4 – Mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida reja
Download 29.45 Kb.
|
4 mavzu
Xotira turlari.
Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilmaxil ko‘rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatningxususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko‘rinishlarga ajratiladi: I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra xotira quyidagi turlarga bo‘linadi: a) harakat yoki motorharakat xotirasi; b) obrazli xotira; v) histuyru yoki hissiyot xotirasi; g) so‘zmantiq xotira. II. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan; a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexaniq. III. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko‘ra: a) qisqa muddatli xotira; b) uzoq muddatli; v) operativ (tezkor) xotira. IV. Ruhiy faoliyat qo‘zg‘atuvchisining sifatiga ko‘ra: a) musiqiy, b) eshitish xotirasi. V. Ruhiy faoliyatning inson yo‘nalishiga qarab: a) fenomenal, b) kasbiy. Esda qoldirish jarayonida odamning ongli ravishda irodaviy aktivlik ko‘rsatish darajasi turlicha bulishi mumkin. Shu jixatdan esda qoldirish ixtiyorsiz va ixtiyoriy xillarga ajratiladi. Ixtiyorsiz esda qoldirishda odam oldindan xech bir maqsadni kuzlamagan xolda va maxsus usullarni kullamasdan esga olib koladi. Ixtiyoriy esda qoldirish maqsadga qaratilgan bo‘ladi va esga olishning maxsus usullaridan foydalanishini nazarda tutadi. Esda qoldirish jarayonida o‘quvchining irodaviy zur berishi shuningdek fikriy aktivligi o‘rganiladigan materiallarning moxiyatini tushunishi katta rol’ uynaydi. Esda qoldirish fikriy aktivlik darajasiga qarab mexaniq va ma’nosiga tushunib logik esda qoldirish xillariga ajratilishi mumkin. Mexaniq esda qoldirish yondoshlik bo‘yicha yakka tartibdagi vaqtli bog‘lanishlarga asoslangan bo‘lib bunda esda qoldirish kishidan kup vaqt sarflashni talab etadi va uncha mustaxkam bo‘lmaydi. Ta’lim jarayonida shubxasiz ma’nosiga tushunib esda qoldirishiga suyanib ish ko‘rish kerak. Bunda esda qoldirish o‘rganiladigan xodisalarning moxiyatini tushunishga va bu xodisalar urtasidagi sabab natija bog‘lanishlarini aniqlashga asoslangan bo‘ladi. Ma’nosiga tushunish va sabab natija bog‘lanishlarini topishgina esda qoldirishning yuksak darajada samarali va puxta bo‘lishini ta’minlaydi. Darsda esga olingan materialni xotirada mustaxkam saqlab kolishda takrorlash muxim rol o‘ynaydi. Takrorlash esda olib kolish lozim bo‘lgan materialni boyitish binobarin yuzaga keluvchi muvaqqat nerv bog‘lanishlarini mustaxkamlash demakdir. Materialning muvafokiyatli esga tushushi avvalo uning puxta to‘la aniq esga olingan bulishiga bog‘liqdir. Esga olish jarayonida yuzaga kelgan muvvaqqat nerv bog‘lanishlarining keyinchalik muayyyan qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida qayta jonlanishi esga tushurishning fiziologik asosi xisoblanadi. Esga tushuirishning eng soda kurinishi tanishdir. Bunday xol ilgari idrok etilgan ob’ektning yana yangidan idrok etishiga kelgan paytda ruy beradi. Ilgari bir marta idrok etilgan odam joy vam usika kuyiga oradan ma’lum vaqt utgandan keyin yana tuknash kelgan paytimizda biz ularni taniymiz. Esga tushurish ikki xilga ixtiyorsiz va ixtiyoriy esga tushurishga ajraladi. Ilgari idrok qilingan materialning odamda xech bir maqsadsiz esiga tushub qolishi ixtiyorsiz esga tushirish bo‘lib bunda ilgari idrok qilingan narsa va xodisalarning obrazlari odamda uning xoxishiga bog‘liq bo‘lmagan xolda ongida gavdalanadi. Ta’lim jarayonida xam ko‘pincha ixtiyoriy esga tushirishga tayanib ish ko‘rishga tugri keladi. Esga tushirishda kishidan irodaviy zur berishni talab etuvchi aktiv fikrlash jarayoni eslash deb ataladi. Eslash ixtiyoriy esga tushirish va tanishning eng murakkab kurinishidir. Tormozlangan bog‘lanishlar oradan bir necha vaqt utgandan keyingina yana jonlana oladi. Bu kechikkan esga tushirish bo‘lib reminissensiya deb ataladi. Bunday xodisa ayniksa kichik yoshdagi maktab ukvchilarida qiyin materialni kup marta takrorlashi natijasida yuz beradi. Perseveratsiya xodisasi turli obrazlarning irodamizga bog‘liq bo‘lmagan va xatto irodamizga buysunmagan xolda ongimizda uz-uzidan gavdalanishidir. Esga olingan materialning esda saklanishi uni turli shakllarda esga tushirishning zarur shartidir. Fiziologik nuktai nazardan qaraganda, esda saklash nerv sistemasining aloxida xossasi uning platikligi bilan bog‘liqdir, bu xossa, jumladan, nerv sistemasining ilgari xosil qilingan nerv bog‘lanishlarini uzida saklab kolish kobiliyatida namoyon bo‘ladi. Unitish esda saklashning teskarisi bo‘lgan jarayondir. Unitish ilgari esda qoldirilgan materialni to‘liq yoki qisman esga tushira olmaslikdan, uni eslay yoki taniy olmaslikdan iboratdir. Xotira inson hayot iva foliyatining barcha soxalarida katnashishi tufayli namoyon bulish shakllari xam nixoyat darajada xar xildir. Xotiraning xar xil turlarini ajratishda en umumiy asos qilib xotira xarakteristikasining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi, bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy kriteriyaga muvofiq ravishda bo‘linadi. 1.Ko‘proq faoliyatda ko‘rinadigan psixik faollik xarakteriga qarab, xotirani harakat, emotsional, obrazli va suz-mantikiy xotira turlariga bulinadi. 2.Faoliyat maqsadi xarakteriga kura, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bulinadi. 3.Materailani qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab (faoliyatda xotiraning roli va urni jixatidan) qisqa muddatli, uzoq muddatli operativ xotira turlariga bo‘linadi. A) Harakat xotirasi-turli xil harakatlar va ularning sistemalarini esga olish, esda saklash va qayta esga tushirishdan iboratdir B) Emotsional xotira odamning ilgari uz boshidan kechirgan xis-tuyg‘ularini, emotsional xolatlarini esda olib qolishidir. Bu tuyga xissiyotga xos xotiradir. V) Obrazli xotira tasavvurlar,tabiat va hayot manzaralari,shuning bilan birga tovushlar, xidlar, tamlar, bilan bog‘liq xotiradir. Obraz xotirasi orqali material birinchi signallar tarzida, ko‘rish, eshitish, harakat, tuyush va boshqa sezgi tasavvurlari haqida esda olib kolingan. Ba’zan eydetik deb atalgan(«eydos»-yunoncha suzdan olingan bo‘lib, obraz degan ma’noni anglatadi)xotira turlariga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi. Xotiraning eydetik obrazlari yoki konkret ko‘rgazmali obrazlari tashqi ta’surotlar tufayli sezgi a’zolarining qo‘zg‘alish natijasidir. G) Suz mantikiy xotira mazmunini bizning fikrlarimiz tashkil qiladi.Suzlar bo‘lmasa,fikrlar xam bo‘lmaydi. Shuning uchun xam fikrlarimizga xos xotira shunchaki mantikiy xotira deb atalmay,balki suz-mantikiy xotira deb ataladi. Suzlar orqali ifodalangan fikrlar suz mantik xotirasi yordamida esda olib kolinadi. D) Fenomenal xotira–bir vaqtning uzida juda katta xajmdagi ma’lumotlarni esda olib kolishdir. Masalan Yuliy Sezar, Napoleon, Motsart Farobiy, Imom Al-Buxoriy. Yesda olib kolish jarayonlarining faoliyati maqsadlariga muvofik ikki asosiy turi ixtiyriy va ixtiyorsiz esda olib kolish farq qilinadi. A) Biror maqsad kuyish esda olib qolish ixtiyoriy xotiradir. Bunda xotira jaryonlari uziga xos tarzdagi mnemik harakatlar sifatida yuzaga chikadi B) Ixtiyorsiz esda olib kolingan material uz-uzidan eslab kolganidek tuuladi. Ixtiyorsiz esda olib kolishning unumli bulishi uchun muayyan faoliyatida tutgan urni muximdir. Ixtiyoriy esda olib kolish maxsus mnemik harakatlar ya’ni asosiy maqsadi eslab kolishdan iborat bo‘lgan harakatlar maxsulidir. Qisqa muddatli va uzoq mudatli operativ xotira Ma’lum qisqa dakika mobaynida xozir bevosita idrok kilmayotgan narsalarni guyo ko‘rishda, eshitishda va xokozoda davom etamiz.Bu jarayonlar bekaror va uzgaruvchandir, lekin bu protsesslar shu kadar maxsus va tajriba ortirish mexanizmlarining ishlarida ularning ularning roli shu kadar axamiyatliki, bu protsesslarga yesda olib kolish, esda saklash va informatsiyalarni qayta esga tushirishning aloxida turi sifatida qaraladi, bu jarayon qisqa muddatli xotira degan nom olgan. Juda kup qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saklab kolish xarakterli bo‘lgan uzoq muddatli xotiradan fark qilgan xolda, qisqa muddatli xotira bir marta xamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ondayok qayta tiklashdan sung juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi. Eydetik obrazlar. Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan («eydos» — yunoncha «obraz» degan ma’noni anglatadi) Eydetik obrazlar, ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalik va o‘spirinlik davrlarida muayyan muddat hukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan uning izlari astasekin so‘na boradi. Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo‘lib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub’ektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekii eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko‘rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xullas, tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyat mahsuli hisoblanib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo‘lib, uning aushy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatining muhim tarkibiy qismidan biri ekanligidan dalolat beradi. Operativ xotira. Inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol, tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Chunonchi, biz kandaydir murkkab arifmetik harakatni bajarar ekanmiz, uni ayrim kismlarga bo‘lib, uni oz-ozdan bajaramiz. Bunda ishni bajarish davomida ayrim oraliq natijalarini «yodimizda» saklab turamiz, bajarayotgan ishimizning oxirgi natijasiga yaqinlashganimiz sari, konkret «ishlangan» materiallar esdan chikib qolishi mumkin. Operativ xotira tushunchasi kim tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan harakatlar faoliyat uchun xizmat qilayotgan mnemik jarayonlarni anglatadi. Operativ xotiraning bu xususiyati uni uzoq va qisqa muddatda xotiradan farkli turadi. Operativ xotirada u yoki bu turdagi xotiradan kelib turadigan materiallar mavjud. Shaxsning uzi o‘ylab topib, uzi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu xodisa psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling