4 – Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Temperament, Xarakter va Qobiliyat Reja
Hissiyot to’g’risida umumiy tushuncha
Download 183.72 Kb.
|
4-MA\'R~1
Hissiyot to’g’risida umumiy tushuncha Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni sub'ektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudod bo’lishi bilan birga jamiyat a'zosi hamdir, shuningdek, yakkashol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob'ektiv) aks ettiradi, in'ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning eshtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan ob'ektlarga sub'ekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub'ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg’ular, emosional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi Hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot -yaqqol voqelikning eshtiyojlar sub'ekti bo’lmish shaxs miyasida ob'ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo’lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. Mulohazalardan ko’rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izoshlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada shali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga moshiyat, ma'no, qo’lam, sifat, shakl jishatidan qo’llanilishi yuzasidan ba'zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo’lar edi. Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma'noda qo’llanilib kelinadi: 1) sub'ekt (shaxs) bilan ob'ekt (narsa) o’rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o’zaro aloqa o’rnatish (ob'ektiv munosabatlar); 2) o’rnatilgan aloqalarning aks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy sub'ektning eshtiyojlari va ularning ob'ektlararo munosabati (sub'ektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo’lgan eshtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o’rtasidagi munosabat ma'nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma'noda qo’llaniladi. Jumladan, Hissiyot o’rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xoHishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo’lib Hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tashlil qilinganda "Hissiyot" odatda tirik mavjudodlar miyasida, ya'ni shaxslarning eshtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob'ektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo’llaniladi. Jahon psixologiyasida "Hissiyot" bilan "emotsiya" terminlari (ayniqsa chet mamlakatlarda) bir xil ma'noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat shollarda uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emosiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o’zgarishi, yuzlarning ta'bassumlanishi, lablarning titrashi, ko’zlarning yarqirashi, kulgu, yig’i, g’amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emosiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas'uliyat, vijdon, meshr oqibat, sevgi- mushabbat singari yuksak xislatlarni emosiya tarkibiga kiritish g’ayritabiiy hodisa Hisoblanar edi. Ushbu Hissiy kechinmalar o’zining moshiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta'sirchanligi, yo’nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emosiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo’lar edi. Shu boisdan ularning o’zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (Hissiyot), ikkinchisi esa (emosiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlab o’tilgan mulohazalarga qaramasdan, Hissiyot bilan emotsiyaning o’zaro bir-biridan qat'iy cheklab qo’yish ham ba'zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub'ekti o’zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyati hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati Hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual shayoti va faoliyatiga aloqador (xosh foydali, xosh zararli bo’lishdan qat'i nazar) omillar, qo’zg’ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, hartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, shimoyalanish, qo’rqish va boshqalar) bilan bog’liq sodda hissiy holatlar "emosiya" deyiladi. Emosiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o’zgarishi murakkab bo’lgan tabiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan shayvon emosiyalari o’zlarining moshiyati, tuzilishi, ta'sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko’rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan Hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o’tish joizki, Hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat sub'ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg’ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko’tarilishiga kafolat negizidir. Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining ijtimoiy shayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy tarixiy taraqqiyotida shakllangan (evolyusion yo’sinda), muayyan ijtimoiy mushitda (jamiyatda) istiqomad qiluvchi kishilar tomonidan o’zlashtirilgan g’oyalar, me'yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg’ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir. Download 183.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling