4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja
Naqd pullarni berish tartibi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5395467041131989858
4.4.Naqd pullarni berish tartibi
YUridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan naqd pullar tijorat banklari tomonidan beriladi. Tijorat banklari asosan quyidagi hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga naqd pullarni berishi mumkin:
Ish haqi va unga tenglashtirilgan maqsadlarga;
Pensiya, nafaqa va sug‘urta to‘lovlariga;
Omonatlarni qaytarishga;
Pochta aloqasi korxonalariga madad pullar;
Bank kartalariga;
Boshqa maqsadlarga.
Tijorat banklarida naqd pullarni berish chiqim kassasi orqali amalga oshiriladi. Quyida tijorat banklari chiqim kassasidan ish haqiga va unga 14
tenglashtirilgan maqsadlar uchun beriladigan naqd pullarni berish tartibi keltirilgan.
Mijoz – yuridik shaxs bankdan ish haqi va unga tenglashtirilgan maqsadlarga naqd pul olish uchun bankka naqd pul chekini topshiradi (1), bankning mas’ul buxgalteri naqd pul chekini tegishli nazoratdan o‘tkazgandan so‘ng uning milki (remarka)ni mijozga (2), chekni esa bank ichki nazoratchisiga taqdim etadi (3), ichki nazoratchi naqd pul chekini qo‘shimcha nazorat qilgandan keyin uni chiqim kassaga yo‘naltiradi (4), chiqim kassa kassiri tegishli nazoratdan so‘ng chekning nomeri bo‘yicha mijozdan milkni talab etadi (5) va chekda yozilgan naqd pul summasini mijozga beradi (6), buxgalteriya yozuvini berish uchun kassa chiqim jurnalini buxgalteriyaga jo‘natadi (7), naqd pul cheki esa aylanma kassaning kunlik hujjatlar jildiga tikiladi.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling