‘imi T quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

bu erda t - ishni bajarish uchun sarf etilgan vaqt, s;

Download 90.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling