Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi asoslari haqida umumiy ma’lumotlar


Texnologiya va uning qurilishdagi axamiyati


Download 90.21 Kb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi90.21 Kb.
#1206192
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza

Texnologiya va uning qurilishdagi axamiyati

Texnologiya - bu mashina va mexanizmlar yordamida ishlab chiqarish jarayonida mahsulotni tayyorlash, ishlov berish, xusu- siyatini o‘zgartirish bilan bogliq bo‘lgan usullar yig‘indi- sidir.
Texnologik ishlab chikarish jarayonlari ma’lum ketma- ketlikka ega. Texnologik jarayonlarning turg‘un boglanishiga ish, deyiladi. Ishlar yo‘l qurilishida er ishlari, asos va qop- lama kurish ishlari, beton ishlari va boshqalarga ajratiladi.
Avtomobil yo‘llari qurilishining o‘ziga xosligi bunda qurilish jarayonida tayyorlangan mahsulot qo‘zg‘almas bo‘lib joyda qoladi, mehnat quroli esa harakatlanadi.
Qurilishda «texnologiya» so‘zi o‘zaro bog‘liq usullar maj- muasi bo‘lib, ular natijasida avtomobil yo‘llari, qurilish konstruksiya va mahsuloti, bino va turli maqsadga mo‘l- jallangan inshootlar yaratiladi. Io‘l qurilishiga yangi avlod mashinalari kirib kelishi amaldagi texnologiyada o‘zgartirish va tuzatishlarni taqozo qiladi. Avtomobil yo‘llari qurili- shida texnologik jarayonlar natijasida tayyor avtomobil yo‘llari yoki uning tashkil etuvchilari - er polotnosi, suv o‘tkazish inshootlari, yo‘l to‘shamalari va boshqalar yaratiladi.
Qurilish texnologiyasi alohida mehnat jarayonlaridan iborat. Mehnat jarayoni murakkabligi bo‘yicha oddiy, murak- kab va kompleks bo‘lishi mumkin.
Oddiy mehnat jarayoni, deb texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq ishchi operatsiyalar yig‘indisiga aytiladi. Masalan, gruntni qazish, tashish, yoyish, zichlash va boshqalar.
Murakkab mehnat jarayoni bir necha oddiy jarayonlardan tashkil topadi. Masalan, asfaltbeton qorishmasini tayyor- lash, uni yo‘lga yotqizish, zichlash.
Kompleks jarayon, deb bir vaqtda bajariladig‘an oddiy va murakkab jarayonlar yig‘indisiga aytiladi va bular tashkiliy jihatdan oxirgi mahsulotni tayyorlashda o‘zaro uzviy bog‘liq Masalan,ssementbeton qorishmasini tayyorlash, tashish, yo‘lga yotqizish, zichlash, pardozlash va boshqalar.
Texnologik jixatdan bir turli va tashkiliy bo‘linmas mehyat jarayoni ishchi operatsiya, deyiladi. Ishchi operatsiya mehnat quroli va mehnat predmeti, ijrochilar tarkibi o‘zgar- masligi bilan xarakterlanadi. Ishchi operatsiya ishchi usullar yig‘indisidan iborat. Usullarda ishchi harakatlar ketma-ket keladi. Ishchi operatsiya bajariladigan joyda mehnat quroli joylashgan va u ish joyi, deb ataladi.
Ishchilar zvenosiga ajratilgan ish uchastkasi bo‘lim, deb ataladi, brigadaga ajratilgan uchastka esa - ish qamrovi, deyi- ladi. Ish bo‘limlari va ish qamrovini o‘lchamlari brigada yoki zvenoga shu joyda kamida yarim smenali ish hajmiga etarli bo‘lishi kerak. Ish fronti, deb qurilish ob’ektida texnologik mashina va mexanizmlar, brigada va ishchi zvenolarni qurilish maydonida joylashib, bajaradigan ish hajmiga aytiladi. Ish fronti o‘lchamlari pogon metr, kvadrat metr va boshqacha bo‘lishi mumkin.

Download 90.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling