4- mavzu: O‘rta osiyodagi temuriylar davrigacha
Download 1.52 Mb.
|
2 мавзу (2)
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o‘tadi.
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar va aksincha “...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda ular qonun o‘rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‘rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‘g‘ri tasarruf etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko‘paytirishga undaydi. Forobiyning ta’kidlashicha, “Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”. Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlarining to‘g‘ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni ko‘payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g‘oyalari yana ham faollashib bormoqda. Forobiyning taqsimotga bo‘lgan iqtisodiy qarashlari. Taqsimot Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o‘ziga xos usulda talqin etiladi. Uningcha, jamiyat va kishilar qo‘lidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni to‘g‘ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, ko‘pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi. 87
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bo‘lgan barcha boyliklarni to‘g‘ri hisobga olishni nazarda tutadi. U shunday yozadi: “Avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur narsalar bo‘lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsi uylar miqdori hisobga olinishi zarur”. Forobiy Platonning: “Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda zarur ishdir”, – degan fikrini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni to‘g‘ri hal etish jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini ko‘ramiz. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari diqqatga sazovor bo‘lib, unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish, bugunning ta‘biri bilan aytganda menejment bilan bog‘liq muhim g‘oyalar keltiriladi. Forobiyning fozil, ya’ni ideal, bekam-u ko‘st shahar hokimining fazilatlari haqidagi fikrlari nihoyatda qimmatlidir. Alloma jamiyatda, xususan, iqtisodiyotda inson omili hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi. Forobiy inson omili g‘oyasiga asoslanib, rahbar uchun zarur bo‘lgan 12 fazilatni ta’riflab berdi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu fazilatlar hozirda ham rahbarga qo‘yiladigan asosiy talablar bo‘lmoqda. Rahbardagi xushaxloqlik, bilimdonlik, adolatparvarlik, boylikka ruju qo‘ymaslik kabi fazilatlar bugun ham nihoyatda dolzarb. Rahbar, shuningdek, “o‘zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, savodli, jur’atli, jasur bo‘lishi, qo‘rqoqlik va xadiksirashga yo‘l qo‘ymasligi zarur”, – deb ta’kidlaydi alloma. Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-atvor, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Forobiy fozil, ya’ni mukammal davlat, hokimlar to‘g‘risidagi g‘oyalari nihoyatda ahamiyatlidir. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa – mulk, noz-ne’matlarni to‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Uning fozil davlatdagi odamlar, yashash va hayotini saqlab qolish uchun o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarida bir-biriga yordam berishlari kerak deyilgan. O‘zaro yordam asosiy mezon qilib olinadi. Bu ideal davlatning odamlarini odatdagi mehnat faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki mehnat xalqlarning hayot, quvonch va boylik manbayi sifatida qaraladi. Shu sababli aholining barcha qatlamlarini 88 jamiyat uchun foydali biror hunar bilan qat’iy mashg‘ul bo‘lishga undaydi. Mehnatga bo‘lgan bu qarash nihoyatda ahamiyatlidir, chunki hukmron ijtimoiy guruhlar, ayniqsa, quldorlar mehnatga nafrat bilan qaralgan. Forobiyning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ularda ilm-fanning dolzarb muammolari yoritilgan. Ayniqsa, ideal davlat va uning rahbarlari fazilatlari haqidagi g‘oyalar ham dolzarbdir. Fozil shahar rivoji uchun mehnat taqsimoti zaruriyati yaxshi bayon etilgan. Boylikni yaratish va to‘g‘ri taqsimlashga alohida e’tibor beriladi va shu yo‘l bilan adolatni amalga oshirish imkoni tug‘iladi. Fozil davlatning shakli va uni boshqarilishi, xodimlar masalasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan56. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling