4- mavzu: O‘rta osiyodagi temuriylar davrigacha
Download 1.52 Mb.
|
2 мавзу (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibn Sino (980–1037)
4.4. IBN SINO ASARLARIDA IQTISODIYOTGA OID
FIKRLAR Ulug‘ mutafakkir Ibn Sinoning (980– 1037) 280 dan ko‘p asarlari mavjud bo‘lib, ular tibbiyot, matematika, astrono- miya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag‘ishlangan58. Ibn Sino (980–1037) Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to‘g‘risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq- ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o‘zlashtiradi, inson esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maq-sadda inson dehqonchilik bilan shug‘ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo‘lib yashasalar ham, yolg‘iz yashay oladilar, odamlar esa yakka holda o‘zlari uchun 58 Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD-MOLIYA” 2017, 51–52-б. 93 barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o‘zaro yordamga muhtoj bo‘ladilar». Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o‘z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji, –deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar o‘rganishga undaydi». O‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy- madaniy va savdo markaziga aylantirdi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo‘lga chiqish, katta karvonlarni tog‘u toshlardan, qum cho‘llardan olib o‘tish, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‘rish kerak bo‘ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo‘lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko‘pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Ibn Ro‘shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko‘plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g‘oyalarga o‘z aksini topgan. Sharq uyg‘onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko‘plari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to‘g‘risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo‘lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag‘ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur. Ibn Sino ideal davlat to‘g‘risida fikr yuritib, unga quyidagicha tavsif beradi: 1) hamma o‘z foydasini ko‘zlab mehnat qilishi kerak; 2) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, mamlakatda juda katta boylik va ashaddiy kambag‘allik bo‘lmasin; 3) barcha kishilar halol mehnat bilan shug‘ullanishi va halol savdo qilishi sababli urushadigan odamlar bo‘lmaydi va urushlar 94 tugatiladi, davlatlar o‘rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‘l bilan hal etiladi; 4) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‘ladi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko‘radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. Ibn Sinoning ideal davlat to‘g‘risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar yashovchilarining qarashlari to‘g‘risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko‘p jihatdan o‘xshab ketadi. Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog‘liq muhim g‘oyalarilgari suriladi. Inson sog‘lig‘ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog‘liqligi, ayniqsa ovqatlanish, turmush sharoitida katta ahamiyat kasb etishi ko‘rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan tushuncha – ehtiyojni ta’riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarining o‘rnini aniqlab beradi. Uning asarlarida “mehnat taqsimoti”ga katta e’tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik o‘sishi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G‘arbiy Yevropada esa faqat 1776-yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi. Inson hayotida iste’mol masalasi muhimligi ko‘rsatiladi. Hozirgi zamon nuqtayi nazaridan, bu iste’mol savatchasi to‘g‘risidagi g‘oyaga yaqin, ya’ni sog‘-salomatlik va inson hayoti, faoliyati, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun taomlanish me’yori ham belgilab beriladiki, uni hozirda ham bemalol qo‘llash mumkin. Ibn Sinoning asarlarida fozil davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar rivojlantirilib, o‘zaro yordam, do‘stlik va hamkorlikka katta e’tibor beriladi. Ibn Sino nazariy va amaliy ilmlarni ajratib ko‘rsatadi, nazariy ishlarni inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalar to‘g‘risidagi haqiqiy ilmlar, deb ta’riflaydi. “Aql tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim chin bo‘la olmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas”, degan ibora shu olimga tegishlidir. Olim ilmlarni ikki qismga bo‘ladi: nazariy va amaliy ilmlar. Amaliy ilmlarning bahosi inson faoliyatidir. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Jamiyat kishilari o‘zaro kelishuv asosida qabul qilinadigan adolatni qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Bunda insonining axloqiy fazilatlari muhim o‘rin egallaydi. U insonlarning kundalik foydali amaliy ishlarni 95 o‘g‘irlaydi, axloqiy munosabatlarda kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, ayniqsa to‘g‘rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor beradi. Bu xususiyatlar iqtisodiyotda insoniy omil to‘g‘risidagi g‘oyaga mos keladi. Iqtisodiyot rivojlanishining qonun qoidalariga amal qilib, inson o‘z bahtini o‘zi yarata oladi. Yaxshi xulq, ma’naviyat va iqtisodiyot o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini esa, olim “Uy joy tutish tadbiri” asarida ko‘rsatib beradi. Bu risolada u ayollarga kerakli o‘n yetti xislatni sanab ko‘rsatadi. Ayol oqila va e’tiqodli, yoqimtoy, o‘z yeriga mehru muhabbat qo‘ygan, farzand ko‘ra oladigan, kamgap, itoatkor, dili pok, bexarxasha, pokiza, vazmin va o‘zini tutib olgan jiddiy va ulug‘vor, har bir qat’iy harakatida o‘zining yaxshi xislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, yerining birini ikki qiladigan, iqtisodiy tejamkor, og‘ir damlarda unga malham bo‘la oladigan, mushfiqu mehribon bo‘lishi kerak. Olimning ilmiy merosi shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin. Biz ularning orasidan ijtimoiy-iqtisodiy g‘oyalarigagina e’tibor qaratdik59. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling