4- mavzu: kompyuterning periferiya qurilmalari va yordamchi texnik vositalari kiritish va chiqarish qurilmalari reja
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq qurilmalari.
Saqlash qurilmalari.
Bu qurilmalar ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Vinchester kompyuter ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo‘lgani uchun periferik qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga quyidagilar misol bo‘la oladi: qo‘shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar,
qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,...
Printerlar – kompyuterdagi ma’lumotni bosmaga chiqarish qurilmasi bo`lib, ASCII – kodidagi bitlar ketma – ketligini ularga mos keluvchi grafik simvollarga aylantiradi va bu simvollarni qog`ozda aks ettiradi. Printerlar shaxsiy kompyuter tashqi qurilmalari ichida rivojlangan qurilmalardan bo`lib, 1000 ga yaqin xar xil rusumlari mavjud. Printerlar quyidagi ko`rsatkichlar bilan farqlanadi: rangiga qarab (oq – qora va rangli); simvollarni shakllantirish usuliga qarab (belgilarni bosmaga chiqaruvchi va belgilarni sintezlovchi); ishlash prinsipiga qarab (ignali, oqimli, lazerli va termik); belgilarni bosish usuliga (zarbli, zarbsiz) va satrlarni shakllantirishga qarab (ketma - ket, parallel); karetkaning kengligiga qarab (keng 375 - 450 mm va tor 250 mm karetkali); bosma satrining uzunligiga qarab (80 va 132-136 simvolli); simvollar to`plamiga qarab (ASCII simvol to`plami to`liq bo`lguncha); bosmaga chiqarish tezligiga qarab ; ruxsat berish qobiliyatiga qarab. Printerlarning bosmaga chiqarish jarayoni simvolli, satrli va saxifali bo`lishi mumkin. Bosmaga chiqarish tezligi 10 – 300 belgi dan (zarbli printerlar) 500 – 1000 belgi gacha va bir minutda bir necha o`nlik (20 tagacha) saxifagacha (zarbsiz lazer printerlar); ruxsat berish qobiliyati 1 mm da 3 – 5 nuqtadan 30 – 40 nuqtagacha (lazer printerlar) bo`lishi mumkin. Printerlar ikki xil rejimda ishlaydi— matnli va grafik: matnli rejimda printerga simvol kodlari, ya’ni printerning belgi generatoridan olingan simvolning konturlari yuboriladi; grafikli rejimda printerga tasvirdagi nuqtalarning joylashuvi ketma – ketligini aniqlovchi kodlar yuboriladi. Matnlarni bosmaga chiqarishning quyidagi turli xil sifatga ega bo`lgan holatlari mavjud: qora bosma rejimi (Draft); tipografik bosmaga yaqin rejim (NLQ — Near Letter Quality); tipografik bosma sifatli rejim (LQ — Letter Quality); yuqori sifatli rejim (SLQ — Super Letter Quality). Printerlar matnli rejimda bir necha xil shrift ko`rinishini ishlatadi. Bulardan keng qo`llaniladigani roman (yozuv mashinasining mayda shrifti), italic (kursiv), bold – face (polujirno’y), expanded (rastyanuto’y), elite (polusjato’y), condenced (sjato’y), pica (to`g`ri shrift — sitsero), courier (kurer), san serif (yorilgan shrift senserif), serif (serif), prestige elite (prestij-elita). Printerning asosiy ko`rsatkichlarini ko`rib chiqamiz: 1.ruxsat berish qobiliyati ko`pincha bir dyuymda joylashgan oddiy nuqtalar (dots) soni — dpi — dots per inch (inch — bir dyuym taxminan 2,54 sm teng) bilan o`lchanadi. Masalan, 1440 dpi qog`ozning bir dyuym uzunligida 1440 ta nuqta joylashganini bildiradi. Ruxsat berish qobiliyati soni qanchalik yuqori bo`lsa, tasvirning sifati shunchalik yuqori bo`ladi. Bu bilan birga bosmaga chiqarish vaqti ham ko`payadi (lazer printerlar bundan istisno). 2.Bosmaga chiqarish tezligining birligi sifatida bir sekund ichidagi simvollar soni kattaligi — cps (characters per second), saxifali bosmaga chiqarishda esa bir minut ichidagi saxifalar soni — rrt (pages per minute). Printerlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Ignali printerlar – bu printerlar ichida eng qadimgisi bo`lib, uning mexanizmi 1964 yil Seiko Epson kompaniyasi tomonidan kashf qilingan. 2. Oqimli printerlar – IBM kompaniyasi tomonidan 1976 yil ishlab chiqarilgan. 3 3. Lazerli printerlar – Hewlett-Packard va Canon firmalarining hamkorligida 1980 yillar boshida HP LaserJet rusumidagi printerlar ishlab chiqildi.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling