4 – Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Temperament, Xarakter va Qobiliyat Reja
Download 183.72 Kb.
|
4-MA\'R~1
Odam va hayvon emotsiyalari
Shaxsning emotsional holatlari va kechinmalarining psixologlar va fiziologlar tomonidan eksperimental tarzda tadqiqot qilinishiga qaraganda, yuksak darajada tashkil topgan shayvonlarga emosiyalarning fiziologik mexanizmlaridan insonniki juda katta tafovut qilmaydi. Lekin muammo Hissiyotning mazmuni, sifati, shakli, ifodalanishi nuqtai nazaridan tashlil qilinganda inson bilan shayvon emosiyasi (Hissiyot) orasida keskin farq mavjudligi namoyon bo’ladi. Tabiatshunos va insonshunos olimlar shayvonlarda emosional reaksiyalar, holatlar mavjudligini tan olsalar-da, biroq ularda murakkab Hissiyot, yuksak His-tuyg’ular borligiga shubsha bilan qaraydilar yoki inkor qiladilar. Bu fikrga to’liq qo’shilish mumkin, chunki insonlarda shunday His-tuyg’ular borki, bunday Hissiyot shayvonlarda bo’lishi mumkin emas, vasholanki g’azablanish, qo’rqish, jinsiy mayl, qiziquvchanlik, xursandlik, g’amginlik har ikkalasida uchraydi, ammo ular sifat va mazmun jishatdan bir-birlaridan keskin tafovutlanadi. Inson emotsiyalari ijtimoiy hayotning shart-sharoitlariga moslashtirgan (patologik shollar istisno qilinganda), "ongli zot" ga taalluqli tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatlarida namoyon bo’ladi, maqsadga muvofiqlashtirish hamda boshqarish xususiyatiga ega. Ochlik hissi, jinsiy mayl va boshqa instinktlar soshlardagi emosiyalar hayvon bilan insonda o’xshash bo’lsa-da, lekin ularning ifodalanishida farqlanishi mavjud. Bularning barchasi instinktiv harakat bo’lishi bilan birga insoniylashidan iborat uzoq evolyutsion, ijtimoiy tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan, murakkab qiyinchiliklarni yengish evaziga mazkur ko’rsatgichga erishgan. Inson Hissiyotning ijtimoiy tarixiy hart-haroitlari mavjud bo’lib, ulardan eng asosiysi sababiy bog’lanishlarga (determinirlashgan) egalikdir. Xuddi shu bois inson Hissiyotlarining biologik va fiziologik tashlili, ularning tub mazmunini ochib bermaydi, shuningdek, Hissiyotlar inson shaxsning ongli va ongsiz xatti-harakatlarini amalga oshiruvchi kuchga, ya'ni motivga o’sib o’tish yo’llarini izoshlab berishga qodir emas. Ma'lumki, emosiyalarning "insoniylashuvi" Hissiyotlar ichidan kechishi mazmuni va sifatlari jishatidan shayvonlarniki bilan qiyoslanganda o’zining rang-barangligi, murakkabligi bilan shaxsniki ustuvordir. Insonlarning mehnat, ma'naviyat, siyosat, oila, ishlab chiqarish bilan o’zaro munosabatlari, shuningdek, tabiat bilan odamlar orasidagi, shu bilan birga shaxslararo munosabatlar bir qator insoniy Hissiyotlarning va ularni ifodalash, tatbiq etish vositalarini vujudga keltiradi Shaxs yuz ifodalari, boshini tebratish bilan, xo’rsinish orqali o’zgalarga hamdardlik (empatiya) tuyg’usini bildiradi. Bolalarga odob bilan javob berishni, sushbatdoshiga iliq, samimiy jilmayishini, qariya va nogironlarga shurmat bilan joy bo’shatishni, kichkintoylarga meshribonlikni shakllantirish lozim. Shaxs o’z his-tuyg’ularini o’zi boshqaradi, ularni me'yoriy shujjatlar, ijtimoiy turmush qoidalari, etnik rasm-rusumlar, odatlar, an'analar, prsessual qonunlar nuqtai nazaridan gosh ma'qullaydi, gosh qoralaydi. Shu bilan birga insonlar kuchli va jo’shqin emosiyalari kechishida tashqi xotirjamlikni saqlay biladilar. Ularning ba'zilari o’z Hissiyotlarini berkitish uchun o’zlarini befarq tutadilar, salbiy emosiyalarni ifodalashga intiladilar. Shaxs o’zining mimika va pantomimikalarini boshqarish imkoniyatiga ega, lekin organlardagi tabiiy o’zgarishlarni ushlab turish mumkin emas. Masalan, nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ko’z yoshlarini ushlab turish, rangni qizartirish, oqartirish va hokazo. Emotsiyalarning ifodalanish quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lish mumkin:1) ifodali harakatlar (mimika va pantomimikalar); 2) organizmdagi turli hodisalar (ichki a'zolar faoliyati va holatining o’zgarishi; 3) gumoral xususiyatdagi o’zgarishlar (organizmning qon tarkibidagi, suyuqlikdagi kimyoviy o’zgarishlar, modda almaHish va hokazo). Emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, vajoshat, qaddi-qomat o’zgarishi, tashqi sekresiya bezlari faoliyati (yosh, so’lak, ter ajralishi), xatti-harakatlar (tezligi, kuchi, yo’nalishi, muvofiqlashuvi), nutqning xususiyatlari va boshqalar. Emotsiyalar, his-tuyg’ular mazmuni, sifati, shakli jihatidan etnopsixologik xususiyatiga ega. Download 183.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling