4- mavzu: Ong taraqqiyoti va ongsizlik Reja


Download 74.9 Kb.
bet6/6
Sana01.03.2023
Hajmi74.9 Kb.
#1241159
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu.

4.5. Оng usti jarayonlari

Anglanmagan jarayonlarning uchinchi sinfini «ong usti jarayonlari» tashkil etadi. Bu darajaga yirik ongli faoliyat natijasida qandaydir yig‘indi mahsulotning hosil bo‘lish jarayonlari kiradi. Bu hodisa bilan biz uchun muhim va murakkab bo‘lgan qandaydir muammoni hal etishga uringanimizda to‘qnashamiz. Biz uzoq vaqt turli usullarni ko‘rib chiqamiz, mavjud axborotni tahlil qilamiz, lekin hanuz muammoning aniq echimini topa olmaganmiz. SHunda birdaniga o‘z-o‘zidan, ba’zida kichik bir sababni qo‘llagan holda ushbu muammoning echimiga erishamiz. Bizga barchasi ayon bo‘ladi, bu muammoning asl mohiyatini aniq tushunamiz va uni qanday hal etishni bilib olamiz. Bu endi qandaydir muammoning echimiga oddiy nigoh tashlash emas, aksincha, bu hayotimizni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan sifat jihatidan yangi qarashdir.


Shunday qilib, nima uchun muammoning bunday echimida to‘xtalganimiz haqida aniq tasavvur saqlanib qolmagan bo‘lsa ham, ongimizga kirganlar haqiqatdan ham yig‘indi mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Biz faqat ma’lum daqiqada yoki vaqtning ma’lum oralig‘ida nimalar haqida o‘ylaganimiz yoki boshimizdan kechirganlarimizni bilamiz. Muammo echimini ishlab chiqish jarayonining o‘zi esa bizlar uchun anglanmagan bo‘lib qoldi. Kundalik hayotda shunga o‘xshash hodisalar ko‘p hollarda ichki sezgi tuyg‘usi, ya’ni, ong nazoratidan tashqarida joylashgan darajada tahlil qilish usuli yordamida qaror qabul qilish deb ataladi.
Nima uchun shunga o‘xshash jarayonlarni ongdan tashqarida joylashtirish lozim? CHunki, ular ongli jarayonlardan o‘zlarining ikki xususiyati bilan farq qiladi. Birinchidan, sub’ekt «ong usti» jarayoni olib kelishi mumkin bo‘lgan yakuniy natijani bilmaydi. Ongli jarayonlar esa xarakat maqsadini, ya’ni, sub’ekt intilayotgan natijani aniq anglagan holda belgilab beradi. Ikkinchidan, «ong usti» jarayonning yakun topish vaqti noma’lum; ko‘p hollarda u sub’ekt uchun kutilmagan holatda to‘satdan o‘z nihoyasiga etadi. Ongli jarayonlar esa maqsadga yaqinlashish va unga erishilgan lahzani taxminiy baholash ustidan nazoratni belgilab beradi.
Ongli va ong usti jarayonlari bir-biri bilan muntazam ravishda aloqada bo‘ladi. Masalan, hammaga tanish bo‘lgan – sevgi tuyg‘usi. Bu insonni sevishingizni bilasiz, lekin nima uchun uni sevasiz? Boshqa odamni emas, aynan shu odamni sevishga sizni nima undaydi? Bundan tashqari sizning tanlovingiz tanishlaringiz ichida eng yaxshisi bo‘lmagan taqdirda. Buni faqat biz ong usti jarayonlari deb nomlagan ma’lum mexanizlarning faoliyati bilan tushuntirish mumkin.
SHuning uchun ong usti jarayonlari insonlar hayotida juda muhim o‘rin tutadi. Bunday jarayonlarga to‘laligicha ijodiy tafakkur jarayonlarini, og‘ir qayg‘u yoki yirik hayotiy voqealar kechinmalari, tuyg‘ular inqirozlari, shaxsiy inqirozlar va shunga o‘xshash jarayonlarni kiritish mumkin.
Birinchilar qatorida ong usti jarayonlariga maxsus e’tibor qaratganlardan biri amerikalik ruhshunos U. Djems edi. U to‘plagan ma’lumotlar «Diniy tajribaning xilma-xilligi» kitobida bayon etilgan. Bu mavzuga oid keyingi ilmiy ishlar sifatida Z. Freyd, E. Lindemanning maqolalarini va F.E. Vasilyuk kitobini keltirish mumkin.
Kuzatiladigan jarayonlarni U.Djems ongsiz jarayonlar deb atagan edi. «Ong usti jarayonlari» atamasini YU.B. Gippenreyter o‘z ishlarida keng qo‘llaydi. U jarayonlarning asosiy xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi: bu jarayonlar ong ustida sodir bo‘lishining ma’nosi ularning mazmuni va vaqt o‘lchamlari ong joylashtirishi mumkin bo‘lgan hajmdan yirik bo‘lishidan iborat; ular o‘zlarining alohida qismlari bilan ong orqali o‘tishida yaxlitligicha uning tashqarisida joylashadi.
Biz ko‘rib chiqayotgan jarayonlar va ong nisbatini chizma tarzida tasavvur qiladigan bo‘lsak (4.1 rasm), markazga ongni joylashtirishimiz lozim, qolgan jarayonlar uning atrofidan o‘rin oladi. CHizmaning pastida ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlari joylashadi (I). O‘z mohiyatiga ko‘ra ular ongli aktlarning texnikaviy ijrochilaridir. Ularning ko‘pchiligi ong vazifalarining anglanmaydigan darajalariga o‘tkazilishi natijasida sodir bo‘ladi.

Ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini ong darajasiga joylashtirish mumkin (II). Inson uchun, balki, ular ongli qo‘zg‘atuvchilar kabi ahamiyatlidir, lekin ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari ulardan farqli ravishda ongdan siqib chiqarilgan, hissiyot bilan faollashtirilgan va ongga alohida ramziy shaklda davriy holda o‘tib turadi.
«Ong usti» jarayonlari (III) haqli ravishda psixik jarayonlar nisbatlar ketma-ketligining cho‘qqisini egallashi lozim. Ular davomli va shiddatli ong faoliyati shaklida rivojlantiriladi. Buning natijasi bo‘lib ongga yangi ijodiy g‘oya, yangi munosabat yoki tuyg‘u ko‘rinishida qaytib keladigan allaqanday yig‘indi oqibat hisoblanadi.
Biz to‘xtalishimiz lozim bo‘lgan yana bir muammo mavjud. Bu muammo anglanmagan psixik jarayonlarni bilish tadbirlaridan iborat. Haqli ravishda anglanmagan jarayonlarni agar ular anglanmaydigan bo‘lsa, qanday o‘rganish mumkin degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Avvalambor, anglanmaydigan hodisalar ongimizda turli shakllar: idrok illyuziyalari, mayl xatoliklari, freydning noyob hodisalari, ong usti jarayonlarining yig‘indi natijasida namoyon bo‘lishini qayd etish lozim. Anglanmaydigan jarayonlar haqidagi ma’lumotlarga ko‘nikmalar shakllanishining o‘sishini tahlil qilishda, shuningdek, tadqiqotchining turli fiziologik indikatorlardan olgan axborotni o‘rganishda ega bo‘lish mumkin (A.R. Luriya).
Bundan kelib chiqadiki, anglanmagan jarayonlarni o‘rganishda biz xuddi o‘sha boshlang‘ich ma’lumotlar: ong, hulq-atvor faktlari va fiziologik jarayonlarni qo‘llaymiz. Ular majmuasidan foydalanish ruhshunosga «ongsizlik» sohasiga tegishli bo‘lgan hodisalarni o‘rganish imkonini beradi.
Shunday qilib, inson psixikasi juda murakkab bo‘lib, o‘zida faqatgina ongni emas, balki, sub’ekt tomonidan nazorat qilinmaydigan jarayonlarni ham birlashtiradi. Ongsizlik sohasi murakkab va tartibli zinapoya tuzilishiga ega.
Download 74.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling