to‘lovlar hajmini oshirish lozim. Buning uchun bankdan tashqari naqd pul
aylanamalar hajmini zarur darajada bo‘lishiga erishish zarur. Bankdan tashqari
aylanmalarning hajmini qisqartirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish
15
a). Banklarning o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishiga erishish lozim. Bunda
asosiy e’tibor mijozlarning hisobvaraqlaridagi mablag‘larni ular istagan paytda va
miqdorda tegishli manzilga o‘tkazib berishi, naqd pul va kreditga bo‘lgan talabini
to‘liq qondirish lozim.
b). Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchini to‘liq qozonishi
lozim. Ishonchining pasayishi quyidagilar bilan izohlanadi:
–banklarning o‘z vaqtida mijozlarning oldidagi majburiyatlarini
bajarmasligi;
–aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa, naqd pulga bo‘lgan talabining
to‘liq va o‘z
vaqtida qondirilmasligi;
–mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va miqdorda tegishli
manzilga o‘tkazilmasligi;
–bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligini pasayib ketishi
va boshqalar.