4 – Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Temperament, Xarakter va Qobiliyat Reja


Download 183.72 Kb.
bet27/55
Sana05.01.2023
Hajmi183.72 Kb.
#1080271
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
4-MA\'R~1

Stereotipizasiya - grekcha oʻzgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildirib, insonning suhbatdoshini tushunishga intilishi yoʻlida muayyan shablondan foydalanishi. Stereotipizasiya ma’lum yoki taxminan ma’lum boʻlgan voqealarni tiklash, nisbat berish yoʻli bilan xulk normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida notoʻgʻri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. Soʻralgan 72 kishining 9 tasi agar insonning yuz tuzilishi kvadrat koʻrinishiga ega boʻlganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, boʻysunmas xarakterga ega. 5 kishi boʻyi oʻrtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo ahmoq yoki oʻzini yaxshi koʻradigan kishilar boʻladi deb tasdiqlagan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim oʻrin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot bunga yaqqol misol boʻla oladi. 400 ta oʻqituvchilarni baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk, yoqimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta’riflash soʻralgan edi. Afsuski baholarning sub’ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bogʻliqdir.

Empatiya - insoning oʻzini xayolan suhbatdoshi oʻrniga qoʻyish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. Bunda insonning emotsional muammolariga yondashishi tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard boʻla olishdir. Bir tomondan ob’ektni tushunishda uni oʻrniga oʻzini qoʻya olishi muhim boʻlsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard boʻla olish ham muhimdir.

Insonning inson tomonidan idrok etilishida yoʻnaltirishning roli kattadir. Bu ayniqsa inson haqida, noma’lum inson haqida ilk fikrlarni olishda muhimdir. Bu borada A.A.Bodalevning oʻtkazgan tadqiqotlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ikki guruh talabalariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik olim deb e’lon qilinib, ularga portretni yozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni koʻzlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga yetkazish kabilar ekanligi qayd etiladi.


Download 183.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling