4 – Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Temperament, Xarakter va Qobiliyat Reja
Download 183.72 Kb.
|
4-MA\'R~1
Shaxs irodasini o’rganish testi
Ijtimoiy-ruhiy eshtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun ularni o’zini o’zi uddalashga o’rgatishdan ish boshlamoq zarur. Shaxsning o’z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xoHish irodasiga bo’ysundirish, ro’yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtiradi, ko’zlangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamin shozirlaydi, har xil xususiyatli qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg’ularini namoyish etishga chorlaydi. Buning natijasida mustashkam irodali, prinsipal, qat'iyatli, uzoqni ko’zlovchi, teran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg’usi bilan yonuvchi shaqiqiy milliy vatanparvar yoshlarni ijtimoiy shayotida, ta'lim-tarbiya jarayonida shakllantiradi. Insonga tug’ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, aqliy va axloqiy imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma'naviyatli, farosatli, ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib bo’lmaydi. Xuddi shu boisdan, insonning bolaligidan tortib to ijtimoiylashuviga qadar davr oralig’ida o’zini o’zi boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat'iyatlilikni vujudga keltiradi. Odatda iroda inson tomonidan o’z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish sifatida basholanadi, maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakat va xulq-atvorning amalga oHishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengib o’tish tariqasida ta'riflanadi. Yoshlarning irodasi, eng avvalo shaxsning ijtimoiy faolligida, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta'lim jarayonida namoyon bo’ladi. Mazkur faollikdan uning mazmunini va shaklan tuzilishini farqlash mutlaqo zarur. Shaxs faolligining mazmundor tomoni- uning ijtimoiy xislatlarida o’z ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko’rsatma (attityud), e'tiqodlar, ma'naviy His-tuyg’ular, qiziqishlar dominantlik xususiyatini kasb etadi. Shaxs faolligining shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar, ichki, tashqi va anglashilgan irodaviy xatti-harakat, intilish namoyon bo’lishi orqali aniqlanadi. Shaxs uchun qiyin haroitlarda o’zini o’zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati irodaviy zo’r berishning yordami bilan yuzaga keladi va belgilangan muayyan aniq maqsad, reja hamda uni ro’yobga chiqaruvchi xatti-harakatlar ularning ijrosiga yo’naltiriladi. Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining motivasiya doirasi bajaradi va u eshtiyojlar, qiziqishlar, e'tiqodlar va ma'naviy His-tuyg’ularda o’z aksini topadi. Shaxslarning shayoti va faoliyatida, shuningdek, ijtimoiy tarbiyasiga asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela boshlaydi, ular inson ijtimoiy hartlangan yo’nalganligi va shayotiy pozisiyasini qat'iy belgilash uchun xizmat qiladi. Aksariyat shollarda inson shaxsining ijtimoiy hartlangan xususiyatlari uning irodaviy faolligi yo’nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo’nalganlik shaxsning motivasion-irodaviy xislati hisoblanmish sobitqadamlikda o’z ifodasini topadi. Inson shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatning motivlari va maqsadini amalga oshirishning o’ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi. Aqliy faoliyatda irodaviy jarayonlar irodaviy xatti-harakatlar kechishining aynan ichida, ya'ni maqsad belgilashdan tortib to uning bajarilishigacha oraliqda ko’zga tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ixtiyoriy diqqatda, eslab qolishda, esga tushirishda, tafakkurda, xayolda ifodalanadi, murakkab muammolarni yechish, irodaviy zo’r berishni safarbar etish uchun mutlaqo zarur, chunki busiz mehnat va o’quv faoliyatida shech qanday natijaga erishish mumkin emas. Ularning o’zaro uyg’unlashuvi samaralar keltirish majmuasi sifatida ikkiyoqlama xususiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatidagi va ta'lim jarayonidagi irodaviy holatlar-bu vujudga kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishning usullari, inson shaxsining omilkor, oqil ichki haroitlarining muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning qatoriga bir talay shayotiy hart-haroitlar ta'siri ostida vujudga keluvchi optimizm va umumiy faollik, qiziquvchanlik, motivasion, mobilizasion tayyorgarlik, qat'iyatlilik xususiyatlari kiradi. Mehnat va stress-emosional zo’riqishning keskin holati ko’rinishi, shakli Hisoblanib, tashqi va ichki mushitning noxush omillarini shaxsga favqulodda ta'sir etish natijasida vujudga keladi. Ta'limiy hamkorlik (o’qituvchi bilan talaba hamda talabalarning o’zaro) faoliyatidagi frustrasiya-bilish faoliyatini tashkillashtirishning tubdan teskari tomonga yo’naltiruvchi ruhiy holatdir. Shaxs uzluksiz paydo bo’luvchi va bartaraf qilish qiyin to’siqlarning ta'siri ostida ruhan tushkunlik, o’zini yo’qotib qo’yish, ko’pincha eksperimentga, vaziyatga nisbatan agressiv (tajovus) reaksiyalar (javob xatti-harakatlari) yuzaga kelishi kuzatiladi. Inson shaxsining irodaviy xislatlari- bu, mehnat faoliyatidagi, ta'lim jarayonidagi muvaqqat ruhiy holat emas, balki aksincha mazkur vaziyatga shech qanday bog’liq bo’lmagan odam turg’un, barqaror ruhiy tuzilmasidir. Uning irodaviy sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, mustaqillik, tashkillashganlik, ishbilarmonlik, o’zini qo’lga olish, jasurlik, chidamlilik va boshqalar kiradi. Shaxs irodasining bo’shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik, yalqovlik, qo’rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari tushunchalar orqali tavsiflanadi. Bilimlarni va mehnat ko’nikmalarini egallashdagi sobitqadamlik-bosh irodaviy sifat hisoblanib, u irodaviy boshqa ko’rinishlarning taraqqiyot darajasini va yo’nalishini aniqlovchi asosiy omil bo’lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk davlat ideallariga sodiqlik, Vatan oldidagi burchning yuksak darajada anglashi, jamoatchilik Hissi, yurt ravnaqiga o’z hissasini qo’shish istagi va bularning barchasi o’zbek xalqiga xos bo’lgan sobitqadamlilik namunasidir. Ta'lim-tarbiya jarayonidagi va mehnat faoliyatidagi tashabbuskorlik-shaxs o’z xoHish irodasiga binoan zarur xatti-harakatlarni amalga oshirish uquvidir. Mustaqil bilim olish va fikrlashdagi mehnat faoliyatidagi qat'iyatlilik- shaxs tomonidan jiddiy va puxta mulohaza yuritib qaror qabul qilish, uni izchil ravishda shayotga tatbiq etish xislatidir. Tirishqoqlik shaxs qiyinchiliklarni yengish uchun kuraHishda kuch-quvvatini aslo pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat maqsadga erishish uchun intilish ko’nikmasidir. Muammolarni yechish chog’ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni amalga oshirishga shalal beruvchi fikrni, Hissiyot va xatti-harakatni tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o’z harakati va xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish malakasidir. Matonatlilik-qo’yilgan maqsadni his etgan holda o’zini oqlaydigan xavf-xatarga qo’l urish, qo’rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish fazilatidir. Ishbilarmonlik-har qanday o’ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan qat'i nazar omilkor yo’llar qo’llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik- o’z e'tiqodiga qat'iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, boshqalarning yordamiga mushtojlik sezmaslik malakasidir. Shaxsning xulq-atvorida, mehnat va o’quv faoliyatida, agarda ishlab chiqarish va ta'limiy mashg’ulotlar oqilona, shaqqoniy ravishda, to’g’ri uyushtirilsa, unchali muhim bo’lmagan irodaviy sifatlar ham paydo bo’lishi mumkin, chunonchi intizomlilik, o’zini qo’lga olishlik va hokazo. Ushbu ruhiy holatni aniqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan testdan foydalanish mumkin. Tavsiya qilinayotgan fikrlarga shaxs "Ha" yoki "Yo’q" degan javob qaytarish kerak. 1. Shayotdagi muvaffaqiyat tasodiflariga ko’ra oldindan qilingan Hisob-kitoblarga ko’proq bog’liq bo’ladi deb o’ylayman. 2. Agar o’zimning sevimli mashg’ulotlarimdan ayrilsam, unda men uchun shayotning mazmuni yo’qoladi. 3. Men uchun har qanday ishning oqibati, natijasidan ko’ra, uning bajarilish jarayoni muhim. 4. Men odamlarning o’z yaqinlari bilan bo’lgan munosabatlarining yaxshi emasligidan ko’ra, ishdagi muvaffaqiyatsizlikdan ko’proq qayg’uradilar deb Hisoblayman. 5. Mening fikrimcha, ko’pchilik odamlar yaqin kelajakka mo’ljallangan maqsad bilan emas, balki uzoqqa mo’ljallangan maqsad bilan yashaydilar. 6. Agar imkoniyat bo’lsa-da, lekin shech kim sezmasligiga ishonchim komil bo’lsa ham nojo’ya harakat qila olmayman. 7. Mening shayotimda muvaffaqiyatsizliklardan ko’ra muvaffaqiyatli kunlar ko’p bo’lgan. 8. Menga amaliy, ishchan, ishbilarmon odamlardan ko’ra his-tuyg’uli, ko’ngilchan inson ko’proq yoqadi. 9. Shatto oddiy ishda ham men uning ba'zi elementlarini takomillashtirishga harakat qilaman. 10. Muvaffaqiyatga erishish shaqidagi fikrlarga berilib ketgan vaqtlarimda eshtiyotkorlik choralarini unutib qo’yishim mumkin. 11. Yoshligimda ota-onam meni dangasa deb hisoblar edi. 12. Men o’zimning muvaffaqiyatsizliklarimga haroit emas, balki ko’proq o’zimni aybdor deb hisoblayman. 13. Ota-onam meni qattiq nazorat qilishgan. 14. Menda qobiliyatga nisbatan sabr-toqat kuchli. 15. o’z maqsadlarimdan qaytishga muvaffaqiyatga erisha olmasligim shaqidagi fikr emas, balki dangasalik sabab bo’ladi. 16. Men o’zimni o’zimga ishongan odamman deb hisoblayman. 17. Muvaffaqiyatga erishish uchun garchi imkoniyatlar mening foydamga bo’lmasa ham tavakkal qilishim mumkin. 18. Men tirishqoq odam emasman. 19. Hamma ishlar tekis (me'yorida) ketayotgan bo’lsa, unda mening g’ayratim yanada oshadi. 20. Agar men gazetada ishlaganimda edi, unda turli voqealar shaqida yozishdan ko’ra, ko’proq odamlar yaratgan yangiliklarni yozgan bo’lar edim. 21. Mening yaqinlarim odatda shaxsiy rejalarim bilan hamfikr bo’lmaydilar. 22. Mendagi shayotga nisbatan bo’lgan talablarimning darajasi o’rtoqlarimning shunday talablaridan pastroq. 23. Men o’z maqsadlarimga erishish yo’lida qat'iyman. Test kaliti. "Sha"-1, 2, 6, 7, 8, 9, 15, 17, 19, 20, 22, 23. "YO’Q"- 3, 4, 5, 10, 11, 12, 13, 14, 16, 18, 21. Natijalarning miqdoriy tashlili. Ballar yig’indisi 0-9 dan past bo’lganda-Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga eshtiyoj yaqqol ko’rinmaydi. 10-13 ballgacha: Sizda muvaffaqiyatga intilish bor, lekin shayotda faoliyatingizni tashkil qilishda har doim ham muvaffaqiyatga eshtiyoj sezavermaysiz. 14-23 ballgacha: Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga eshtiyoj yuqori darajada, har doim muvaffaqiyat bo’lishiga ishonasiz, qat'iysiz u yoki bu darajada murakkab, lekin bajarilishi mumkin ishlarni qilishni yoqtirasiz. 0-9 past, 10-13 o’rtacha, 14-23 yuqori. Download 183.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling