4 – Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Temperament, Xarakter va Qobiliyat Reja


Hissiyot va emosional holatlarning fiziologik asoslari


Download 183.72 Kb.
bet33/55
Sana05.01.2023
Hajmi183.72 Kb.
#1080271
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
4-MA\'R~1

Hissiyot va emosional holatlarning fiziologik asoslari
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi yoki mashsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir. o’zgarishlar o’z navbatida, birinchidan, shaxs shayoti va faoliyatining jadallashi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim eshtiyojlarning paydo bo’lishiga yoki yo’qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg’ular uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida hartsiz va hartli reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim harlari po’stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustashkamlanadi. Murakkab hartsiz reflekslar esa: 1) yarim harlarning po’stloqosti bo’shliqlari: 2) miya stvoliga tegishli ko’rish tepachalari (do’ngliklari); 3) nerv qo’zg’alishlarini miyaning yuqori bo’limlaridan vegetativ tizimiga o’tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. Shaxsda his-tuyg’ularning kechishi hamisha miya po’sti bilan po’stloqosti markazlarining birlikdagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida ro’yobga chiqadi Shaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir bo’layotgan o’zgarishlar (xosh tabiiy, xosh sub'ektiv bo’lishidan qat'i nazar) kechinmalar sub'ekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy holatlarning mazmuni shunchali purma'no bo’ladi. Buning ta'sirida yuzaga keladigan muvaqqat bog’lanishlar tizimining qayta qurilishi qo’zg’olish jarayonini shosil qiladi. Mazkur jarayon miya katta yarim harlari po’stida tarqalib, so’ng po’stloqosti markazlarini egallab oladi. Katta yarim harlar po’stidan pastda turuvchi miya bo’limlarida organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari (nafas olish, ovqat shazm qilish va hokazo) joylashgan. Shu sababdan po’stloqosti markazlarining qo’zg’alishi ba'zi ichki a'zolar faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Jumladan, nafas olish ritmikasining o’zgarishi (shayajonlanganda bo’g’ilib qolishini, og’ir va tartibsiz nafas olishni yuzaga keltiradi), yurak faoliyatining buzilishi (yurak urishini tezlashtiradi), organizmni qon bilan ta'minlash izdan chiqishi (uyalgandan qizarishni, qo’rqqandan oqarishni keltirib chiqaradi, ichki sekresiya bezlari ishining nuqsonlari ko’z yoshining oqizadi, shayajonlanganda og’izini quritadi, qo’rqqanda "sovuq" ter chiqaradi va hokazo.)
Ilmiy manbalarda talqin qilinishicha, miya katta yarim harlarining po’sti mo’'tadil haroitida po’stloqosti markazlariga boshqaruv va tormozlov yo’sinida ta'sir ko’rsatadi hamda Hissiyotining tashqarida ifodalanishiga yo’q qo’ymaydi. Miya po’sti kuchli darajada qo’zg’alsa, uning ta'sirida boshqaruvchanlik funksiyasi buziladi. Shaxs qattiq charchasa yoki kuchli mast bo’lsa, irradiasiya oqibatida po’stloqosti markazlari ham qo’zg’aladi, natijada harakatni nazorat qilishi yo’qoladi.
Miya faoliyatining elektrofiziologik tadqiqotlari emosiyalarning paydo bo’lishida gipotalamolimbik (yunoncha hypothalamus bosh miya bo’limi nomi) tizimi va retikulyar formasiya (lotincha reticulum to’rsimon, formatio, bog’lam ma'nosini anglatadi) ning roli ko’rsatib o’tilgan.
Ma'lumotlarda ko’rsatilishicha, emosional holatlarning fiziologik moshiyati katta yarim harlar po’stining va po’stloqosti tizimi markazlarining funksiyasigina emas, balki ular: a) miya mexanizimlari faoliyatini faollashtiruvchi retikulyar formasiyaning, b) miyaning talamus (ko’rish do’ngliklari) ning, gipotalamusning (do’nglikosti qismining), v) yarim harlar yangi po’stlog’i orasidagi limbik sistemaning funksiyalaridir. Emosional holatlar uchun po’stloqosti tugunchalarining tarkibiga kiruvchi (miya katta yarim harlarining oq moddasi bilan birlashuvi kulrang modda yig’indisi) markazlar ham muhim ahamiyatga ega. Agarda miya katta yarim harlari po’stlog’i harakatlarini birlashtirib, sezgilarni va sa'i-harakatlarni nozik ifoda qilib tursa, miya formasiyalari tashqi hamda ichki mushitda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga organizmning javob reaksiyalarini boshqaradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, miya katta yarim harlari po’stlog’i shikastlansa, tashqi olamdan hamda ichki organlardan keladigan qo’zg’ovchilarning nozik tashlil qilinishi zaiflansa ham emosional holatlar saqlanib qolaveradi. Masalan, shayvonlar limbik tizimga, do’ngosti (gipotalamus) qismiga, ko’rish tepaliklariga yo’nalgan elektr qo’zg’atuvchilarga, retikulyar formasiyasining qo’zg’alishlariga xursandlik yoki diqqinafaslik, darg’azablik yoki qurqoqlik, lazzatlanish yoki azoblanish, roshatlanish yoki ko’ngilxijillik sifatida javob reaksiyasi shosil bo’ladi.
Psixofiziolog olimlarning ma'lumotlariga qaraganda, miyaning muayyan joylaridan elektrod yordamida biotoklarni yozib olishning ko’rsatishicha, sut emizuvchilarning gipotalamuslarida ham "roshatlanish", ham "azoblanish" markazlari mavjud ekan. Tajribada "roshatlanish" markazi qo’zg’atilganda yoqimli hislar uyg’ongan, elektr toki bilan "azoblanish" markazi qo’zg’atilganda esa shayvonlar qaltirab, o’zini har tomonga tashlagan. Keyinchalik sut emizuvchilar azoblantiruvchi emosiyadan qochishga harakat qilganlar.
Yuqorida ta'kidlanganidek, ijobiy va salbiy his-tuyg’ularning shunga o’xshash markazlari bosh miyaning boshqa bo’limlarida joylashganligiga qaramay, shartli ravishdagi roshatlanish va azoblanish markazlari ham mavjuddir bo’lib emotsiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko’rsatadilar. Tajribada qo’sh (juft) markazlaridan birida elektrod bilan shosil qilingan qo’zg’alish eshtiyojdan kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emosiyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, xolos. Ba'zida yondosh joylashgan markazlarda qo’zg’olish tarqalgan bo’lsa, u holda ambivalent yoki ikkiyoqlama reaksiya ro’yobga chiqadi. Shartli ravishda nomlangan markazlar (roshatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin joylashishiga qaramasdan, har xil tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Ma'lumotlarning ko’rsatishicha, "azoblanish" markazlari miyaning turli bo’limlariga joylashsa-da, lekin ular yagona tizim bilan boshqariladi. Salbiy emosiyalardan farqli o’laroq ijobiy His-tuyg’ular va "roshatlanish" markazlari bir-birlari bilan jips aloqaga ega emas. Ta'kidlab o’tilgan mulohazalar emosiyalar juft hamda qarama-qarshi xususiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun har qaysi emosiya qarama-qarshi turkumiga ega deb qat'iy ishonch bilan aytish mumkin, jumladan, sevgi-nafrat, yoqimli-yoqimsiz, xotirjamlik-bezovtalanish mas'uliyatlik-loqaydlik va boshqalar.
I. P.Pavlov, Ch.Sherrington, P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, Ye.N.Sokolov, T.V.Simonov, D.Lindsley, R.U.Liper, B.I.Dodonov, U.Jems va boshqalarning tadqiqotlarida ko’rsatilishicha, tashlil qilingan markazlarning qo’zg’atilishi hartli reflekslari shosil qilinishini mustashkamlovchi omil Hisoblanadi. Buning natijasida elektr qo’zg’ovchi yordami bilan miya katta yarim harlarining po’stida bilish jarayonlari va xatti-harakatlar stereotiplarining negizini tashkil qiluvchi muvaqqat bog’lanishlar shosil qilinadi. Shartli reflekslarning so’nishi, tormozlanishi, po’stloqning tanlash (selektiv) tizimi miya stvolining uzunasi bo’yicha tepalikosti va po’stloqosti nerv tugunlaridagi "markazlar" ning faoliyatiga bog’liqdir. I.P.Pavlov o’sha davrdayoq, "dinamik stereotip"ni shosil qilgandan keyin oliy nerv faoliyatida uni buzilish salbiy Hissiyotlar kechishi uchun negiz bo’ladi, dinamik stereotipni oldindan tayyorlab, so’ng uni o’zgarishi ijobiy His-tuyg’ularni paydo qiladi, deb qat'iy ishontirgan edi. Ma'lumotlarning ko’rsatishicha, miyaning tepalikosti qismida (gipotalamusda) gi markazlar roshatlanish yoki azoblanish vaziyatlari ko’p marta takrorlansa ham shech o’zgarmasligi mumkin, lekin miya katta yarim harlari po’stloqosti nerv tugunchalari bo’ylab yoyilgan markazlar qo’zg’otilishi natijasida emosional reaksiyalar kuchsizlanishi, shatto so’nishi ham kuzatiladi. Bu voqelik shu bilan izoshlanadiki, aqliy faoliyat va axloqiy kechinmalar emosional tusi o’zining o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, organizmning birlamchi eshtiyojlari yuzasidan signal beruvchi emosional reaksiyalar takroran qanoatlantirgandan keyin ham so’nmaydi. Shuningdek, organik jaroshat tufayli og’riq kamaymaydi, muayyan reaksiyalar o’zgarmaguncha jismoniy mashqdan maroqlanish shaxs ko’ngliga tegmaydi. Buning uchun albatta, salbiy, ijobiy, aralash (ambivalent) signallar insonning shayoti va faoliyatida o’z ahamiyatini yo’qotish kerak.
Turli markazlarni qo’zg’otganda yuzaga keladigan roshatlanish yoki azoblanish emosiyalarining sifatiga, darajasiga va barqarorligiga asoslangan holda har bir haroitda hissiy ifodalangan hartli reflektor aloqalar bir marta mustashkamlanganda shosil bo’lishini boshqa vaziyatda mustashkamlanish uchun ko’p urinishga qaramay aloqani tiklash mushkil ekanligini izoshlash mumkin. Bu o’rinda shaxsning barqaror emosional yo’nalganligi, mayllar mustashkamligi ruhiy hodisasini uning turmush tarzini, shayotiy ideallarni tushuntirish mumkin. Masalan, mayxo’r (alkogol) yoki narkoman uchun roshatlanish bilan bog’liq xatti-harakat birlamchi bo’lganligi tufayli turli ijtimoiy voqealar (oiladagi judolik, ishxonadagi ko’ngilsizlik, tabiiy ofat va boshqalar) uni bu yo’ldan to’xtatib qololmaydi, lekin muvaqqat holat vujudga kelishi mumkin (aytaylik bir necha daqiqa o’zini tiyib turish), biroq tezda tabiiy eshtiyojga mutelik qilib, "tarki odat-amri mashol" yo’sinda ish tutaveradi.

Download 183.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling